• ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Biologiya o'qitish metodikasi: biologiya o'qitishda didaktik vositalar yaratish




    Download 67.77 Kb.
    Sana17.04.2024
    Hajmi67.77 Kb.
    #198229
    Bog'liq
    BIOLOGIYA O\'QITISHDA DIDAKTIK VOSITALAR YARATISH.




    BIOLOGIYA O'QITISH METODIKASI: BIOLOGIYA O'QITISHDA DIDAKTIK VOSITALAR YARATISH.
    Reja:


    1. O`qitish vositalarining ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati
    2. O`qitish vositalarining sistemasi.
    3. Ko`rgazmali qurollarning xillari:
    a) tabiiy ko`rgazmali vositalari;
    b) tasviriy ko`rgazmali vositalari;
    g) o`qitishning ovozli ekran vositalari;
    d) audiovideolar.

    1.O`qitish vositalarining ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bevosita idrok qilish mumkin bo`lgan narsalar asosida olib boriladigan ta`lim ko`rgazmali ta`lim deb ataladi.


    Atoqli rus pedagogi K.DUshinskiy bolani esida biror narsaning mahkam o`rnashib qolishini hohlovchi pedagog bolaning sezgi a`zolarini mumkin qadar ko`prog`ini: ko`zi, qulog`i, tovush organi, muskul sezgi va hatto iloji bo`lsa hidlash va ta`m bilishi organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishiga harakat qilishi kerak deyish edi.
    Ko`rsatmali vosita bo`lgan taqdirdagina o`quvchi tabiatdagi narsa va xodisalarni o`zaro taqqoslashi, ularning o`zaro o`xshashliklari, tafovutlarini aniqlay olishi mumkin.
    Ko`rgazmali vositalar yordamida o`quvchi o`rganilgan o`quv materialini analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish konkretlashtirish, sistemalashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
    2.O`qitish vositalarining sistemasi.
    O`qitish vositalari: tabiiy, tasviriy va og`zaki yoki verbalь vositalarga bo`linadi. O`qitish vositalarini uch xilga ajratish bilan nazariyasiga va o`quvchilarning tafakkurini rivojlanish stadiyalariga mosdir. Biologiya kursiga kiruvchi o`quv fanlarini o`qitish 5 -sinfdan boshlanadi. Bu o`quvchilarning o`smirlik davriga to`g`ri keladi. O`smirlik davrida bolalarni bilishi faoliyatida ko`rgazmali harakat ustunlik qiladi. Kechki o`smirlik davrida tasviriy ko`rgazmali asosida fikr yuritish ya`ni tabiiy narsalarga emas, ularning tasvirlariga asoslanib idrok, tasavvur hosil qilish rivojlanadi.
    Tabiiy ko`rgazma vositalari mikropreparatlar, tirik yoki fiksirlangan o`simlik, hayvonlar ularning ayrim bo`laklari, kolleksiyalar tuluplar, gerbariylar, biosistemalar (to`qay, tog` oldi, yaylov cho`l) bo`lib, ular bilan o`quvchilar bevosita darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar. Tabiiy ko`rgazmali vositalar faqat ko`rish orqali emas, balki eshitish, hid, ta`m bilish organlari yordamida idrok qilinadi. Tabiiy ko`rgazmali vositalar o`rniga tasviriy ko`rgazmali vositalar ba`zan chunonchi hujayra, organizm ekosistemalar tuzilishi, moddalarning davriy aylanishiga oid tablitsalar, sxemalar, moddalar, foto suratlardan foydalaniladi. Kompьyuter, multimediylar, tasviriy ko`rgazmali vositalarning alohida guruhi sanaladi.
    Maktablarda o`tkazilgan maxsus psixolog pedagogik tadqiqotlar o`qitish samaradorligi oshishi ko`p jihatdan o`quvchi sezgi organlarini dars jarayonida jalb etishga bog`liq ekanligini ko`rsatmoqda, O`quv materialini idrok etishda o`quvchining qanchalik ko`p sezgi opganlari ishtirok etsa, uni o`zlashtirish shunchalik puxta bo`ladi. Bu jarayon allaqachon didaktikaning ko`rsatmali prinsipida o`z ifodasini topgan. Ya.A.Komenskiy o`qitishida o`quvchining barcha sezgi organlarini jalb etish didaktikaning «Oltin qoidasi» deb aytgani bejiz emas. O`rta umumiy ta`lim o`quv yurtlarida biologiya o`qitishnnng barcha bosqichlarida ko`rgazmalilik ta`lim berish vositasi ekanligini unutmaslik kerak. Lekin «ko`rgazmalilik» atamasiga tabaqalashgan holda yondoshish kerak, chunki u har xil pedagogik tushunchalarni o`zida ifoda qiladi. Masalan «ko`rgazmalilik prinsipi», «ko`rgazmalilik o`qitish vositasi», «ko`rgazmali qurol» tushunchalarni farqlash kerak.
    Ko`rgazmalilik prinsipi deyilganda biologiyani o`qitish jarayonida o`qituvchi amal qiladigan didaktik prinsip tushuniladi. Ko`rgazmalilik bir vaqtning o`zida sezish, mantiq, konkret, abstrak yo`li bilan bilishni o`zida birlashtirib abstrak tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi va ko`p hollarda uning tayanchi hisoblanadi.
    Ko`rgazmalik o`qitish vositasi sifatida o`quvchilardan statistik va dinamik obrazlar hosil qilishga qaratilgan bo`ladi. Ko`rgazmali o`qitgan vositasi o`z mazmuniga ko`ra ko`rgazmali qurol tushunchasiga yaqin, lekin hajmiga ko`ra unga nisbatan keng. Masalan bug`lanishga oid tajriba yoki teleko`rsatuv, sinf taxtasida ishlangan rasm ko`rgazmali vositasi bo`lib ko`rgazmalik qurol hisoblanmaydi.
