• Umumiy atamalar va tushunchalar Energetik zanjir
  • Energiya tejamkorlik
  • Energiyadan samarali foydalanish
  • Energiyani iqtisod qilishning solishtirma sarflari
  • Energiya tejamkorlikka tegishli asosiy tushunchalar va atamalar




    Download 0,64 Mb.
    bet2/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #138707
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    sifl prac ing, silf prak ing, Kogon shahar 6, Geodeziya mustaqil ish 2, Speaking Self-Evaluation Form, Prizentatsiya, mutahassislikka kirish fanidan test, 13-MA\'RUZA, 1. Ratsional son cheksiz davriy o`nli kasr sifatida, 3-seminar, 5-seminar, 7-seminar, 1-mavzu, буйрук 70 сон
    Energiya tejamkorlikka tegishli asosiy tushunchalar va atamalar


    Jahon energetiklar kengashida energiya tejamkorlik sohasidagi asosiy atama va tushunchalar ko`rib chiqilib, tasdiqlangan edi. Energetiklar kongressi energiya tejamkorlikka tegishli atama va tushunchalarni asosan olti guruhga bo`lib qarashni tavsiya etdi.


    Umumiy atamalar va tushunchalar


    Energetik zanjir – energiya oqimining birlamchi energiya resurslaridan to energiyaning iste’molchiga uzatilib, undan foydalanishgacha bo`lgan yo`li tushuniladi. Masalan, gazning yer ostidan olinishi, issiqlik elektr stansiyasiga quvurlar orqali uzatilishi va yoqilishi natijasida elektr energiya olinishi, bu elektr energiyaning elektr tarmoqlar orqali iste’molchiga uzatilib va u mahsulot ishlab chiqarishda sarf bo`lishigacha bo`lgan yo`li tushuniladi.
    Energiya tejamkorlik – energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ko’riladigan tadbirlar majmuasi. Misol uchun ishlab chiqarishda elektr energiyani iqtisod qilishga qaratilgan tadbir.
    Energiya hajmi – mahsulot ishlab chiqarishda yoki biror ishni bajarishda sarf bo`ladigan energiya miqdori. «Energiya hajmi» atamasi hozirgi paytda ko`prok energiya solishtirma sarfining pul birligiga nisbatan ko`rsatgich sifatida qaraladi (milliy daromad, mahsulot tannarxi).
    Energiyadan samarali foydalanish – ijtimoiy, siyosiy, moliyaviy cheklanishlar, atrof-muhit, ekologiya va h.k. larni hisobga olgan holda energiyani istye’molchilarga eng maqbul yo`l bilan taqsimlash va ishlab chiqarishda qo`llash natijasida iqtisodiy foyda olishga erishish.
    Energiyani iqtisod qilish – ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarishga sarf bo`layotgan energiyani kamaytirishga qaratilgan tadbir. Misol uchun, elektr motorlarda quvvat isrofini kamaytirishga qaratilgan tadbir.
    Energiyani iqtisod qilishning solishtirma sarflari – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog`ini o`zgartirmagan holda bir yil ichida birlik mahsulot uchun sarf bo`ladigan energiya tushuniladi. Bu atama odatda foydani hisoblashda qo`llaniladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energiya tejamkorlikka tegishli asosiy tushunchalar va atamalar

    Download 0,64 Mb.