• P’ezoelektrik printsipda ishlaydigan datchiklar
  • Radar datchiklari Radarlar
  • T = 2R/c Bu erda T – vaqt; C – yorug’lik tezligi; R – masofa. Ob’ekt aniqlangandan keyin uning holati yoki tezligini aniqlash uchun monostatik radar
  • Avtomobil sanoatida ishlatiladigan datchiklar




    Download 171,6 Kb.
    bet1/3
    Sana17.05.2024
    Hajmi171,6 Kb.
    #240624
      1   2   3

    Avtomobil sanoatida ishlatiladigan datchiklar
    http://commons.wikimedia.org/wiki/File:MyTR2.gif?uselang=ru
    Tenzorezistorni sezgir elementi ingichka simdan, fol’gadan yoki yarimo’tkazgich plenkadan yasaladi.Tenzorezistor kuchni, bosimni, og’irlikni, mexanik kuchlanishni, aylanish momentini o’lchash uchun ishlatiladi.Sezgir elementga ta’sir etuvchi kuch uning qarshiligini o’zgartiradi.Tenzorezistor shu printsipga asosan ishlaydi.
    tenzorezistor
    P’ezoelektrik printsipda ishlaydigan datchiklar
    P’ezoelektriklar – bu kristallar bo’lib, ular siqilganda o’zidan elektr zaryadi chiqaradi. Elektr kuchlanishi ta’sir ettirilganda o’z formasini o’zgartiradi, ya’ni siqiladi/cho’ziladi, egiladi, bukiladi.
    p’ezoelement
    http://commons.wikimedia.org/wiki/File:SchemaPiezo.gif?uselang=ru
    P’ezoelektrik datchiklar shu printsip asosida ishlaydilar.Masalan ultratovush datchiklari.
    A – ultratovush to’lqin generatori sxenasi. B – ultratovush o’zgartirgich konstruktsiyasi
    Rasm A da ko’rinib turibdiki, kirish kuchlanishi p’ezokeramik elementni egilishga majbur qiladi.Buning natijasida ultratovush to’lqinlari yuzaga keladi. P’ezoelektrik jarayon qayтuvchi jarayon bo’lganidan, qaytgan ultratovush to’lqinlari shu p’ezokeramik materialga urilib,uning yuzasida elektr zaryadi paydo qiladi. P’ezoelementning o’rtacha ish chastotasi 32 kGts.Ultratovush to’lqinlari yordamida L0 masofani o’lchash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi.
    Radar datchiklari
    Radarlar ob’ektni aniqlash, kuzatish va tasvirni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi qurilmalardir. Avtomobilsozlikda radarlar avtomobillarni avtomatik boshqarish sistemalarida (адаптивный круиз - контроль) keng qo’llanilmoqda. Bu sistemada radarlar ob’ektni aniqlash va kuzatish funksiyalarini bajaradilar. Maqsad yuz berishi mumkin bo’lgan falokatlarni oldini olishdan iborat.
    Millimeter diapazondagi (76 – 77 GGts) radarlar va uzun diapazondagi radarlar birgalikda 1 - 150 metr masofadan ob’eкtni aniqlaydilar. Avtomobillarni avtomatik boshqarish sistemalariga asosan millimeter diapazonda (40 – 300 GGts) ishlovchi radarlar o’rnatilgan.
    Radar sistemalari ob – havo injiqliklariga bardosh bera olganligidan, hozirda ultratovush sistemalariga nisbatan juda ham ishonchli sanaladi.
    Radarning asosiy komponentalari bu – transmitter, antenna va resiver. Transmitter elektromagnit to’lqinlarni ishlab chiqaruvchi qurilma. Antenna elektromagnit to’lqinlarni tarqatuvchi va tutib oluvchi qurilma. Resiver ob’ektga urilib qaytgan elektromagnit to’lqinlarni antenna orqali tutib oluvchi qurilma.Resiver tutib olingan elektromagnit to’lqinlarni tokka aylantiradi. Radardan ob’ektgacha bo’lgan masofa quyidagi formula orqali topiladi:
    T = 2R/c
    Bu erda
    T – vaqt;
    C – yorug’lik tezligi;
    R – masofa.
    Ob’ekt aniqlangandan keyin uning holati yoki tezligini aniqlash uchun monostatik radar (rasm 4.4) ishlatiladi. Monostatik radar ob’ekt holatini sferik koordinatalar sistemasida o’lchaydi. Sferik sistemaning boshlang’ich nuqtasi antenna markazida bo’lib, X o’qi orqali o’tadi. Θ burchak azimuth burchagi deb ataladi. φ burchak orientatsiya burchagi deyiladi. φ burchak antenna orientatsiyasiga bog’liq.

    Download 171,6 Kb.
      1   2   3




    Download 171,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil sanoatida ishlatiladigan datchiklar

    Download 171,6 Kb.