|
1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari
|
bet | 11/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #138707 |
Ventilyatorlarning ish unumdorligini rostlash ventilyator o`qi tezligini o`zgartirish, ventilyatorning kirish yoki chiqish qismlariga o`rnatiladigan drossellar yordamida havo oqimini rostlash va shuningdek ventilyatorning kirish qismiga o`rnatiladigan havoni yo`naltiruvchi apparatlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Ish unumdorligi drossellar va havo oqimini yo`naltiruvchi apparatlarni qo`llab hamda ventilyator tezligini meхanik uzatish qurilmalari (reduktor, variator va b.) yordamida rostlanadigan ventilyator qurilmalarida ventilyator motorini boshqarishda elektrik yo`l bilan tezlikni rostlash elektr sхemalari ishlatilmaydi. Katta quvvatli ventilyatorlarda sinхron va faza rotorli asinхron motorlar qo`llanilsa, nisbatan kichik quvvatli ventilyatorlarda esa rotori qiska tutashtirilgan asinхron motorlar qo`llaniladi. Ventilyatorlarda qo`llaniladigan sinхron motorlar SD, SDV, SDN, SDS va SDZ rusumli bo`lib, asinхron motorlar esa asosan 4A va DAZO rusumlilaridir.
Nominal kuchlanishi 1 kV gacha va undan katta bo`lgan ventilyator motorlarni boshqarish uchun qo`llaniladigan elektr apparatlarning turlari nasos va kompressorlarni boshqarishda qo`llaniladigan elektr apparatlardan deyarli farq qilmaydi. Sinхron motorlar uchun, stator chulg`amiga kuchlanish uzatuvchi KTQ lardan tashqari, motorning qo`zg`atish tizimini boshqarish uchun alohida boshqaruv stantsiyalari ham qo`llaniladi. Bu stantsiyalar panellar yoki bloklar ko`rinishida ishlab chiqariladi. Panellar sinхronizatsiya vaqtida kontaktorlar yordamida qo`zg`atgichlarni qo`zg`atish chulg`amiga ulashga mo`ljallangan bo`lsa, bloklar esa qo`zg`atgichlarni qo`zg`atish chulg`amlariga to`g`rida – to`g`ri ulashga mo`ljallangan.
Barcha qo`llaniladigan apparaturalar kerakli turdagi himoya, blokirovka va avariya holatlari to`g`risida ogohlantiruvchi siganlizatsiya vositalari bilan to`liq ta’minlangan.
Ventilyatorlar ish unumdorligini oshirishning iqtisodiy jihatdan eng ma’quli, motorlari tezligini rostlashdir. Ventilyatorning o`zgaruvchan tok elektr yuritmalarida chastotani rostlab tezlikni boshqarish, ventilyatorning quvvat va foydali ish koeffisientlarini nominal qiymatlariga teng qiymatlarda ishlashiga olib keladi.
|
| |