• Tafakkur tushunchasi Bilish jarayonlari
  • Sezgi turlari
  • Bilish jarayonlari (sezgi, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol turlari). Reja




    Download 51.07 Kb.
    bet1/8
    Sana21.04.2024
    Hajmi51.07 Kb.
    #203321
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    NdvEasheJPDDtdXCXniz5sgSzZRhhHOzeDEaNuLL (1)
    KXA56SHIXE, The Algorithm Design Manual, Mavzu Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usu-fayllar.org (1), Tolalar haqida, Behzod Boltaboyev, САО005 оқими учун мустақил иш мавзулари, Do\'stmurodov Xusan, Коди cal 1316 Номи (1), Plitalar, 84078527a4, ciziqli1932, ehtimol yakuniy, Taklifnoma, Final Interview, Mustaqil ish qanday yoziladi. Is\'hoqova Z

    Bilish jarayonlari
    (sezgi, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol turlari).
    Reja:

    1. Bilish jarayonlari

    2. Sezgi turlari

    3. Idrok tushunchasi

    4. Xotira tushunchasi

    5. Hayol tushunchasi

    6. Tafakkur tushunchasi



    Bilish jarayonlari
    Tevarak-atrofimizda bo‘lgan va bizga ta’sir etib turadigan narsa va hodisalarning xilma-xil xossalari bor. Bu xossalar ko‘ruv, eshituv, tuyg‘u organlari va shunga o'xshash sezgi organlari yordami bilan ongimizda bevosita aks etadi. Sezgi organlarimizga ta’sir etadigan narsalardagi ayrim xossalarning miyamizda shu tariqa bevosita aks etishi sezgi deb ataladi. Biz qizil, yashil ranglarni, shirin, achchiq ta’mlarni, og‘ir-yengilni, issiq sovuqni va shu kabilarni sezamiz. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa) qo‘zg‘ovchi deb ataladi, uning ta’siri esa qo‘zg‘alish deb yuritiladi. Sezish jarayoni quyidagicha ro‘y beradi:
    1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga (retseptorga) ta’sir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka (periferi) uchlarini qo‘zg‘aydi;
    2) shu yerda kelib chiqqan qo ‘zg‘alish o‘sha nervning o‘tkazuvchi yo‘li orqali bosh miya po‘stining tegishli markaziy hujayralar sistemasiga o‘tadi;
    3) bu yerda nerv qo‘zg‘alishi psixik hodisaga, ya’ni sezgiga aylanadi.
    Sezish jarayonida tug’iladigan xush yoki noxush tuyg‘u ayni vaqtda organizmning qo'zg'ovchi ta’siriga javoban reaksiyasiga sabab bo’ladi (bu reaksiya ba’zan arang bilinadi). Bu reaksiyalar bolalik davrida, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Ana shu reaksiyalarga qarab, bolalarning biron sezgini boshdan kechirayotganini bilamiz. Ana shu reaksiyalaming borligi sezgining nerv-fiziologik mexanizmi refleksdan iborat ekanligini ko'rsatadi.
    Sezgi turlari
    Sezgilar xilma-xil bo’ladi. Turli-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami bilan hosil qilsak, ularni o'sha organlarga qarab odatda, quyidagi turlarga, ya’ni ko'rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, ta’m (maza) bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi organlari qayerda ekanligiga va qayerdan qo'zg'alishiga qarab, ularni uch guruhga ajratish mumkin: eksteroretseptorlar, proprioretseptorlar va interoretseptorlar. Eksteroretseptorlar organizmning sirtida bo’ladi — ko'rish, eshitish, hid bilish, ta’m (maza) bilish, teri sezgisi, muskul harakat sezgisi va organik sezgi organlari shu jumladandir. Bu a’zolar tashqi sezgi a’zolari deb ataladi. Organizmimizdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari ana shu a’zolar yordami bilan aks ettiriladi. Shu a’zolar orqali kelib chiqadigan sezgilar (ko'rish, eshitish sezgilari va hokazo) eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi. Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda bo’ladi. Organizmimiz va undagi ayrim a’zolarining turli harakatlarini va vaziyatini ana shu a’zolar yordami bilan sezamiz. Bu a’zolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi. Muskul harakat sezgilari (knestetik sezgilar) va muvozanat sezgilari (statik sezgilar) shular jumlasidandir. Interoretseptorlar gavdamiz ichidagi organlar — teri, me’da, ichak, jigar, o'pkada bo’ladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish organlari va shunga o'xshash ichki organlardagi jarayonlar (qo'zg'alishlar) vujudga keltiradigan sezgilar shu retseptorlar yordami bilan belgilanadi. Bu sezgilar interoretseptiv sezgilar deb ataladi. Organ sezgilar degan sezgilar shu jumladandir.

    Download 51.07 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 51.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilish jarayonlari (sezgi, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol turlari). Reja

    Download 51.07 Kb.