Elektr transportda energiya tejamkorlikka erishish




Download 0,64 Mb.
bet8/20
Sana16.01.2024
Hajmi0,64 Mb.
#138707
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Elektr transportda energiya tejamkorlikka erishish

Teplovoz bilan elektrovozlarni solishtiradigan bo`lsak, qaysi biri iqtisodiy nuqtai nazardan yaxshi? Teplovozlar uchun suyuq yoqilg`i kerak. Suyuq yoqilg`i qimmat va noyobdir. Ammo elektrovoz va yo`llarni elektrlashtirish uchun ham katta sarmoyalar sarf qilish talab etiladi. Kontakt tarmoqlari va tortish nim stansiyalarini qurish kerak bo`ladi. Bundan tashqari elektr stansiyalarning quvvatini oshirish uchun ham qo`shimsha mablag`lar sarf qilishga to`g`ri keladi. Demak, elektrovozlarni ishlatish uchun sarf bo`ladigan birlamchi sarmoyalar teplovozlarni ishlatishga nisbatan ko`proq sarf qilish talab etilar ekan. Elektrovozlar yo`llarning yuk o`tkazish ko`rsatkichlarini oshiradi va bu yuk oqimini ko`payishiga olib keladi, shuning hisobiga sarflangan birlamchi harajatlar tezroq qoplanadi.


Magistral teplovoz kuch sxemasining asosini “dizel – sinxron generator” tashkil etadi. Organik yoqilg`ida ishlaydigan ichki yonuv motori – dizel o`qiga o`rnatilgan sinxron generator ishlab chiqqan elektr energiya tortish elektr motorlariga kuch o`zgartkichlari orqali uzatiladi va ularning tezligi kuch o`zgartkichlari vositasida o`zgartiriladi. Elertrovozlarda xuddi tramvay va trolleybuclardagidek elektr energiya tortish kuch nim stansiyalaridan kontakt tarmoqlarga uzatiladi va tortish elektr motorlariga kuch o`zgartkichlari orqali berilad
Elektromobilning ishonchli ishlashi uchun arzon va yengil hamda yetarli darajada katta sig`imli akkumulyatorlar batareyasiga ega bo`lishi kerak. Hozircha bunday ko`rsatkichlarga ega akkumulyatorlarni yaratish uchun keng ko`lamda ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bor akkumulyatorlarning vazni og`ir, narxi qimmat va sig`imi kishikdir. Shunday bo`lsa ham elektromobillar yo`lovchi va yuklarni tashishda borgan sari ko`proq qo`llanilib bormoqda.
Elektromobil, elektrlashtirilgan transport vositasi bo`lib, suyuq organik yoqilg`ini iqtisod qilgan holda elektr energiyada ishlaydi va shu bilan bir qatorda ekologik eng toza transport va atrof muhitni zararli gazlar bilan ifloslantirmaydi.
Elektromobilning yana asosiy foydali xususiyatlaridan biri akkumulyator batareyalarini tunda zaryadlash mumkinligidir. Elektromobillarning ko`plab qo`llanilishi energiya tizimining yuklanish tavsifini sezilarli darajada tekislashga olib keladi va bu esa energiya tizimi quvvatlaridan to`liqroq foydalanish imkonini beradi. Bu o`z navbatida har bir kVt soat elektr energiya uchun sarf bo`layotgan organik yoqilg`ining kamayishiga olib keladi.



Download 0,64 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr transportda energiya tejamkorlikka erishish

Download 0,64 Mb.