    Ko`rgazmali qurol bu darsda o`qituvchi tomonidan qo`llanilgan konkret narsadir. U tulup, kolleksiya, gerbariya, tirik o`simlik, hayvon, tablitsadagi rasm, sxemalar shuningdek mulyajlar diafilьmlar, tarqatma material, didaktik kartochkalar shaklida bo`ladi, O`rganilayotgan narsa va xodisalarning biologik mazmunini ifoda qiluvchi ko`rgazma qurollar o`qitish asosiy vositalar, har xil asboblar chunonchi probirka, kolba, taroz va shu singarilar qo`shimcha vositalar hisoblanadi,
    Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki ular o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarning barcha bosqichlarini izchillik bilan ko`rsata oladi. Teleko`rsatuvlardan biologiya o`qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalarni sinfda o`rganish sifatini bir necha marta oshirish imkonini beradi. O`qitish jarayonida kompьyuterlarni qo`llash o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish va nazorat qilish imkonini tug`diradi.
    Ko`rgazmali vositalardan biologiya o`qitishning barcha jarayonlarida, masalan yangi o`quv materialini tushuntirayotganda uni mustahkamlayotganda, o`quv ko`nikma malakalarni shakllantirayotganda, u vazifasini bajarayotganda, o`quv materialini nazorat qilayotganida qo`llaniladi. O`qitish vositalarini darsda emas, balki sinfdan tashqari darslar ham qo`llash mumkin.
    3. Ko`rgazmali qurollarning xillari.
    O`z tasnifi va ahamiyatiga ko`ra biologiya o`qitishda qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalar asosiy va yordamchi xillarga ajratiladi. Asosiy guruhi tabiiy, tasviriy, og`zaki xillarga yordamchilari o`qitishni texnik vositalari va laboratoriya asbob uskunalaridir.
    Tabiiy ko`rgazma qurollar o`z navbatida tirik, o`lik va fiksirlangan, tasviriy ko`rgazma qurollar tekis va hajmli xillarga ajratiladi. Tabiiy ko`rgazma qurollar maktab tirik burchagidagi tirik hayvonlarbaliqlar hasharotlar, qushlar, xona o`simliklari, qotirilgan, quritilgan, fiksirlangan ko`rgazma qurollar bo`lib ularga tuluplarni, umurtqasiz hayvon kolleksiyalarini quritilgan suyaklarni, mikropreparatlarni, tarqatma materiallarni kiritish mumkin.
    Ko`rsatma tabiiy ko`rgazma vositalari laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun zarur.
    Tabiiy ravishda barcha darslarda o`simliklar, hayvonlar va boshqa tabiiy ob`yektlarni ko`rsatib bo`lmaydi. Ko`pgina hayvon, o`simliklarni, tirik tabiatning rivojlanish jarayonlari, qonuniyatlar maxsus tayyorlangan tasvirli ko`rgazma qurollar yordamida tushuntiriladi.
    Tasviriy ko`rgazmali qurollar nihoyatda xilma-xil. Ulardan mulyajlar, statik, dinamik modellar, rangli jadvallar, rasmlar, didaktik kartochkalarni ko`rsatib o`tish o`rinlidir. Qo`shimcha ko`rgazma qurollarga har xil asboblar, o`qitishning texnik vositalari kiritadi
    Biologiya darslarida o’qituvchi o’rganiladigan mavzu mazmunini to’la yoritadigan o’qitish vositalarini unga muvofiq esa, o’qitish metodlarini tanlashi, shu asosda darsda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqalar haqida.Kalit so’zlar:metod, prinsip, kompyuter, texnologiya, modellash, multimedia, kodoskop, televizor, apparat, magnitofon, teleko`rsatuv.Bugungi kunda Respublikamizda hayotning barcha sohalarida bo`lganidek, ta`lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, Davlat ta`lim standartlarining ishlab chiqilishi va Oliy ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bunga yorqin misol bo`ladi.Ayniqsa, yangi tipdagi o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limining vujudga kelishi oldimizda yangi vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ydi.
    Xalq xo`jaligini hozirgi zamon talablariga javob beradigan malakali mutaxassislar bilan ta`minlash ushbu ta`lim tizimining zimmasiga yuklatilgan muhim va ma`suliyatli vazifadir. Bu esa o`z navbatida ushbu ta`lim tizimini ilg’or ta`lim texnologiyalari bilan qurollangan malakali o`qituvchi kadrlar bilan ta`minlashni talab qiladi. Ta`lim jarayonining asosiy tashkil etuvchilaridan bo`lmish zamonaviy didaktik vositalarni o`zlashtirib olish bu vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o`ynaydi.
    Bugungi kunda ta`lim sohasida fan va texnikaning so`nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audiovideo,telekommunikatsiya va informatsion texnika va texnologiyalarning qo`llanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg’ulotlarda ularni qo`llashni o`rganish bo`lajak o`qituvchilar uchun, ularning kelajak faoliyatida katta yordam beradi.
