• Maxkamov Aliakbar Baxodirjon ogli Axmadaliyev Odiljon Muxammadzokir ogli Andijon mashinasozlik instituti Annotatsiya
  • Kalit sozlar
  • Bino va inshoatlarning issiqlik energiyasi bilan




    Download 412,05 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana02.02.2024
    Hajmi412,05 Kb.
    #150325
      1   2
    Bog'liq
    BINO VA INSHOATLARNING ISSIQLIK ENERGIYASI NI OSHIRISH
    Mustaqil ish guruh Bajardi Qabul qildi Navoiy-2023 mavzu ko‘-fayllar.org (1), Absamatova M MI-201umumiy pedagogika fanidan, Текстовые функции Excel, Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash. Djalillova A, 001


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1367 
    BINO VA INSHOATLARNING ISSIQLIK ENERGIYASI BILAN 
    TA'MINLASHDA ENERGIYA TEJAMKORLIGINI OSHIRISH.
    (Shaharlar misolida) 
     
    Maxkamov Aliakbar Baxodirjon o'g'li
    Axmadaliyev Odiljon Muxammadzokir o'g'li 
    Andijon mashinasozlik instituti
    Annotatsiya: Barpo etilayotgan binolarni energiya tejamkorligini oshirish va 
    oqilona foydalanish yo'llari va tafsilotlari yoritilgan va bu borada, jahonda va 
    O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar keltirilgan. O'zbekiston qurilishida 
    energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish haqida gapirganda, avvalo, eski 
    binolarda kapital xarajatlarni kamaytirish juda muhim
    Kalit so'zlar: energiya tejamkor, issiqlik izolyatsiyasi, ekologik, energiya isrof, 
    energiya samaradorlik. 
    O'zbekistonda energiya tejamkor uylar qurilishi rivojlanishining dastlabki 
    bosqichida rag'batlantiruvchi mexanizmlarning va qurilishda energiyani tejash, nemis 
    standart passiv uylariga (Passivhaus) o'xshash konsepsiyalarining yetishmasligidir. 
    Energiya tejaydigan texnologiyalami joriy etishni cheklovchi asosiy omillaridan 
    biri -qurilishda o'rtacha xarajatlar bo'yicha energiya tejaydigan turar-joy binosining 1 
    m 2 yashash maydoni, an'anaviy turar-joy binosining 1 m2 qurish maydoniga nisbatan 
    812% dan ko'proq qimmatligidir. Shuning uchun, ko'plab kompaniyalar "energiya 
    isrof' turar-joy binolari qurilishini moliyalashtiradi va bu bilan yuqori foyda olishni 
    ta'minlaydi. 
    Tijorat ko'chmas mulk qurilishida energiyani tejashga bir oz boshqacha 
    yondashuv shakllangan. Bu yerda mijoz binoning issiqlik xususiyatlarini yaxshilash va 
    kommunal xarajatlarini kamaytirishga intiladi. Shu bilan birga, binoning energiya 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1368 
    samaradorligini oshirish bo'yicha qilingan qo'shimcha xarajatlar 7-10 yil mobaynida 
    qaytariladi. Shuning uchun energiya tejaydigan texnologiyalar tijorat ko'chmas 
    mulklari: banklar, ma'muriy binolar, ofis va tijorat binolarini qurishda birmuncha keng 
    tarqalgan. 
    Bugungi kunda O'zbekistonda mavjud bo'lgan turar-joy va jamoat binolarining 
    energiya istemoli tabiiy va iqlim sharoitlari bilan o'xshash, texnik jihatdan rivojlangan 
    Skandinaviya mamlakatidagi ko'rsatkichlardan taxminan 3 marta ko'pdir. Mavjud 
    vaziyatning absurdligi shundaki, aslida, binolarning energiya samaradorligini oshirish 
    nafaqat ekologik jihatdan maqsadga muvofiq, balki iqtisodiy jihatdan ham 
    foydaliligidadir. O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) rejalashtirilgan a'zo 
    bo'lishi issiqlik tariflarining g'arb mamlakatlaridagi narxlar darajasiga yaqinlashuviga 
    va hozirgi 15-20% bo'lgan ichki foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. O'zbekiston 
    respublikasi hukumati shundan so'ng kommunal tariflarning o'sishi har yili 20% ga 
    teng bo'lishini tasdiqladi. 2011 yildan esa tabiiy gaz uchun ulgurji narxlar uning eksport 
    savdosi rentabelligiga teng formula bo'yicha hisoblab chiqiladi. Takidlash joizki, 
    mahalliy qurilishda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishning asosiy sababi, 
    bizning iqlim sharoitimiz Yevropa iqlim sharoitidan ham og'irroqligidadir. 
