AVTOMATLASHTIRILGAN BANK TIZIMIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH TO'G'RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 16 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 24 fevralda ma'qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'rg'isidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
3-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi
Avtomatlashtirilgan bank tizimi bank faoliyati sohasida axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish uchun mo'ljallangan axborot tizimidir.
4-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilishning maqsadlari
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
banklarning axborot xavfsizligini ta'minlash va bank sirini muhofaza qilish;
axborotning tarqalib ketishi, o'g'irlanishi, yo'qotilishi, buzib talqin etilishi, to'sib qo'yilishi, qalbakilashtirilishi va undan o'zgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini olish.
5-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish:
axborotni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish; Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot to'plashga doir faoliyatni va unga ishlov berish usullaridan foydalanishni muvofiqlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
6-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan foydalanish
Avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot mulkdorining ruxsati bilan axborotdan foydalanadi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan axborot mulkdorining ruxsatisiz foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo'l qo'yiladi.
7-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori yuridik shaxs bo'lishi kerak.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdorini va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchini avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotga ishlov berish usullarining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida xabardor qilishi, axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi esa taklif etilgan ishlov berish usullarining qo'llanilishiga rozi ekanligini va e'tirozlari yo'qligini tasdiqlashi shart.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq axborotning muhofaza qilinishini ta'minlashi hamda axborot mulkdorini uning axboroti muhofazasi buzilishining barcha hollari to'g'risida xabardor qilishi shart.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori davlat sirlarini o'z ichiga olgan yoki maxfiy hisoblangan axborotning muhofaza qilinishini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ta'minlashi shart. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
8-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini sertifikatlashtirish
Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini, shuningdek, bu tizimning davlat sirlarini o'z ichiga olgan yoki maxfiy hisoblangan axborotga ishlov beruvchi muhofaza vositalarini (shu jumladan kriptografiya vositalarini) sertifikatlashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va banklarda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etilishi kerak.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati:
axborotning saqlanishini ta'minlash ustidan nazoratni tashkil etadi;
axborotni muhofaza qilish masalalarida uslubiy va amaliy yordam ko'rsatadi;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish tizimini loyihalash, sinovdan o'tkazish va qabul qilib olishda ishtirok etadi;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar bo'lganligi, unga boshqacha shaklda aralashilganligi aniqlanganda hamda tizimning ishlash qoidalari buzilganda mazkur tizimdagi axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko'radi;
axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarining holati va samaradorligini tahlil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10-modda. Nizolarni hal etish
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
11-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.
12-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. KARIMOV
|