Kondensatorlarning sig`imi va quvvatini aniqlash




Download 0,64 Mb.
bet14/20
Sana16.01.2024
Hajmi0,64 Mb.
#138707
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Kondensatorlarning sig`imi va quvvatini aniqlash


Misol. Quvvat koeffisiyenti cos = 0,76 bo`lgan elektr iste’molchi sanoat qurilmasining quvvat koeffisiyentini cos = 0,93 ga keltirish uchun zarur bo`lgan kondensatorlardan iborat kompensasiyalovchi qurilmaning quvvatini aniqlash kerak. Tarmoq kuchlanishi 380/220V yil davomidagi aktiv energiya sarfi Wy = 1300 000 kVt.soat, tY = 4100 s.
Yechim. Yil davomida o`rtacha aktiv quvvat P = Wy /ty =1300000/ 4100 = 317,1kVt. Reaktiv quvvatni kompensasiyalovchi qurilmaning quvvati Katologdan 150 kvar quvvatli komplekt kondensator qurilmasi tanlanadi.
Har bir alohida iste’molchi uchun o’zining hisoblangan 1 – reaktiv quvvat kompensasiyalovchi qurilmalarning o’rnatilishi (8 – rasm) elektr energiya bilan ta’minlovchi tarmoqlarni ortiqcha reaktiv quvvat yuklanishidan xalos qiladi va maksimal iqtisodiy samara beradi.
Bir necha iste’molchilar guruhi uchun hisoblangan kondensatorlar batareyalarining o`rnatilishi ushbu kondensatorlardan unumli foydalanishga olib keladi.

8 – rasm. Statik kondensatorlarni o`rnatish variantlari:
1 – 4 – kondensator batareyalari


Markazlashtirilgan kompensasiyalash transformator nimstansiyaning ikkilamchi chulg`ami kuchlanishi shinalariga kondensator batareyalarini (3) ulash bilan amalga oshiriladi, bu bilan transformatorlar va ta’minlovchi liniyalardagi reaktiv quvvat yuklanishidan xalos qilinadi. Biroq nimstansiyaning ikkilamchi kuchlanishlari reaktiv quvvat yuklanishidan xalos bo`lmaydi. Xuddi shuningdek nimstansiyaning birlamchi kuchlanishi tomoniga ulangan kondensatorlar batareyasi va tashqi elektr tarmoqni reaktiv quvvat yuklanishidan xalos qilgan holda, ikkilamchi kuchlanish tomonida va unga ulangan iste’molchilardagi bu yuklanishlardan xalos etmaydi.
Boshqariluvchi kondensator batareyalarini qo’llashdan maqsad faqat reaktiv quvvatni kompensasiyalashdan iborat bo`lmay, balki maksimal va minimal yuklanishlar vaqtida tarmoqdan uzatilayotgan kuchlanishning o`rnatilgan qiymatini o`zgartirmasdan ushlab turish uchun ham xizmat qiladi.
Oraliq kuch filtrlari drossel va kondensatorlarni ketma – ket ulangan va ma’lum chastotaga sozlanib, ushbu chastotadagi yuqori garmonik tashkil etuvchilarni yo`qotish yoki ular ta’sirini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Yarim o`tkazgichli statik reaktiv quvvat manbalari hozirgi paytda tannarxi yuqori bo`lganligi uchun amalda qo`llanilmaydi.



Download 0,64 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kondensatorlarning sig`imi va quvvatini aniqlash

Download 0,64 Mb.