    Biologiyani o`qitishda foydalaniladigan vositalar biologik ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari, o`rganiladigan mavzu mazmuniga muvofiq, o`qituvchi tomonidan mazkur jarayonning samaradorligini orttirish maqsadida qo`llaniladi. Biologiya darslarida o`qituvchi o`rganiladigan mavzu mazmunini to`la yoritadigan o`qitish vositalarini unga muvofiq esa, o`qitish metodlarini tanlaydi, shu asosda darsda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi vaboshqaradi.O`qitish vositalari mamlakatda ta’limni tubdan isloh qilish prinsiplari, fan-texnika, ishlab chiqarish rivojlangan sari ularning turlari xam ko`payib bordi. Demak, ta’lim muassasalarida o`qitish vositalarining turlari xam muayyan darajada o`zgarib, yangilanib boradi, yangi avlod o`qitish vositalari vujudga keladi.
    O`qitnsh vositalarining yangi avlod guruhiga: kompyuter texnologiyasining ta’lim beruvchi, modellashtirilgan va nazorat dasturlari, slaydlar, multimedialarni kiritish mumkin.Biologiya o`qituvchisining asosiy vazifasi o`rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda eng yuqori samara beradigan o`qitish vositalarini tanlashi, buning uchun o`qitish vositalarining yangi avlodining turlari, ular bilan ishlash metodikasini egallagan bo`lishi darkor.
    O`qitish samaradorligini oshirishda amaliy mashg`ulot va namoyish qilinadigan tajribalarni o`tkazishga yordam beruvchi xususan mikroskop, lupa, shtativ, reaktivlar, isituvchi asboblar, pinset, preparoval ninalar, o`qitishning texnik vositalari-kodoskoplar, televizorlar, kompyuterlar, ovoz yozuvchi va eshittiruvchi -apparatlar, magnitofonlar ham o`qitish vositalariga kiradi. Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki, ular o`rganilayotgan xodisa va jarayonlarning barcha bosqichlarini izchillik bilan ko`rsata oladi.
    Teleko`rsatuv va videofilmlardan biologiya o`qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, xodisalarni sinfda o`rganish sifatini bir necha marta oshirish imkonini beradi. O`qitish jarayonida kompyuterlarni qo`llash o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish va nazorat qilish imkonini tug`diradi.
    Ko`rgazmali vositalardan biologiya o`qitishning barcha jarayonlarida, masalan, yangi o`quv materialini tushuntirish, mustaxkamlash, tushunchalarni shakllantirish, o`quv, amaliy, mexnat ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish, uy vazifasini bajarish, o`quv materialini nazorat qilishda qo`llaniladi. Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishdan iborat. Ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlashda qo`yidagi shartlarning bajarilishi muhim ahamiyatga ega:
    1)O`qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va didaktik vositalarning ta’lim amaliyotida faol qo`llanilishi;
    2)Rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo`llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va didaktik vositalardan xabardor bo`lish.
    Ta’lim jarayoninitexnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko`rinishlaridan biri. U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
    -loyihani yaratish;
    -o`quvchilar faoliyatini tashxislash;
    -pedagogik jarayonni tashkil etish;
    -pedagogik jarayonning samarali kechishini ta’minlash;
    -o`quvchilar faoliyatini nazorat qilishni o`z ichiga oladi.
    Ayni vaqtda Respublikamiz ijtimoiy hayotida shiddatli tarzda axborotlar oqimi keng ko`lamni qamrab olmoqda. Ushbu axborotlarni tezkor sur’atlarda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish,xulosa chiqarish va o`quvchilarga yetkazib berishning aniq bir tizimini yo`lga qo`yish ta’lim tizimini oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimida ilg`or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni zamonaviy didaktik vositalar yordamida amalga joriy etish yuqoridagi muammolarni ijobiy hal etishda hizmat qiladi.
    Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o`quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko`nikma hamda malakalar darajasini baholash o`qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni, shuningdek, zamonaviy didaktik vositalardan foydalanish uquvini talab etadi.
    Didaktik vositalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo`llanilayotgan zamonaviy didaktik vositalardan pedagogik texnologiyalarga mos va maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
