|
Energiya tejamkorlik sohasidagi asosiy tushunchalar va atamalar
|
bet | 4/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 291,78 Kb. | | #257902 |
Bog'liq ENERGIYA TEJAMKORLIK SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALAREnergetik resurs – energiya zahirasi.
Energetik texnologiya – energiya ishlab chiqarish, taqsimlash, saqlash, o`zgartirish bilan bog`lik bo`lgan texnologiya.
Energiya manbalari – befosita yoki o`zgartirish natijasida yoki qayta ishlash natijasida foydali energiya olinishi mumkin bo`lgan manbalar.
Energiya utilizasiyasi – uzatilgan energiyadan foydali energiya olish.
Energiya shakli – bu atama qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg`ilarga va barcha turdagi energiyalarga ta’lluqlidir: yadro, quyosh, suv, shamol, biomassa va h. k.).
Energiyadan foydalanish – foydali energiyani ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan birlamchi yoki o`zgartirilgan energoresurslardan foydalanish.
Energiyaning o`zgartirilishi – atama sifatida ikki xil ma’noga ega: birinchi ma’nosi – energiyani ishlab chiqarish yoki o`zgartirish jarayonida birlamchi energiyaning fizik holati o`zgarmay qoladi (masalan, o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka o`zgartirish, ko`mirdan koks olish va h. k.); ikkinchi ma’nosi – energiya ishlab chiqarish yoki o`zgartirish jarayonida birlamchi energiyaning fizik holati o`zgaradi (masalan, issiqlik energiyasining elektr energiyasiga o`zgartirish, ko`mirni gazga aylantirish va h. k.).
Energiya resurslarni uzatish va taqsimlashdagi isroflar – energiyani uzatish va taqsimlash bilan bog`liq bo`lgan energiya isroflari (masalan, elektr energiyani uzatishda elektr stansiyadan to taqsimlash qurilmalari-nim stansiyalarigacha bo`lgan uzatish liniyalardagi energiya isroflari, hamda bevosita iste’molchiga berilguncha bo`ladigan energiya isroflari).
Energiya resurslarning iste’moli – foydali energiya yoki o`zgartirilgan energoresurslarni ishlab chiqarishda energoresurslardan foydalanish.
O`zgartirishdagi isrof – o`zgartirish qurilmasiga uzatilgan energiya bilan o`zgartirish qurilmasidan chiqayotgan energiyaning farqi.
Energiya tejamkorlikka erishishning passiv usuli
Ishlab chiqarish qurilma va mashinalarida elektr energiyani passiv iqtisod qilish tushunchasi bu – elektyuritmalar uchun qo`shimcha sarmoyalar sarf qilmasdan elektr energiyadan samarali foydalanish demakdir. Bunday iqtisod qilishni turlari quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
Elektr tarmog`idan istye’molchilarga uzatilayotgan elektr energiya ko`rsatkichlarining Davlat standartlariga mos bo`lishi, quvvat bo`yicha to`g`ri tanlangan elektr motorlarini energiya tejamkorlik rejimiga juda yaqin rejimda ishlashi imkonini yaratadi. Shuni e’tirof etish kerakki, hozirgi paytga kelib kuchlanish, chastota, amplituda va h. k. ko`rsatkichlarning ruxsat etilgan qiymatlari energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan zamon talablariga mos kelmay qolgan va bu sohada yangi Davlat standartlari qabul qilish maqsadga muvofiq keladi.
Ishlab chiqarish qurilma va mashinalarning elektr motorlarini quvvati bo`yicha to`g`ri va ishlab chiqarish sharoitiga mos keluvchi elektr motorlar tanlash energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan muhim masaladir. Tanlangan motorni ishlatishda yuqori FIK da bo`lishiga erishish maqsad qilib qo`yilgan bo`lishi kerak. Motorning yuklanish momenti va mexanik tavsifi asosiy mezon bo`ladi.
Harakatga keltirilayotgan mexanizmning inersiya momenti katta bo’lsa elektryuritma motori o`tish jarayonining cho`zilib ketishiga olib keladi (10 sekunddan ko`p). Shunda motor chulg`amlaridan katta qiymatdagi tok o`tishi motorning qizib ketishiga sabab bo`ladi. Bunday elektryuritmalarda ishga tushirish momenti yuqori bo`lgan motorlarni qo`llash maqsadga muvofiq keladi.
Agar motorning yuklanganligi nominal quvvatiga nisbatan 45% dan kam bo`lsa, u holda nominal quvvati
|
| |