|
-ma`ruza
Elektr transport vositalarining turlari
|
bet | 7/20 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #138707 |
5-ma`ruza
Elektr transport vositalarining turlari
Mamlakat temir yo`llarida teplovoz va elektrovozlar yuk va yo`lovchi poezdlarini kerakli manzillarga etkazmoqda. Teplovoz bilan elektrovozlarni solishtiradigan bo`lsak, qaysi biri iqtisodiy nuqtai nazardan yaxshi? Teplovozlar uchun suyuq yoqilg`i kerak. Suyuq yoqilg`i qimmat va noyobdir. Ammo elektrovoz va yo`llarni elektrlashtirish uchun ham katta sarmoyalar sarf qilish talab etiladi. Kontakt tarmoqlari va tortish nim stansiyalarini qurish kerak bo`ladi. Bundan tashqari elektr stansiyalarning quvvatini oshirish uchun ham qo`shimsha mablag`lar sarf qilishga to`g`ri keladi. Demak, elektrovozlarni ishlatish uchun sarf bo`ladigan birlamchi sarmoyalar teplovozlarni ishlatishga nisbatan ko`proq sarf qilish talab etilar ekan. Elektrovozlar yo`llarning yuk o`tkazish ko`rsatkichlarini oshiradi va bu yuk oqimini ko`payishiga olib keladi, shuning hisobiga sarflangan birlamchi harajatlar tezroq qoplanadi.
(a)
(b)
2 – rasm. Shahar ichida yo`lobchilarni tashishga mo`ljallangan trolleybus (a) va tramvay (b)
2 – rasmda katta shaharlarda yo`lovchilarni tashishda xamon keng qo`llanilib kelinayotgan trolleybus va trambaylarning umumiy ko`rinishi tasvirlangan. 4 – rasmda esa magictral teplovoz va elektrovoz hamda monorels elektropoyezdlarning umumiy ko`rinishi tasvirlangan.
(a)
(b)
(c)
4 – rasm. Magistral teploboz (a) va elektroboz (b) hamda
monorels elektropoyezd (c)
Elektromiobil - kelajak transporti. Elektromobil avtomobilning eng yaqin izdoshidir. Unda ishki yonuv motori o`rniga elektr motori o`rnatilagan boladi. Elektr motor akkumulyatorlar batareyasidan elektr energiya bilan ta’minlanadi.
5 – rasmda kelajakda ishlab chiqarishga mo`ljallangan issiqlik elementlarida ishlaydigan Misubishi Motors firmasining elektromobili tasvirlangan.
5 – rasm. Shlab chiqarishga mo`ljallangan issiqlik elementlarida ishlaydigan Misubishi Motors firmasining elektromobili
6 – rasm. Tomiga o`rnatilgan quyosh batareualari yordamida akkumulyator batareyalarini zaryadlovchi shahar ichida yurishga mo`ljallangan elektromobil
6 – rasmda tomiga o`rnatilgan quyosh batareualari yordamida akkumulyator batareyalarini zaryadlovchi shahar ichida yurishga mo`ljallangan elektromobilning umumiy ko`rinishi keltirilgan.
|
| |