|
Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari Reja: Pedagogik mahoratni egallash vositalari Pedagogik mahorat va uning asosiy jarayonlari
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 37,43 Kb. | | #241957 |
Bog'liq Маъруза
Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari
Reja:
1.Pedagogik mahoratni egallash vositalari
2.Pedagogik mahorat va uning asosiy jarayonlari
3. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish uslublari
Adabiyotlar:
1.Xoliqov A. ”Pedagogik mahorat” o`quv qollanma. Toshkent, 2009., 312 b. 7-15 bet
2.Omonov X., N.Xo`jayev., S.Madyarova., E.Eshchanov ”Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” darslik 2012., 199 b. 5-13 bet.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da ta'rif quyidagicha izohlangan: “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yukori darajasi, bilimdonlik va akl-zakovatning yuksak kursatkichi.
2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat:
-Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
-Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
-Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish.
-Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
Bu maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta'lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
3. Bo‘lajak o‘qituvchilar milliy urf–odat va an'analarimizda va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o‘zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
4. Egallangan pedagogik–psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida har bir bo‘lajak o‘qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.
5. O‘quv–tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so‘nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o‘zlashtiradilar.
6. O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy–ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o‘qituvchilar uzluksiz ma'lumotlarni o‘rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o‘z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
Xo‘sh pedagogik mahoratning o‘zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif beriladi:
Pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi faoliyatdir.
O‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yunalishlarda olib boriladi:
1) O‘qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.
2) O‘qituvchining ruhiy – psixologik tayyorgarligi.
3) O‘qituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan
tayyorgarligi.
4) O‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni
egallab borishi.
Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta'minlovchi omillar quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm–fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta'minlash malakasiga ega bo‘lishi;
b) ta'lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta'lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv – tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik– psixologik va metodik ma'lumotlarga ega bo‘lishi;
d) fanlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
ye) jamoani «ko‘ra bilish», o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va hamdard bo‘la olish, o‘z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta'sir ko‘rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo‘lishi;
j) o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi.
O‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta'lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o‘qituvchining shakllanishi, bo‘lajak o‘qituvchi umummilliy mavqyeining o‘sib borishini ta'minlaydi.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta'lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma'lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi.
O‘qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirib borish.Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferens iya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta'lim-tarbiya samaradorligini ta'minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-ye'tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning o‘qituvchi shaxsi va kasbi to‘g‘risida mukammal ma'lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O‘qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi bilan birga, kasbiy, ya'ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo‘lishi lozimligini tajriba ko‘rsatmoqda. Buni yuqorida kasb axloqi to‘g‘risida bildirilgan fikrlar misolida ham ko‘rdik.
Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat'iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.
Kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yuli mohiyati, beshta tamoyil rivojlanishining ma'naviy – axloqiy negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglash, chuqur ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o‘z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini mukammal bilish, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimiz Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o‘zbek xalqining an'analari, qadriyatlari, urf – odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma'naviyat, adabiyot va san'at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, o‘lkashunoslik, texnikaga oid ma'lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish va hokazo.
Ta'lim va tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchidan ulkan aql-zakovat, sabr-toqat, matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib borishi, o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi na zarur paytda so‘z, ish yoki amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta'lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillardir.
Pedagogik kasb – bu barkamol inson sifatida xarakterlanuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarning barqaror tizimidir. O‘qituvchi o‘z kasbiga ixlos qo‘yishi va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib etishi, bolalarga ta'sir o‘tkazishi va ular bilan hamdardligini namoyon qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki, ular o‘qituvchi faoliyati va muloqoti bilan uyg‘unlashganda o‘qituvchi mehnatining bir butunligiga erishiladi.
O‘qitish va tarbiyalash – bular bir-biridan ancha farqli tushunchalardir. O‘qituvchi o‘z kasbining to‘la ma'nodagi egasi bo‘lishi uchun atrof-muhitidagi odamlar orasida hurmat–e'tibor qozona olishi kerak. O‘qituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy, ezgu fazilatlar egasi sifatida namuna bo‘lishi zarur.
O‘qituvchining mahorati pedagogika oliy ta'lim muassasalarida bilim va malakalarni egallash davridayoq, shakllanib boradi. Pedagogik kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kasbga moslashishi, tanlangan kasb ichidagi uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan, keng ma'nodagi o‘qituvchining shakllanishiga bo‘lgan talabga muvofiq, holda bilimlarning pedagogik-psixologik va umummilliy mavqyeining o‘sib borishida aks etmog‘i lozim.
“Kompetentlik” tushunchasining moxiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mexnat bozorida ustuvor urin egallagan kuchli rakobatga bardoshli bulish xar bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bulish, uni izchil ravishda oshirib borishni takozo etmokda. Xush, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida kanday sifatlar aks etadi? Pedagog uzida kanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni urinda shu va shunga yondosh goyalar yuzasidan suz yuritiladi.
Inglizcha “somretepse” tushunchasi lugaviy jixatdan bevosita “kobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yukori darajadagi kasbiy malaka, maxorat va iktidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat kiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim soxasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan xollarda mutaxassisning uzini kanday tutishi, mulokotga kirishishi, rakiblar bilan uzaro munosabatlarda yangi yul tutishi, noanik vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga tula ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda xarakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bulgan bilim, kunikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yukori darajada kullay olinishi
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan aloxida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki xar bir mustakil yunalish buyicha integrativ bilimlar va xarakatlarning uzlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni urganishni, muxim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni kayta ishlash va uz faoliyatida kullay bilishni takozo etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari Reja: Pedagogik mahoratni egallash vositalari Pedagogik mahorat va uning asosiy jarayonlari
|