    Tasdiqlashda iqlimning og'irligini baholashning asosiy mezoni bo'lgan isitish 
    davrining daraja-kunlari kabi ko'rsatkichlarga olib kelish mumkin. G'arbiy Yevropa 
    uchun uning o'rtacha qiymati 2000 daraja-kun, O'zbekiston respublikasi uchun esa - 
    3000 daraja-kun. 
    Shu sabablarga ko'ra, so'nggi 10 yil ichida O'zbekistonda energiya tejovchi uylar 
    qurilishi boshlandi. Misol uchun: Qashqadaryo, №20 maktab; Andijan, 315 o'quvchi 
    uchun mo'ljallangan yangi maktab; Farg'ona, №2 maktab; Qoraqalpog'iston 
    respublikasi, №5 maktab; Navoiy, Nurata, 216 o'quvchi uchun mo'ljallangan yangi 
    maktab; Navoiy, Хatirchi, №35 maktab va boshqalar. 
    Issiqlik energiyasini ratsional sarflanmasligining asosiy sabablari; 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1369 
    - isitiladigan zina-lift bloklari va zinaxonalarning arxitektura-rejalashtirish va 
    muhandislik yechimlarining kamchiliklari; 
    - tashqi devorlar, derazalar, tom va yerto'la yopmalarining issiqlik izolyatsiyasi 
    sifatining yetarli emasligi; 
    - tartibga solinmagan tabiiy shamollatish tizimlarining nomukammalligi; 
    - balkon eshiklari va yog'och deraza tabaqalarini zich birikmasligi va sifati 
    pastligi; 
    - isitish va issiq suv ta'minoti tizimlarida o'lchash, boshqarish va tartibga solish 
    qurilmalarining yo'qligi; 
    - tashqi issiqlik trassa tarmoqlarining issiqlik izolyatsiyasining yetarli emasligi 
    yoki buzilganligi; 
    - bug'qazonlar uskunalarining eskirgan va unumsiz turlari; 
    - binolarning energiya ta'minoti uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan 
    yangilanadigan noan'anaviy energiya manbalarining yetarlicha qo'llanilmaganligi. 
    Bu kamchiliklarni bartaraf etish, energiyani tejash siyosatini amalga oshirish, 
    iqtisodiyotning umumiy energiya samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning 
    zamonaviy bosqichining markaziy vazifalaridan biridir. 
    O'zbekiston qurilishida energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish 
    istiqbollarini tahlil qiladigan bo'lsak, XX asrning 90-yillari o'rtalariga qadar 
    foydalanishga topshirilgan turar-joylarning katta qismini hisobga olmaslik mumkin 
    emas. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ba'zi shaharlarda eski binolarning ulushi 8085% 
    ga yetadi. Shunday qilib, yangi turar-joylar qurilishida energiya tejaydigan 
    texnologiyalardan foydalanish bilan birga, mavjud bino va inshootlarning energiya 
    samaradorligini oshirish ustuvor yo'nalish hisoblanadi. 
    O'zbekiston respublikasi fuqarolari deyarli har kuni mamlakatning issiqlik va 
    energetika majmuasining inqirozidan kelib chiqadigan muammolarni his qilishadi. 
    Energiya tariflari doimiy ravishda oshib bormoqda. Afsuski, bizning jamiyatimiz 
    mavjud resurslardan iqtisodiy jihatdan foydalanishni o'rganmagan va O'zbekistonda bu 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1370 
    muammoga aloqador barcha tuzilmalar faoliyati to'g'ri muvofiqlashtirmagan. Shuning 
    uchun hozirgi zamonning dolzarb vazifasi - energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy 
    etish orqali qurilish, transport va uy-joylardagi aniq energiya sarfini sezilarli darajada 
    kamaytirishdan iborat. 
    XX asrning ikkinchi yarmida O'zbekiston hududida, deyarli barcha yirik va o'rta 
    shaharlarda ommaviy turar-joy qurilishi sanoat seriyasining standart loyihalariga 
    muvofiq amalga oshirildi. O'tgan 40-50 yil mobaynida ushbu uylarning aksariyati 
    ma'naviy va moddiy jihatdan eskirgan va endi zudlik bilan rekonstruksiya qilish kerak. 
    O'zbekistonda mavjud turar-joy va jamoat binolarini ekspluatatsiya qilishdagi energiya 
    iste'moli tabiiy va iqlim xususiyatlari taxminan o'xshash texnik rivojlangan 
    mamlakatlarga nisbatan 3 marta yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari, o'tgan asrning 
    50-60-yillari oxirida qurilgan ko'plab binolar bugungi kunda eskirgan va avariya 
    holatida. 
