|
Energiya tejamkorlik sohasidagi asosiy tushunchalar va atamalar
|
bet | 1/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 291,78 Kb. | | #257902 |
Bog'liq ENERGIYA TEJAMKORLIK SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALAR
ENERGIYA TEJAMKORLIK SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALAR
REJA:
1. Kirish.
2. Energiya tejamkorlikka tegishli asosiy tushunchalar va atamalar.
3.Energiya tejamkorlikka erishishning passiv uculi.
4.Energiya tejamkorlikka erishishning aktiv usuli. 5.Sanoat qurilmalari EMT va komplekslarida energiya tejamkorlikka erishish
Kirish
Hozirgi kunda energetika resurslaridan samarali foydalanishga dunyoning barcha mamlakatlarida katta ahamiyat berilmoqda. Bunday holatni yoqilg`i va energiya resurslarini qazib chiqarish va qayta ishlash uchun sarmoyalar sarfini oshib borishi, qo`shimcha mehnat resurslari va materiallar sarfinining oshib borishi bilan izohlash mumkin.
XX asr oxiri va XXI asr boshida butun dunyoni qamrab olgan energetik krizis sanoati rivojlangan mamlakatlarda organik yoqilg`i va elektr energiyani iqtisod qilish maqsadida davlat dasturlari ishlab chiqilishiga va hayotga tadbiq qilish bo`yicha ilmiy va amaliy ishlarni rivojlantirish uchun sabab bo`ldi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan nufuzlisi Yevropa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish (YIHR) tashkilotining hisob-kitoblariga qaraganda, energetika resurslarining qazib chiqarishdan to foydali energiya sifatida istye’molchiga yetib kelishi orasida deyarli 70% isrof bo`lmoqda, faqat 30% gina iste’molchiga yetib kelmoqda. Ma’lumki, Yevropa mamlakatlarida sarf bo`lgan 5 mlrd. tonna shartli yoqilg`ining 1,5 mlrd. tonnasigina «Foydali energiya» sifatida istye’molchilarga yetib borgan, xolos.
Xalqaro energetika agentligi (XEA)ning ma’lumotlariga ko`ra shu tashkilotga kiruvchi sanoati rivojlangan 20 davlatda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish to`g`risidagi dastur bo`yicha energiyani iqtisod qilish 10-15% kutilgan edi va bu davlatlar o`z dasturlarini to`liq bajarib, xuddi shu ko’rsatkichlarga erishdilar.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sung MDH davlatlari ichida birinchilar qatorida energiyadan samarali foydalanish to`g`risida qonun qabul qildi. Bu qonun yoqilg`i va energetika resurslaridan foydalanish va ishlab chiqarishning barcha sohalarida barcha energiya turlaridan samarali foydalanish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qilmoqda.
|
| |