|
Energiya tejamkorlikka tegishli asosiy tushunchalar va atamalar
|
bet | 2/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 291,78 Kb. | | #257902 |
Bog'liq ENERGIYA TEJAMKORLIK SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALAREnergiya tejamkorlikka tegishli asosiy tushunchalar va atamalar
Jahon energetiklar kengashida energiya tejamkorlik sohasidagi asosiy atama va tushunchalar ko`rib chiqilib, tasdiqlangan edi. Energetiklar kongressi energiya tejamkorlikka tegishli atama va tushunchalarni asosan olti guruhga bo`lib qarashni tavsiya etdi.
Umumiy atamalar va tushunchalar
Energetik zanjir – energiya oqimining birlamchi energiya resurslaridan to energiyaning iste’molchiga uzatilib, undan foydalanishgacha bo`lgan yo`li tushuniladi. Masalan, gazning yer ostidan olinishi, issiqlik elektr stansiyasiga quvurlar orqali uzatilishi va yoqilishi natijasida elektr energiya olinishi, bu elektr energiyaning elektr tarmoqlar orqali iste’molchiga uzatilib va u mahsulot ishlab chiqarishda sarf bo`lishigacha bo`lgan yo`li tushuniladi.
Energiya tejamkorlik – energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ko’riladigan tadbirlar majmuasi. Misol uchun ishlab chiqarishda elektr energiyani iqtisod qilishga qaratilgan tadbir.
Energiya hajmi – mahsulot ishlab chiqarishda yoki biror ishni bajarishda sarf bo`ladigan energiya miqdori. «Energiya hajmi» atamasi hozirgi paytda ko`prok energiya solishtirma sarfining pul birligiga nisbatan ko`rsatgich sifatida qaraladi (milliy daromad, mahsulot tannarxi).
Energiyadan samarali foydalanish – ijtimoiy, siyosiy, moliyaviy cheklanishlar, atrof-muhit, ekologiya va h.k. larni hisobga olgan holda energiyani istye’molchilarga eng maqbul yo`l bilan taqsimlash va ishlab chiqarishda qo`llash natijasida iqtisodiy foyda olishga erishish.
Energiyani iqtisod qilish – ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarishga sarf bo`layotgan energiyani kamaytirishga qaratilgan tadbir. Misol uchun, elektr motorlarda quvvat isrofini kamaytirishga qaratilgan tadbir.
Energiyani iqtisod qilishning solishtirma sarflari – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog`ini o`zgartirmagan holda bir yil ichida birlik mahsulot uchun sarf bo`ladigan energiya tushuniladi. Bu atama odatda foydani hisoblashda qo`llaniladi.
|
| |