    O'tgan 10-15 yil mobaynida nazariy ishlanmalar amalga oshirildi. Energiya 
    tejovchi dasturlar faol muhokama etildi va qator tajriba binolari qurildi. Akademik 
    S.N.Bulgakov ilmiy rahbarligida Rossiya, Belorussiya va MDHning boshqa 
    shaharlarida birinchi sanoat seriyasining turar-joylarini rekonstruksiya qilish bo'yicha 
    xorijiy tajriba va ayrim misollarni o'rganib, olimlar, me'morlar va loyiha mutaxassislari 
    guruhlari kvartallar va mikrorayonlarni buzmasdan yoki mavjud binolarni minimal 
    buzib, turar- joylar maydonini 2-3 barobar oshirish hisobiga qayta qurish usuli bilan 
    besh va undan kam qavatdagi turar-joy binolarini qayta tiklash konsepsiyasini, texnik 
    yechimlarini va ijtimoiy-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqdi. Ayni paytda ushbu 
    mavzular atrofida jonli munozaralar mavjud bo'lib, unda bino va inshootlarning 
    energiya sarfini kamaytirishga yordam beradigan bir qator aniq tavsiyalar ishlab 
    chiqilgan. Jumladan, shaharsozlik siyosati sohasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilib, 
    qisqacha xulosalar berilgan 
    - 20-30 yil muddatga shaharlar chegaralarini kengaytirishni to'xtatib turish kerak. 
    Bu davrda shaharlarni rivojlantirishni - mavjud hududlardan oqilona foydalanib, 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1371 
    qurilishni yangi shahar atrofi hududlarida rivojlantirmasdan normativ darajagacha 
    qurilishini siqish va magistral issiqlik quvurlari, boshqa energiya tarmoqlari va 
    transport yo'llari uzunligini oshirmasdan tartibga solish darajasida ixchamlashtirish 
    hisobiga amalga oshirilishi kerak. 
    - isitiladigan binolar yaqinida joylashgan konteyner qozonlaridan foydalangan 
    holda an'anaviy markazlashtirilgan va noan'anaviy issiqlik ta'minoti sistemalarini, shu 
    jumladan, mahalliy isitish sistemalarini kompleks ishlatish uchun texnik-iqtisodiy 
    asoslarni ishlab chiqish. 
    - Shamol hosil qiluvchi bo'shliqlarni bartaraf etish va yopiq hovli va ichki 
    hududlarni tashkil qilish bilan turar-joy kvartallari va mikrorayonlarni qurishni 
    yakunlash dasturlarini ishlab chiqish. 
    - Rekonstruksiya qilinayotgan kam qavatli turar-joy kvartallarining qayta 
    quriladigan binosi uchun bosh plan, dasturlar va biznes-rejalar ishlab chiqish. Yangi 
    issiqlik texnikasi me'yorlariga muvofiq mavjud turar-joy binolarning to'siq 
    konstruksiyalarini izolyatsiya qilish bilan bog'liq masalalarni ishlab chiqish. 
    - Avtomatlashtirilgan alohida issiqlik sistemalariga o'tish rejalari va issiqlik 
    tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejalarini ishlab chiqish. 
    - turar-joy maydonlarining o'sishini hisobga olgan holda isitish va issiq suv uchun 
    tomli qozonlardan foydalanishga o'tishni amalga oshirish. 
    - Ushbu kvartallar asosida shahar xo'jaligining energetik jihatdan samarali 
    hududlarini tashkil etish bilan elektr energiyasini tejash bo'yicha kompleks chora-
    tadbirlarni amalga oshirish. 
    - Yerning tabiiy issiqligidan yoki havoni musbat temperaturagacha isitishning 
    sun'iy manbalaridan foydalangan holda avtomobillar to'xtash joyi, ombor va 
    yordamchi xonalarni joylashtirish uchun yer osti maydonlaridan foydalanish 
    dasturlarini ishlab chiqish. 
    Turar-joy va jamoat binolarining muayyan issiqlik yo'qotishlariga ularning 
    hajmiy-plan yechimlari va xususan, quyidagi ko'rsatkichlar sezilarli ta'sir qiladi: 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1372 
    - bino umumiy maydonining va tashqi to'siq devor konstruksiyalari maydoniga 
    nisbati; 
    - deraza o'rinlari maydonining va tashqi devorlar maydoniga nisbati; 
    - plandagi binolarning konfiguratsiyasi, ularni rel'efga va gorizontga nisbatan 
    joylashtirish. 
