|
-ma`ruza
Reaktiv quvvatni kompensasiyalashning sun’iy usullari
|
bet | 13/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #138707 |
8-ma`ruza
Reaktiv quvvatni kompensasiyalashning sun’iy usullari
Quvvat koeffisiyentini sun’iy yo`llar bilan kompyensasiya qilish kondensatorlar, sinxron motorlar, kompensatorlar, ko`ndalang filtrlar va yarim o`tkazgichli statik reaktiv energiya manbalari tomonidan amalga oshiriladi.
Kondensatorlarni asinxron motorlar yaqiniga o`rnatish tavsiya etilib, ular reaktiv quvvat generatori vazifasini bajaradi. 7, a – rasmda asinxron motor bir fazasining ekvivalent elektr sxyemasi keltirilgan. 7, b – rasmda shu ekvivalent elektr sxyema uchun qurilgan vektor diagrammada yuklanish tokining induktiv tashkil etuvchisi ning kondensator batareyalari hosil qilgan sig`im toki bilan kompensasiya qilinishi ko’rsatilgan. Vektor diagrammadan ko`rinib turibdiki, kondensator batareyasi ulangandan so`ng burchak ning qiymati kamayadi ( ), esa oshadi.
Ko`pgina hollarda reaktiv quvvatni to`liq kompensasiya qilishning hojati bo`lmaydi, chunki sos = 0,95 bo`lishi yetarli bo`lib, kichik qiymatdagi reaktiv tok hosil qilinishi amalda qo`shimcha quvvat isrofini yuzaga keltirmaydi. sos = 1,0 ga erishish uchun odatda qo`shimcha kondensatorlar batareyasini ulashga to`g`ri keladi va bu ko`pincha iqtisodiy jihatdan o`zini oqlamaydi. Reaktiv quvvatli kompyensasiya qilishda zarur bo`ladigan kondensatorlarning sig`imini hisoblash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:
Bu yerda elektr iste’molchining aktiv quvvati, burchak chastota, tarmoq kuchlanishi, reaktiv quvvatni kompyensasiya qilishdan oldin va keyin tok vektori bilan tarmoq kuchlanishi U orasidagi burchaklar.
Kondyensator batareyalarining quvvati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
7 – rasm. Asinxron motor fazasining ekvivalyent almashtirish sxemasi (a)
va vektor diagrammasi (b)
9-ma`ruza
|
| |