• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • G’aznachilikning budjet ijrosini tashkil qilishdagi ahamiyati Reja: Kirish




    Download 42,76 Kb.
    bet1/5
    Sana24.01.2024
    Hajmi42,76 Kb.
    #144881
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    G’aznachilikning budjet ijrosini tashkil qilishdagi ahamiyati


    G’aznachilikning budjet ijrosini tashkil qilishdagi ahamiyati
    Reja:
    Kirish

    1. O’zbekiston Respublikasida budjet tizimi budjetlari g’azna ijrosining zarurligi va ahamiyati

    2. Byudjet tizimi budjetlari g’azna ijrosining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari

    3. G’aznachilik faoliyatini tashkil etish asoslari

    4. Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimida olib borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat budjetining g’azna ijrosiga bosqichma-bosqich o’tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida davlat mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish usullarini o’zlashtirish asosida davlat moliyasini boshqarishning samarali usul va vositalarini shakllantirish va muvofiq holda ishlashini ta’minlash zarur bo’ladi.
    Mamlakatimizda davlat budjetining g’azna ijrosini samarali tadbiq etishga faqatgina barqaror rivojlanish ko’rsatkichlariga erishganimizdan keyingina muvaffaq bo’lindi. O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham kengqamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat budjeti g’azna ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko’rishimiz mumkin.
    Davlat budjetining g’azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini yagona g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslaамrining harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi.
    Taraqqiyotimizning bugungi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlar, butun moliya tizimida, uning markaziy bo’g’ini bo’lgan davlat moliyasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat moliyasini boshqarish masalalarida muayyan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarurligini talab qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat davlat moliyasi haqidagi ma’lum nazariy bilimlarga ega bo’lgan, balki davlat budjeti g’azna ijrosi jarayonlarida vujudga keladigan holatlarni tushuna oladigan, budjet ijrosi ishtirokchilari bo’lgan moliya organlari, g’aznachilik bo’linmalari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilar amaliy faoliyatini samarali tashkil qila oladigan, davlat mablag’larini samarali boshqarishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qila oladigan zamonaviy mutaxassislar tayyorlash birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shu sababli davlat moliyasi uchun tashabbuskor, ijodiy fikrlaydigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda budjet-moliya va budjetning g’azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o’rganishga muhim o’rin beriladi.
    Jamiyatning bu talabini anglagan holda, shuningdek, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ta’lim tizimiga yangi avlod darsliklarini yaratish bo’yicha dasturiy vazifasini bajarish maqsadida mualliflar tomonidan oliy ta’limning tegishli yo’nalishlaridagi talabalar uchun “G’aznachilik” nomli darslik yaratildi.

    Download 42,76 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 42,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    G’aznachilikning budjet ijrosini tashkil qilishdagi ahamiyati Reja: Kirish

    Download 42,76 Kb.