    Demak, har bir pedagog bugungi ta’lim talablariga javob beradigan nazariy va amaliy mashg`ulotni tashkil etish uchun zamonaviy didaktik vositalarni tayyorlash va qo`llash bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi va interfaol darslarda ulardan samarali foydalanishi zarur.
    BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
    O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, ta’limga et’ibor yanada oshdi. Hozirda zamonaviy ta’lim tizimidan foydalanilib, biologiya fanida zamonaviy ta’lim bu - darslarni noan’anaviy tarzda tashkil etish boʻlib, uning muhim belgisi aniq, natijali maqsadga erishishdir. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim texnologiyasidan farq qilib, oʻquvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega boʻladi. Biologiyadan ma’lumki, ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish xususida ajdodlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib borganlar. Sharqning buyuk allomalari Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargoʻniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugobek kabi qomusiy olimlar oʻz asarlarida maktab va madrasalarda insonni aqliy kamolotga yetkazishda oʻqitishning turli usullari va vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berganliklarini ta’kidlab oʻtishgan
    Biologiya o’qitish metodikasi barcha o’quv fanlarga taaluqli bo’lgan pedagogik qoidalarni, biologik o’quv materialini tadbiq yetishga yo’nalgan. Shu bilan bir qatorda biologiya o’qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi. Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanining o’qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinsipini belgilab beradi. Biologiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarga o’quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan biologik bilimlar, ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular yesa o’z navbatida o’quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bo’lgan yextiyoji bilan ifodalanadi.
    Fan sifatida biologiya o’qitish metodikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
    1.O’quvchilarning o’qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o’quv fanining o’rnini aniqlash;
    2.Maktab o’quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq yetish;
    3.O’quvchilarning yoshiga mos ravishda o’quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o’rganish izchilligini belgilash;
    4.Biologik o’quv fanlarining o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda, o’qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
    5.O’qitish jarayonida qo’llash uchun zarur jihozlarni aniqlash.
    6. Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba yer maydoning tashkil yetish, tabiiy, tasviriy, audio, video vositalarni belgilash.
    7. Biologiya o’qitish metodikasining ob’yekti bo’lib, mazkur o’quv fani bilan aloqador bo’lgan o’quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi,
    8.Biologiya o’qitish metodikasining predmeti bo’lib biologik bilimlarning maqsadi, mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
    Biologiya o’qitish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari:
    1.Maktab o’qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash;
    2.Bu sohada to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal yetilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal yetish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish;
    3.Ilgari surilgan farazlarning qanchalik haqiqatga yaqin yekanliklarini aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o’tkazish hamda, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o’zaro taqqoslash;
    4.Kuzatish va pedagogik yeksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash;
    6.Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo’llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o’tkazish va tasdig’ini olish.
    Hozirgi davrga kelib, biologiya o’qitish metodikasida o’tkazilgan pedagogik tajribalar natijasida “Biologik tushunchalarni rivojlantirishi”, “Biologiyada o’qitish shakllarining sistemasi”, “Biologiyada o’qitish metodlari”, “Biologiyada yekologik tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiya o’qitishning moddiy bazaviy sistemasi”, “Pedagogika Oliy o’quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi” kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq yetilgan.
    Maktablarda o’qitiladigan biologiya o’quv fanlarga qarab “Biologiya o’qitish metodikasi” fani “Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi”, “Botanika o’qitish metodikasi”, “Zoologiya o’kitish metodikasi”, “Odam va uning salomatligini o’qitish metodikasi” va nihoyat “Umumiy biologiyaning o’qitish metodikasi” kabi xususiy o’qitish metodika fanlariga ajratiladi.
    Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o’quv fanlariga oid o’qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari, shakllari, biologiyani o’qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. Xususiy metodikalar yesa u yoki bu o’quv fanining mazmuni o’quvchilarning yoshi bilan bog’liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar, yekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil yetish, jihozlash kabilarni diqqat markazida tutadi.
    Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi, biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi barcha o’quv fanlari uchun o’qitish nazariyalarni va prinsiplarni ishlab chiqsa, biologiya o’qitish metodikasi biologiya bilan bog’liq o’qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari va metodlari hamda vositalari bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi.
    Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiat to’g’risida tadqiqot o’tkazishi orqali yangi bilimlarni hosil qilish bo’lsa, maktab biologiya o’quv fanining maqsadi, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan yemas, balki fan asoslari o’quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi kichik fan yemas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko’maq beruvchi biologiyaning asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
    Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasbxunar ta’lim biologiya o’qituvchisini tayyorlashda biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani nihoyatda muhim o’rin tutadi. Bu o’quv fanini o’qitish jarayonida talabalarning biologiyani o’qitish uchun zarur kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi.
    Biologiya mutaffakirlarimiz ta’lim jarayonini samarali yo’llarini tashkil etishni quyidagicha izohlashgan: Ibn Sino bolani maktabda oʻqitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus boʻlimini ana shu masalaga bag’ishlagan. Kitobning «Bolani maktabda oʻqitish va tarbiyalash» boʻlimida bolani maktabga jalb qilish haqida toʻxtalgan. Uning ta’kidlashica, maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma bolalar birga oʻqitilishi va tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida yakka oʻqitishga qarshi boʻlgan, bolani maktabda jamoa bilan oʻqitishning foydasini quyidagicha ifodalagan:
    1. Agar bolalar birga oʻqisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat qilishadi, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi oʻqishning yaxshilanishiga yordam beradi.
    2. Oʻzaro suhbatda bolalar bir-birlariga kitobdan oʻqib olganlarini, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.
    3. Bolalar birga toʻplanganlarida bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar, doʻstlashadilar, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni oʻrganadilar. Ibn Sino oʻz asarlarida oʻquvchiga ta’lim-tarbiya berishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerakligini ta’kidlaydi: birdaniga darslik bilan band qilib qoʻymaslik; yengildan og’irga oʻtish; jamoa boʻlib oʻqitishga e’tibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi, qobiliyatini hisobga olish va hokazolar haqida oʻz fikrini yozib qoldirgan. Burxoniddin az-Zarnujiy «Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va ta’lim berish yoʻllari» risolasida ilm va kasb-hunar oʻrganishning asosiy shartlari sifatida oʻquvchida jiddiy istak, kayfiyat boʻlishi lozimligini, shundan keyin yaxshi muallim hamda yetarlicha vaqt zarurligini yozgan. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “oʻqitish texnologiyasi - bu oʻqitishning maqbulligini ta’minlovchi yoʻl-yoʻriqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” ekanligi e’tirof etiladi. Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan oʻquv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat“ deb tushuntiradi pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish. K.K Selevko tomonidan ham ma’qullandi: “Pedagogik texnologiya oʻqitishning birmuncha oqilona yoʻllarini taqdim qiluvchi fan sifatida ham ta’limda qoʻllaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real oʻqitish jarayoni sifatida ham mavjuddir”. Olimning ta’kidlashicha “pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida ierarxik darajada ishlatiladi.
    Ta’lim jarayonida o‘quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallaydi. Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning quyidagi yo'llari ko'rsatilgan:

