• Mustaqil ishi TERMIZ-2022 Reja: Kirish. Asosiy qism: Jadvallar,chizmalar,bog`lanishlar
  • Axborot texnologiyalari fakulteti




    Download 2.69 Mb.
    bet1/11
    Sana03.04.2023
    Hajmi2.69 Mb.
    #48505
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    jaloliddin mustaqil ish
    Astronomiya. Kalendar, topshiriqlar, 1-Kurs Psixologiya seminar, jihozlash, Var-4, MD ACADEMY 1,2, Microsof Access― relyatsion ma’lumotlar majmuasi. Jadvallar. Ma’lumotlar majmuasi. So’rovlar. So’rovlar natijasi. Hisobot yaratish., Korxonalarning elektr ta, СУЮҚ ОВҚАТЛА1Р, Cтатистика ОН 2022-2023 укув йили 2-булим 35-вариант 2 та сав 1 мас (1), BEKZOD SADULLAYEV. II-kurs Yakuniy nazorat ishi., 3.1, Audit kurs ishi Diyor, Audit kurs ishi Diyor (2)


    O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
    TA'LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

    AMALIY MATEMATIKA TA`LIM YO`NALISHI
    III BOSQICH 302-GURUH TALABASI
    ABDURAIMOV JALOLIDDIN
    ning ‘‘Berilganlar bazasidan” fanidan tayyorlagan
    Mustaqil ishi

    TERMIZ-2022


    Reja:
    Kirish.
    Asosiy qism:

    1. Jadvallar,chizmalar,bog`lanishlar

    murojaatlar
    2. Birinchi va ikkinchi darajali kalitlar
    3. Sport do’koni haqida baza yaratish
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

    Kirish
    Yaratuvchanlik – bu
    aqlning vaqtichog’lik
    qilishidir.
    (Albert Einstein)
    Hozirgi kunda barcha sohatardama’lumotlar bazasi (MB) kerakli axbo-rotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik 0‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albarta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan
    muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi insoniyatni ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini izlab topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida, hisoblash texnikasining yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o‘rni va ahamiyati bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatni zamonaviy kompyutårlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridandir. Bu muammolarni hal etishda “Ma’lumotlar bazasi” fanining o‘rni kattadir.
    Axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda ma’lumotlar va bilimlar bazasi tåxnologiyalarining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilinmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli
    korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Insonning iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kångayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishga, yangi xususiyatga ega bo‘lgan axborotli muhitning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. “Ma’lumotlar bazasi” fanini o‘rganishdan asosiy maqsad har bir talabada kompyuter texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, amaliy informatika va avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanib turli iqtisodiy masalalar yechish usullari sohasida bilimlar berishdir. Boshqaruv jarayonidagi axborotlarni saqlash, saralash, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni o‘rganish va turli sohalarga tatbiq qilish mazkur fanning predmeti hisoblanadi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi — bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
    Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni esa ma’lumotlarni tuzulmaviy tartiblashtirgan holda, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) qo‘llabgina bajarish mumkin.

    Download 2.69 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2.69 Mb.