• ARTICLE INFO ABSTRACT
  • Axborotnomasi




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana10.10.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #87480
      1   2
    Bog'liq
    YO\'PA0602




    YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI 
    AXBOROTNOMASI 
    www.in-academy.uz 
    1-JILD, 6-SON (YOʻPA) 
     INFORMATIKA FANINI KASBGA YOʻNALTIRIB OʻQITISH. 
    Ismonova Laziza Zokirjonovna 
    Andijon tumani 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Informatika fani 
    oʻqituvchisi
    ARTICLE INFO 
     
    ABSTRACT
     
    Qabul qilindi: 25-May 2023 yil 
    Ma’qullandi: 28-May 2023 yil 
    Nashr qilindi: 03-June 2023 yil
     
     
    Ushbu maqolada Pedagogik faoliyat, oʻqituvchining 
    oʻquvchilarga dars oʻtish jarayoni qanday boʻlishligi ham 
    Informatika fanini lasbga yoʻnaltirib oʻqitish haqida soʻz 
    yuritiladi. 
    KEY WORDS 
    Pedagogik texnologiya, oʻqituvchi, 
    dars, umumiy oʻrta taʼlim maktabi 
    Pedagogik faoliyatning vazifalari: o'qitish, ta'lim-tarbiya berish va shaxsni har 
    tomonlama rivojlantirishdir. O’qituvchi tomonidan oʻquvchilarni samarador o’qishlarini 
    tashkil qilish faqatgina o’qitishning shakllarini bilish va ulardan to’g’ri foydalanishga 
    bog’liqdir. Dars jarayoni esa – ta’limni tashkil etishning asosiy shaklidir. Dars bevosita 
    o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib 
    boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Kasbga yo‘naltirib o‘qitish esa - bu 
    o‘qitish jarayonini tashkil etishning mazmuni va tuzilishini o‘quvchilarning individual 
    qiziqishlari va ustuvor jihatlarini hisobga olgan holda, kasbiy o‘zini o‘zi belgilashga 
    tayyorlashdir. 
    Informatika o’qituvchisining informatika faninii kasbga yoʻnaltirib o’qitishi natijasida 
    o’quvchilarda quyidagi xususiyatlar vujudga keladi: 
    -o‘quvchida kasbiy o‘z-o‘zini aniqlashi, anglashi ortadi, kasbiy qaror qabul qilishi tezlashadi; 
    -kasb tanlashda qiynalayotgan, ba’zan ikkilanayotgan o‘quvchilarda tanlayotgan kasbi 
    haqidagi zaruriy, kasbiy axborot, maslahatlarga ega bo‘ladilar; 
    -o‘quvchida tanlagan kasbiga nisbatan turg‘un (doimiy) kasbiy qiziqishi va moyilligi 
    shakllantiriladi; 
    -o‘quvchi o‘zi tanlagan kasbi o‘zining psixologik va fiziologik imkoniyatiga mos kelish yoki 
    kelmasligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar; 
    -o‘quvchilarning o‘z qiziqqan kasb tanlashida jamiyat oldidagi burchi va ma’suliyat hissi 
    ortadi. 
    Informatika fanini oʻqitishda kasbga yoʻnaltirish boʻyicha quyidagi misolni koʻrib 
    chiqaylik: 
    Umumiy o‘rta maktabning 5-sinflarida “Paint garfik muharriri” bobini o‘qitishga jami 6 
    soat ajratilgan. Informatika fani o‘qituvchisi ushbu mavzuni kasbga yo‘naltirib o‘qitish uchun 
    quyidagicha ish bajaradi. O‘qituvchi “Paint garfik muharriri bobini o‘qitishning birinchi 
    darsida dastur oynasi qismlari, asboblar penelining tugmachalari, ranglar palitrasi haqidagi 
    tushunchalarni beradi. 



    Download 0.73 Mb.
      1   2




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish