|
Bir million oʻzbek dasturchilari loyihasining faol ishtirokchilari” mavzusida tashkil etgan master-klass mashgʻuloti toʻgʻrisida Bayonnoma
|
Sana | 05.11.2022 | Hajmi | 2.33 Mb. | | #29117 |
Bog'liq master-klass TTJ 61-мактаб ходимлари, kurs ishi, 1-Ma\'ruza, 11-Ma\'ruza
Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutining “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasi Informatika va AT oʻqituvchilarining TTJda talabalar uchun
“Bir million oʻzbek dasturchilari loyihasining faol ishtirokchilari”
mavzusida tashkil etgan master-klass mashgʻuloti toʻgʻrisida
Bayonnoma 20-dekabr 2021- yil
Kun tartibida:
“Bir million oʻzbek dasturchilari loyihasining faol ishtirokchilari” mavzusida oʻtkazilgan master-klass mashgʻuloti toʻgʻrisida
Eshitildi:
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan M.Yaxiyaxonova oliy ta’limida toʻgarak mashgʻulotlarini toʻgʻri tashkil etishda bugungi kunning pedagogi oʻz kasbining tengsiz bilimdoni boʻlishi, zamonaviy ta’lim bilimlarini puxta egallagan, oʻqituvchi etikasini oʻzlashtirgan, estetik, pedagogik, psixologik tamoyillar asosida ish yuritadigan, ta’limda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllay biladigan boʻlmogʻi lozimligi haqidagi fikrlarini bildirib oʻqituvchilar bilan erkin muloqot oʻtkiazdi. Bugungi kunda ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish maqsadida AKT salohiyatiga ega yoshlarni tarbiyalash uchun turli shart-sharoitlar yaratilganligi, oʻqituvchidan esa talab qilinadigani mavjud shart-sharoitdan unumli foydalanib yoshlarga sifatli ta’lim berish, oʻz faniga qiziqtirish, interfaol metodlarni ta’limga tatbiq etib barkamol avlodni tarbiyalashdek masʻuliyatli vazifalar turganligi xususida fikr bildirib, AKT boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini kengaytirish lozimligi aytildi.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasining informatika fani oʻqituvchilari A.qodirov, , Sh. Raxmatov, G. Berdiyevalar Bir million oʻzbek dasturchilari loyihasi haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.
“Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasining informatika fani oʻqituvchilari A.Qodirov, M.Yaxiyaxonva, Sh. Raxmatov, G. Berdiyevalar tomnidan “Tillar fakulteti” TTJ talabalariga “Bir million oʻzbek dasturchilari loyihasining faol ishtirokchilari” mavzusida master-class oʻtib berildi. “Master-class” mashgʻulotida TTJ talab qizlari va TTJ xodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi. Ustoz-shogird an’anasida asosan oʻzaro tajriba almashildi. “Master-class” barchaga manzur boʻldi.
Ta’lim tizimida boʻlayotgan islohotlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda yoshlarning mana shunday loyihalarda ishtirok etib yutuqlarga erishish talablardan katta mahorat va bilim talab etishi borasidagi fikrlar bildirildi.
Qaror qilindi:
“Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasining informatika fani oʻqituvchilarining TTJ talabalari bilan oʻtkazgan ,,Master-class” qoniqarli deb belgilansin.
TTJ talaba-yoshlari keyingi faoliyatlarida mana shunday start-up loyihalarda ishtirok etishini ta’minlash uchun master-klasslar tashkil etib borish kafedra mudirlar zimmasiga yuklatilsin.
“Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasi mudiri: X.Boqiyev
“Tillar fakulteti ” TTJ mudirasi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bir million oʻzbek dasturchilari loyihasining faol ishtirokchilari” mavzusida tashkil etgan master-klass mashgʻuloti toʻgʻrisida Bayonnoma
|