|
Energiya tejamkorlik sohasidagi asosiy tushunchalar va atamalar
|
bet | 3/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 291,78 Kb. | | #257902 |
Bog'liq ENERGIYA TEJAMKORLIK SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALARBirlamchi energoresurs – qayta ishlanmagan yoki o`zgartirilmagan energoresurs (neft, tabiiy gaz, ko`mir, yadro energiyasi, gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasi va h. k.).
Birlamchi energiya resurslaridan foydalanish koeffiesiyenti – qurilmaga berilayotgan energiyaning shu energiyani ishlab chiqarishga sarf bo`lgan barcha birlamchi energoresurslarga nisbati.
Issiqlik va elektr energiyalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki ehtiyojlari uchun sarf bo`ladigan energoresurslar – issiqlik va elektr energiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun texnologik jarayon uchun sarf bo`lishi zarur bo`lgan, qayta ishlangan va o`zgartirilgan energoresurslar.
Iste’mol qilinayotgan energiya – energetik maqsadlarda iste’molchi iste’mol qilayotgan energiya resurslar (barcha energetik sektorlarda sarf bo`layotgan energoresurslar qiymati).
Iste’molchidagi energiya isrofi – iste’molchiga uzatilayotgan energiya bilan foydali energiyaning ayirmasi.
Iste’molchilarda mavjud bo`lgan energoresurslar – iste’molchi ihtiyoridagi uzatilgan energoryesurlar.
Keltirilgan oxirgi energiya – foydali ish uchun so`ngi o`zgartirish oldidan iste’molchiga keltirilgan energiya yoki energetik resurs yoki energiya uzatkichdagi energiya miqdori.
Keltirilgan energetik resurs – energetik qurilmaga qayta ishlash, o`zgartirish, uzatish yoki foydalanishga mo`ljallangan energetik resurs.
Solishtirma energiya iste’moli – birinchi ma’nosi – bir abonetga, bir kishiga, bir jihozga yoki asbobga to`g`ri keladigan energiya miqdori: ikkinchi ma’nosi – ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir donasiga to`g`ri keladigan energiya solishtirma iste’molining qiymati.
Foydalanilgan energiya – biror jarayonni o`tkazishda bevosita ishtirok etgan energiya miqdori.
Foydali energiya – iste’molchiga uzatilgan energiyaning foydali ishni bajarishda sarf bo`lgan oxirgi o`zgartirilgan bir qismi.
Energetik balans – uzatilayotgan energiya bilan foydali energiya isrofi yig`indisining tengligi.
|
| |