    1. Bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyati quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

    2. • o'quv materiali bilan dastlabki tanishish;

    3. • o'quv materiallarini o'rganish; www.ziyouz.com kutubxonasi • o'zlashtirilgan bilimlarni awal o'zlashtirilgan bilimlar bilan taqqoslash;

    4. • bilimlarni tizimga solish va mustahkamlash;

    5. • o'zlashtirilgan bilimlarni yangi holatlarda qo'llash.

    6. 2. O'quvchilarning bilish faoliyatini mustaqil ish asosda tashkil etish:

    7. • muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarish;

    8. • o'quv topshiriqlarining maqsadini aniqlash;

    9. • mustaqil izlanish orqali savollarga javoblar topish;

    10. • nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar asosida javoblarning to'g'riligini tekshirib ko'rish;

    11. • bilimlarni tizimga solish va mustahkamlash;

    12. • bilim, ko'nikma va malakalami yangi vaziyatlarda qo'llash.

    13. 3. O'quvchilarning bilish faoliyatini ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:

    14. • o'quv faoliyatini amalga oshirish maqsadi, borishini aniqlash;

    15. • o'quv faoliyatning modelini tuzish;

    16. • jaoliyatni bajarish namunasini ko'rsatish;

    17. • o'quvchilar tomonidan ishni bajarish;

    18. • Faoliyatni takrorlash va xatosiz bajarishni o'rganish.

    19. O'quvchilarning bilish faoliyatini axloqiy sifatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:

    • o'qituvchining ko'rsatmasi yoki tavsiyasiga binoan, tavsiya etilgan adabiyotlami topish;
    • qo'shimcha o'quv adabiyotlar bilan tanishish;
    • o'rganilgan axborotlarni tahlil qilish va baholash;
    • adabiyot muallifming jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo'shgan hissasini aniqlash va baho berish;
    • o'quvchilarning o'z xulqi va axloqiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan umumiy xulosasi.
    Biologiya fanini o’qitish jarayonining samaradorligini oshirishda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim:
    - O’qitish jarayonining maqsadiga erishish uchun uning mazmuniga mos holda, vosita, metod va shakllarini tanlash.Ularning tahsil oluvchilarining motivi, ehtiyoji, qiziqishiga uyg’unligi.
    - O’qitish jarayonini loyihalash,o’qitish mazmuni va maqsadga erishish vositalarini tanlash, o’quv materialini turli usullar yordamida yetkazish va ongli o’zlashtirishga erishish.
    - Tahsil oluvchilarning o’quv operatsiyalarini bajarish,o’qituvchi va tahsil oluvchilarning o’quv ishlarini samarali tashkil etish.
    - O’qitish jarayonida teskari aloqani tashkil etish, nazorat va o’quv materialini o’zlashtirish jarayoniga tegishli o’zgartirishlar kiritish va o’z-o’zini nazoratini amalga oshirish.
    - Tahlil va o’z-o’zini tahlil qilish, o’qitish natijasini baholash.

