|
Energiya tejamkorlik sohasidagi asosiy tushunchalar va atamalar
|
bet | 6/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 291,78 Kb. | | #257902 |
Bog'liq ENERGIYA TEJAMKORLIK SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALARMagnitli kontroller bilan boshqariladigan kranlar asosan tog` – metallurgiya korхonalarida keng qo`llaniladi. Magnitli konrollerli boshqariladigan kranlarning kontrollerli boshqariladigan kranlardan farqi shundaki, bu kranlarni masofadan turib boshqarish mumkin. Magnitli kontrollerli boshqariladigan kranlarda ham meхanizmlarning tezligi rotordagi qo`shimcha rezistorlarning qiymatini o`zgartirish hisobiga amlga oshiriladi.
Hozirgi paytda yarim o`tkazgich va mikroelektronika sohalarining tez rivojlanishi natijasida kranlarni boshqarishda boshqariluvchi o`zgartkichlar keng qo`llanilmoqda. Boshqariluvchi o`zgartkich yordamida tezligi rostlanadigan meхanizm motorlarining rotorlariga tezlikni rostlash maqsadida qo`shimcha rezistorlar ulanilmaydi, shuning htsobiga bunday yuritmalarda quvvat isrofi sezilarli darajada kam bo`lib, ular elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi.
Motor valiga o`rnatilgan tezlik datchigi orqali olingan signal bo`yicha, asinхron motorning stator chulg`amidagi kuchlanishni tiristorli kuchlanish o`zgartgich yordamida o`zgartirib, tezlikni rostlovchi elektr yuritmalar, tiristorli kuchlanish rostlagichli elektr yuritmalar deb ataladi. Bunday elektr yuritmalar kran meхanizmlarini boshqarishda ham qo`llanilmoqda. Kran meхanizmlari uchun RST rusumidagi tiristorli kuchlanish rostlagichlar qo`llaniladi. Tezliklarni rostlash oralig`i 10 : 1.
Kranlarning elektr yuritmalarida rotori qisqa tutashtirilgan asinхron motorlarni boshqarishda TTS tiristorli chastota o`zgartkichlar ham qo`llanilmoqda. Tezliklarni rastlash oralig`i 15 : 1.
Kishik quvvatli konveyerlarni harakatga keltirishda rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar qo`llanilsa, katta quvvatlilarida faza rotorli asinxron motorlar qo`llaniladi.
Kranlarning mexanizmlarida energiya tejamkorlikka erishish.
Yuklarni bir joydan boshqa joyga ko`chirishda eng ko`p energiyani istye’mol qiladigan mashinalar bular kranlardir. Kranlar material va buyumlarni ham gorizontal, ham vyertikal yo`nalishlarda bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishga xizmat qiladi.
Sanoat va fuqarolik ob’ektlarini qurishda kranlarning minorali turi keng tarqalgan bo`lib, ularning yuk ko`tarish imkoniyatlari bir necha tonnadan to bir necha o`n tonnagachadir. Bu kranlarning motorlari asosan assinxron motorlar bo`lib 4MT rusumli (quvvati 2,2 – 200 kVt), MTF va MTN (faza rotorli) va MTKF, MTKN (rotori qisqa tutashtirilgan, quvvati 1,4 – 30 kVt) hamda D rusumli o`zgarmas tok motorlari (quvvati 2,5 – 185 kVt) tashkil etadi. Shuningdek, mttallurgiya va mashinasozlik korxonalarida ko`rik turlari keng qo`llanilib, ularning yuk ko`tarish qudrati bir necha tjnnadan yuz tonnalargacha boradi.
Kran mexanizmlarining elektr yuritmalarida sodir bo’ladigan elektr energiya isrofi qanday rostlanuvchi elektryuritmalar qo’llanishiga bog`liqdir. Ma’lum vaqt oralig`idagi foydali ishlab chiqariish uchun sarf bo`lgan elektr energiyaning elekt yuritmaning umumiy elektr energiya sarfiga nisbati tizimning ekvivalyent FIK – deb ataladi. motorning belgilangan vaqt ichidagi ishga tushirish soni Z ga nisbatiga qarab o`zgarishi 1 – rasmdagi tavsiflarda keltirilgan. Grafikdan ko`rinib turibdiki, tiristorli boshqariluvchi o`zgarmas tok o`zgartkichli elektryuritmalarda eng yuqoridir, biroq o`zgarmas tok motorlarini ekspluatasiya qilishning birmuncha murakkabligini hisobga oladigan bo`lsak, u holda bu o`zini oqlamaydi.
1 – rasm. Kran elektr yuritmalarining ekvivalent FIK lari:
1 – ikki tezlikli rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motor; 2 – bir tezlikli asinxron motor; 3 – fazalari teskari ulanib tormozlanadigan faza rotorli asinxron motor; 4 – dinamik tormozlanadigan faza rotorli asinxron motor; 5 – chastota bo`yicha tezligi rostlanadigan ikki tezlikli asinxron motor; 6 – tiristorli o`zgarmas tok o`zgartkichli yoki generator – motor tizimidagi o`zgarmas tok motori
|
| |