• Energiya shakli
  • Energiyaning o`zgartirilishi
  • Energiya resurslarni uzatish va taqsimlashdagi isroflar
  • Energiya resurslarning iste’moli
  • Energiya tejamkorlikka erishishning passiv uculi
  • 1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari




    Download 0,64 Mb.
    bet4/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #138707
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Energetik resurs – energiya zahirasi.
    Energetik texnologiya – energiya ishlab chiqarish, taqsimlash, saqlash, o`zgartirish bilan bog`lik bo`lgan texnologiya.
    Energiya manbalari – befosita yoki o`zgartirish natijasida yoki qayta ishlash natijasida foydali energiya olinishi mumkin bo`lgan manbalar.
    Energiya utilizasiyasi – uzatilgan energiyadan foydali energiya olish.
    Energiya shaklibu atama qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg`ilarga va barcha turdagi energiyalarga ta’lluqlidir: yadro, quyosh, suv, shamol, biomassa va h. k.).
    Energiyadan foydalanish – foydali energiyani ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan birlamchi yoki o`zgartirilgan energoresurslardan foydalanish.
    Energiyaning o`zgartirilishi – atama sifatida ikki xil ma’noga ega: birinchi ma’nosi – energiyani ishlab chiqarish yoki o`zgartirish jarayonida birlamchi energiyaning fizik holati o`zgarmay qoladi (masalan, o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka o`zgartirish, ko`mirdan koks olish va h. k.); ikkinchi ma’nosi – energiya ishlab chiqarish yoki o`zgartirish jarayonida birlamchi energiyaning fizik holati o`zgaradi (masalan, issiqlik energiyasining elektr energiyasiga o`zgartirish, ko`mirni gazga aylantirish va h. k.).
    Energiya resurslarni uzatish va taqsimlashdagi isroflar – energiyani uzatish va taqsimlash bilan bog`liq bo`lgan energiya isroflari (masalan, elektr energiyani uzatishda elektr stansiyadan to taqsimlash qurilmalari-nim stansiyalarigacha bo`lgan uzatish liniyalardagi energiya isroflari, hamda bevosita iste’molchiga berilguncha bo`ladigan energiya isroflari).
    Energiya resurslarning iste’moli – foydali energiya yoki o`zgartirilgan energoresurslarni ishlab chiqarishda energoresurslardan foydalanish.
    O`zgartirishdagi isrof – o`zgartirish qurilmasiga uzatilgan energiya bilan o`zgartirish qurilmasidan chiqayotgan energiyaning farqi.


    2-ma`ruza




    Energiya tejamkorlikka erishishning passiv uculi


    Ishlab chiqarish qurilma va mashinalarida elektr energiyani passiv iqtisod qilish tushunchasi bu – elektyuritmalar uchun qo`shimcha sarmoyalar sarf qilmasdan elektr energiyadan samarali foydalanish demakdir. Bunday iqtisod qilishni turlari quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
    Elektr tarmog`idan istye’molchilarga uzatilayotgan elektr energiya ko`rsatkichlarining Davlat standartlariga mos bo`lishi, quvvat bo`yicha to`g`ri tanlangan elektr motorlarini energiya tejamkorlik rejimiga juda yaqin rejimda ishlashi imkonini yaratadi. Shuni e’tirof etish kerakki, hozirgi paytga kelib kuchlanish, chastota, amplituda va h. k. ko`rsatkichlarning ruxsat etilgan qiymatlari energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan zamon talablariga mos kelmay qolgan va bu sohada yangi Davlat standartlari qabul qilish maqsadga muvofiq keladi.
    Ishlab chiqarish qurilma va mashinalarning elektr motorlarini quvvati bo`yicha to`g`ri va ishlab chiqarish sharoitiga mos keluvchi elektr motorlar tanlash energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan muhim masaladir. Tanlangan motorni ishlatishda yuqori FIK da bo`lishiga erishish maqsad qilib qo`yilgan bo`lishi kerak. Motorning yuklanish momenti va mexanik tavsifi asosiy mezon bo`ladi.
    Harakatga keltirilayotgan mexanizmning inersiya momenti katta bo’lsa elektryuritma motori o`tish jarayonining cho`zilib ketishiga olib keladi (10 sekunddan ko`p). Shunda motor chulg`amlaridan katta qiymatdagi tok o`tishi motorning qizib ketishiga sabab bo`ladi. Bunday elektryuritmalarda ishga tushirish momenti yuqori bo`lgan motorlarni qo`llash maqsadga muvofiq keladi.
    Agar motorning yuklanganligi nominal quvvatiga nisbatan 45% dan kam bo`lsa, u holda nominal quvvati kamroq quvvtlisiga almashtirish hamma vaqt ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Motorning yuklanganli nominal quvvatiga nisbatan 70% dan yuqori bo`lsa, u holda motor quvvatiinng tanlanishi to`g`ridir. Motorinng yuklanganligi 45-70% oraliqda bo`lsa, motorni almashtirish yoki almashtirmaslik motordagi quvvat isrofi tahlili asosida amalga oshiriladi.
    Elektr motorlarni ishlatish jarayonida uning aylanuvchi qismlarining (rotor va yakor) uzoq vaqt normal ishlashi uchun podshipniklarni mos moylar bilan vaqtida moylab turish va motor korpusi qovurg’alarini va ular orasidagi ariqchalarni tozalab turish hamda korpus yuzasini issiqlik uzatishni jadallashtirish maqsadida mos rangli bo`yoqda bo`yash ham motorlarning ishlash muddatida mexanik energiya isrofini kamaytirish va ishlash muddatini uzaytirishga olib keladi.
    Elektr motorlardagi sovutish jarayonini jadallashtirish maqsadida termosifonlarning qo`llanilishi ushbu motorlarning quvvatidan to`liqroq foydalanish imkonini beradi.
    Energiya tejamkor motorlaning yuklanishi o`zgarishining keng diapazonida (0,5 – 1,0) va quvvat va foydali ish koeffisiyentlari nominalga teng bo`lib deyarli o`zgarmay turishi sababli bunday motorlarning elektryuritmalarida qo`llanishi yuqori samara beradi. Garchi bunday motorlarning tannarxi oddiy motorlarning tannarxiga nisbatan bir muncha yuqori bo’lsa ham ishlatish jarayonida energetik ko`rsatkichlarining yuqori bo`lishi bilan va iqtisod qilgan elektr energiya hisobiga o`zini to`liq oqlaydi.



    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari

    Download 0,64 Mb.