    - Darsni, o’qitishning boshqa shakllari(darsdan,sinfdan, maktabdan tashqari ishlar,ekskursiyalar) bilan uyg’unlikda tashkil etish.
    Bundan tashqari, samaradorlikni oshirishda o’qitish jarayonining tashkilotchisi,boshqaruvchisi bo’lgan o’qituvchi faoliyati muhim rol o’ynaydi. O’qituvchining faoliyati yosh avlodning aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy qobiliyatlarini uyg’un ravishda rivojlantirsh maqsadida ta’lim mazmuniga binoan ularning o’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish sanaladi. U quyidagilardan iborat:
    O’quv materialini tanlash,sistemaga solish,mantiqiy ketma-ketlikda loyihalash;
    Tahsil oluvchilarning o’quv materialini qabul qilish, anglash va ongli o’zlashtirish imkonini beradigan o’qitish vositalari,metodlari va shakllarini tanlash;
    Pedagogik jarayonni yaxlit holda har bir tahsil oluvchilarning o’qitish maqsadlariga muvofiq o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish,ularning bilimlar tizimi va bilimlarni o’zlashtirish usullarini egallashlariga erishish;
    O’zining va tahsil oluvchilarning mashg’ulot davomidagi faoliyatini rejalashtirish;
    Tahsil oluvchilarning bilimlar va ko’nikmlarni o’zlashtirish usullarini egallashga qaratilgan ongli va faol faoliyatini tashkil etish va rag’batlantirish metodlarini belgilash;
    Tahsil oluvchilar tomonidan o’quv topshiriqlarini bajarilish sifatini orttirish yo’llarini belgilash;
    Nazorat,o’qitish natijalarini tahlil qilish va tahsil oluvchilar shaxsini rivojlantirish bo’yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlarni belgilash;
    O’qitish jarayonining natijasiga muvofiq mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tegishli o’zgartirishlar kiritish;
    O’qituvchining ta’lim jarayonini boshqarish vazifasi o’qitish jarayoniga faqat tegishli o’zgartirishlar kiritish bilan cheklanmasdan balki, mazkur jarayonning subyekti bo’lgan tahsil oluvchilar shaxsida axloqiy sifatlarning shakllanishi, ma’naviy yuksalishni ko’zda tutadi.Bunday faoliyatni boshqarish uchun o’qituvchi avvalo faoliyat turlari, unga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar, istiqboldagi maqsad va vazifalarni loyihalashi, olinadigan natijalarni faraz qilishi zarur.
    XULOSA
    Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda o’qituvchi va o’quvchi ya’ni tahsil oluvchining o’rni birdekdir. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonida o'z hukmronligini saqlab kelayotgan an’anaviy ta’lim, o'quvchilami yalpi o'qitishni va o'quvchilaming bilish faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. O'qitish ishlarini tashkil etishda o'rta saviyali o'quvchi nazarda tutiladi, o'quvchilarning mustaqilligi e’tibordan chetda qoladi, o'quv faoliyati o'qituvchi tomonidan boshqariladi.
    ADABIYOTLAR RO’YXATI:
    1. Yo’ldashev J.G., Usmonov S.A. Pedagogik texnalogiya asoslari: Qo’llanma. T.: “O’qutuvchi”, 2004. 104 bet.
    2.Yo’ldashev J.G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogic texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. Toshkent, «Fanvatexnologiya», 2008. -132 bet.
    3. ПономареваИ.Н. Общаяметодикаобучениябиологии: Учебноепособиедлястудентовпед. вузов. М., Издательскийцентр“Академия”, 2003.
    4. ТолиповаЖ.О., ҒофуровА.Т. Биологияўқитишметодикаси. Педагогикаолийўқувюртлариталабалариучундарслик. Тошкент, Молия-иқтисод, 2007 йил.
    Download 67.77 Kb.




    Download 67.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biologiya o'qitish metodikasi: biologiya o'qitishda didaktik vositalar yaratish

    Download 67.77 Kb.