    Rejalashtirish nuqtai nazaridan, 1-3 qavatli uylar va ularning fasad qismidagi 
    devorlar maydonini qisqartirish (oyna solish) va shu orqali issiqlik yo'qotilishini oldini 
    olish.Shuning bilan birga asosiysi kirish qismida tamburining loyihalanishi va uy 
    janubga qaragan xolda qurilishi kerak bo'ladi chunki, uyni isitish uchun asosiy issiqlik 
    manbayi quyosh energiyasi hisoblanadi.Uylarga boshqa binolar va daraxtlar soyasi 
    tegishini oldi olinadi .Devorlarning issiqlik uzatish qarshiligi 0,15 kVt/m2 dan 
    oshmasligi kerak, buning uchun ichki yoki ikki tomonlama (ichki va tashqi) issiqlik 
    izolyatsiyasi qo'llaniladi.Bugungi kunda Respublikamizda qishloq joylarida aholi 
    yashash tarzini rivojlantirish, namunaviy loyihalar asosida uy-joylarni qurish 
    qishloqdagi infratuzilmalarni rivojlantirish va infratuzilma ob'ektlarini barpo etish 
    bilan uzviy bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 
    oktyabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda qishloq 
    joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylarni qurish dasturi»ga 
    muvofiq namunaviy loyihalar asosida ko'plab uy-joy va kvartiralar qurildi va turar joy 
    sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oila uy-joy bilan ta'minlandi. Shuningdek 
    mamlakatimizda, bugungi kunda energiya samarador, tejamkor uylar qurish 
    masalasiga qurilish sohasini rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida 
    e'tibor qaratilib, xususan, davlat dasturlari doirasida qishloq va shahar joylardagi 
    namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan turar joylar, ijtimoiy soha ob'ektlari 
    binolari ham aynan shu xususiyatlar bilan boyitilishi asosiy vazifa etib 
    belgilanmoqda.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrda qabul 
    qilingan «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish 
    qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5577-son Farmonida ham 2020 yil 1 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1373 
    yanvardan boshlab uy-joy qurilishi ob'ektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj 
    ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan 
    majburiy ravishda jihozlanishi qat'iy belgilab berilgan.Bu borada bizning Global 
    ekologiya fondi va O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamkorligida 2017-
    yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan «O'zbekistonda energiya samaradorr qishloq 
    uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko'maklashish» loyihamiz e'tiborga loyiqdir. 
    Loyihani amalga oshirish natijasida uy xo'jaliklarida energiya sarfi va issiqxona gazlari 
    chiqindilarining kamayishi kutilmoqda.«O'zbekistonda energiya samaradorr qishloq 
    uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko'maklashish» loyihasi doirasida Samarqand, 
    Surxondaryo, Farg'ona, Xorazm va Buxoro viloyatlarida past uglerodli bo'lgan 800 ta 
    uch xonali energiya samarador uy barpo etildi. Bu uylarning har birida yoritish 
    ehtiyojlari uchun quvvati 300 Vatt bo'lgan foto-elektr stansiyalari (FES) o'rnatilgan va 
    ishlamoqda. Shunday uylarning o'ntasida esa quvvati 200 litr suvni isitishga yetadigan 
    quyoshda ishlaydigan suv isitgichlari o'rnatilgan. Biroq, binoda energiya iste'molining 
    bunday darajasi 3 yildan 5 yilgacha saqlanib turadi, keyin esa yana osha boshlaydi. 
    Energiya samaradorligi bu tarzda pasayishining sabablarini aniqlash uchun energetik 
    ko'rikni o'tkazish zarur. Shu bois energetik auditni o'rtacha to'rt yilda bir marta 
    o'tkazish tavsiya etiladi. Aytish joizki, bizning Global ekologiya fondi va O'zbekiston 
    Respublikasi Qurilish vazirligi hamkorligidagi « O'zbekistonda energiya samaradorr 
    qishloq uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko'maklashish» loyihamiz doirasida 2019 
    yil qurilgan 800 ta energiya samarador uyda quvvati 300 Vatt bo'lgan foto-elektr 
    stansiyalari (FES) o'rnatilgan. Bu qurilgan binolar hamda 2018- yili Davlat dasturi 
    doirasida qurilgan oddiy namunaviy uylar orasida tanlab olingan 60 ta uyda energetik 
    audit o'tkaziladi. Ushbu yondashuv energiya tejamkor uylarni oddiy uylar bilan 
    taqqoslash hamda qishloq uylarida issiqlik va elektr energiyasi iste'molini 
    qisqartirishda energiya tejamkor va past uglerodli texnologiyalardan foydalanish 
    samaradorligini tahlil qilish imkonini beradi.Energetik auditning keng joriy etilishi, 
    tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish ahamiyatli va hali to'liq jalb etilmagan 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1374 
    zaxiralardan biri hisoblanadi. U kelajakda tabiiy gaz va neft yetishmovchiligi 
    muammosini hal etishga ko'maklashadi va mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, 
    iste'molchilarning energiyaga sarflanadigan xarajatlarini ikki baravar tejashi mumkin. 

    Download 412,05 Kb.
      1   2




    Download 412,05 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bino va inshoatlarning issiqlik energiyasi bilan

    Download 412,05 Kb.
    Pdf ko'rish