• Boshqariluvchi o`zgartkich
  • Kranlarning mexanizmlarida energiya tejamkorlikka erishish.
  • 1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari




    Download 0,64 Mb.
    bet6/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #138707
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Magnitli kontroller bilan boshqariladigan kranlar asosan tog` – metallurgiya korхonalarida keng qo`llaniladi. Magnitli konrollerli boshqariladigan kranlarning kontrollerli boshqariladigan kranlardan farqi shundaki, bu kranlarni masofadan turib boshqarish mumkin. Magnitli kontrollerli boshqariladigan kranlarda ham meхanizmlarning tezligi rotordagi qo`shimcha rezistorlarning qiymatini o`zgartirish hisobiga amlga oshiriladi.
    Hozirgi paytda yarim o`tkazgich va mikroelektronika sohalarining tez rivojlanishi natijasida kranlarni boshqarishda boshqariluvchi o`zgartkichlar keng qo`llanilmoqda. Boshqariluvchi o`zgartkich yordamida tezligi rostlanadigan meхanizm motorlarining rotorlariga tezlikni rostlash maqsadida qo`shimcha rezistorlar ulanilmaydi, shuning htsobiga bunday yuritmalarda quvvat isrofi sezilarli darajada kam bo`lib, ular elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi.
    Motor valiga o`rnatilgan tezlik datchigi orqali olingan signal bo`yicha, asinхron motorning stator chulg`amidagi kuchlanishni tiristorli kuchlanish o`zgartgich yordamida o`zgartirib, tezlikni rostlovchi elektr yuritmalar, tiristorli kuchlanish rostlagichli elektr yuritmalar deb ataladi. Bunday elektr yuritmalar kran meхanizmlarini boshqarishda ham qo`llanilmoqda. Kran meхanizmlari uchun RST rusumidagi tiristorli kuchlanish rostlagichlar qo`llaniladi. Tezliklarni rostlash oralig`i 10 : 1.
    Kranlarning elektr yuritmalarida rotori qisqa tutashtirilgan asinхron motorlarni boshqarishda TTS tiristorli chastota o`zgartkichlar ham qo`llanilmoqda. Tezliklarni rastlash oralig`i 15 : 1.
    Kishik quvvatli konveyerlarni harakatga keltirishda rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar qo`llanilsa, katta quvvatlilarida faza rotorli asinxron motorlar qo`llaniladi.

    Kranlarning mexanizmlarida energiya tejamkorlikka erishish.


    Yuklarni bir joydan boshqa joyga ko`chirishda eng ko`p energiyani istye’mol qiladigan mashinalar bular kranlardir. Kranlar material va buyumlarni ham gorizontal, ham vyertikal yo`nalishlarda bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishga xizmat qiladi.
    Sanoat va fuqarolik ob’ektlarini qurishda kranlarning minorali turi keng tarqalgan bo`lib, ularning yuk ko`tarish imkoniyatlari bir necha tonnadan to bir necha o`n tonnagachadir. Bu kranlarning motorlari asosan assinxron motorlar bo`lib 4MT rusumli (quvvati 2,2 – 200 kVt), MTF va MTN (faza rotorli) va MTKF, MTKN (rotori qisqa tutashtirilgan, quvvati 1,4 – 30 kVt) hamda D rusumli o`zgarmas tok motorlari (quvvati 2,5 – 185 kVt) tashkil etadi. Shuningdek, mttallurgiya va mashinasozlik korxonalarida ko`rik turlari keng qo`llanilib, ularning yuk ko`tarish qudrati bir necha tjnnadan yuz tonnalargacha boradi.
    Kran mexanizmlarining elektr yuritmalarida sodir bo’ladigan elektr energiya isrofi qanday rostlanuvchi elektryuritmalar qo’llanishiga bog`liqdir. Ma’lum vaqt oralig`idagi foydali ishlab chiqariish uchun sarf bo`lgan elektr energiyaning elekt yuritmaning umumiy elektr energiya sarfiga nisbati tizimning ekvivalyent FIK – deb ataladi. motorning belgilangan vaqt ichidagi ishga tushirish soni Z ga nisbatiga qarab o`zgarishi 1 – rasmdagi tavsiflarda keltirilgan. Grafikdan ko`rinib turibdiki, tiristorli boshqariluvchi o`zgarmas tok o`zgartkichli elektryuritmalarda eng yuqoridir, biroq o`zgarmas tok motorlarini ekspluatasiya qilishning birmuncha murakkabligini hisobga oladigan bo`lsak, u holda bu o`zini oqlamaydi.

    1 – rasm. Kran elektr yuritmalarining ekvivalent FIK lari:


    1 – ikki tezlikli rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motor; 2 – bir tezlikli asinxron motor; 3 – fazalari teskari ulanib tormozlanadigan faza rotorli asinxron motor; 4 – dinamik tormozlanadigan faza rotorli asinxron motor; 5 – chastota bo`yicha tezligi rostlanadigan ikki tezlikli asinxron motor; 6 – tiristorli o`zgarmas tok o`zgartkichli yoki generator – motor tizimidagi o`zgarmas tok motori

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu. Kirish. Emt va komplekslsrda energiya tejashning umumiy muammolari

    Download 0,64 Mb.