• Masalalarni har xil usullar bilan yechish ko`nikma va malakalarini shakllantirishning ahamiyati.
  • Boshlangʻich sinf o’quvchilariga murakkab masalalar yechishni orgatish usullari




    Download 135.5 Kb.
    bet1/2
    Sana21.05.2023
    Hajmi135.5 Kb.
    #62682
      1   2
    Bog'liq
    Boshlang ich sinf o’quvchilariga murakkab masalalar yechishni o`
    6-MAVZU, @the abdu01 o, Aliya, archivetempУрок 7 СОЧИНЕНИЕ ПО РЕПРОДУКЦИИ С КАРТИНЫ В ВАСНЕЦОВА, Arslanova N, Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni t, 3D scanner, @BUXGALTER BOR 3000 та бухгалтерия утказмаси, 14



    Boshlangʻich sinf o’quvchilariga murakkab masalalar yechishni orgatish usullari
    I. Kirish
    II. Asosiy qism

      1. Boshlang’ich matеmatika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrini o‘stirish.

      2. Rasmli masalalar.

    II.Bob Sodda va murakkab masalalar yechishni o’rganishda axborot texnalogiyalaridan foydalanish

    • Masalalarni har xil usullar bilan yechish ko`nikma va malakalarini shakllantirishning ahamiyati.

    • Sodda masalalarni yechishga o`rgatish va ularni har xil usullar bilan yechish.

    • Boshlang`ich sinf o`quvchilarini murakkab masalalarni har xil usullar bilan yechishga o`rgatish mеtodikasi

    1 «Yuzlik» mavzusida masalalar yechish.


    2. «Minglik» mavzusida masalalar yechish.
    3. «Ko`p xonali sonlar» mavzusida masalalar yechish.
    III. Xulosa


    Kirish.
    O‘zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg‘or, demokratik hamda insonparvar g‘oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, tag‘lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasi sanaladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun «ilg‘or texnologiyalarni hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish» talab etiladi. Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o‘rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o‘quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
    O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rayotganida o‘z oldiga turli maqsadlarni qo‘yadi: o‘tilgan materialning o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirilganligini aniqlash, yangi materialni bayon qilish, tushuntirish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan (shular qatorida ko‘rgazmali qurollardan ham) qanday darajada foydalanish, yangi materialni mustahkamlash, uyga aniq maqsad sari yo‘naltirilgan vazifalar berish va hokazo
    O‘qituvchi darsda o‘quvchilar xatti-harakatlarini tahlil yo‘li bilan baholab, ayrim o‘quvchilarning yoki sinfdagi bir guruh o‘quvchilarning xatti - harakatlarini ajratib (farqlab) oladi. Birgina ob’ektni har xil qirralari bo‘yicha tahlil qilish mumkin. Bunda tekshirilayotgan ob’ekt qanchalik ko‘p tomonlama tahlil qilinsa, uning mohiyatini ochib berish shunchalik chuqur bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi xatti-harakatini tahlil qilishda tekshirish ob’ekti bo‘lib ularning intellektual faoliyatlarining faolligi, diqqati, o‘quv materiali bilan mustaqil ishlashi va boshqalar hisoblanishi mumkin. Shunga o‘xshash, o‘qituvchi o‘quvchiningshaxsini o‘rganish uchun uning xarakter xususiyatlari, temperamenti, qobiliyati, qiziqishi, moyilligi va boshqa xislatlarini tahlil qilishga harakat qiladi. ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochish —bu eng muhim malakalardan biri, bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o‘rganib bo‘lmaydi.
    Masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar). Masalani qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat beriladi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyindir, shu sababli birinchi sinfda masalani qisqa yozish asosan o‘qituvchi rahbarligida bajariladi. Ikkinchi sinfdan boshlab bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o‘rgatish masalasi qo‘yiladi. Masala sharti murakkab bo‘lgan holda,berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo‘lgan hollarda, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining analizi ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib, son ma’lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini aniq tushuntirish imkonini yaratadi.
    Predmet rasm, shartli rasm, masala shartining qisqa yozuvi, chizma konkretlikdan sekin-asta abstraktlikka o‘tishdagi ketma-ket bosqichlarni ifodalaydi.
    Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab masala tahlilini amalga oshirish, so‘ngra yechish planini tuzish malakasi.
    Oldin soda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga
    to‘xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va
    uchinchi o‘quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya’ni ba’zi tanish masalalarga
    nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o‘zgartiriladi. Masalan, ushbu
    «Daraxtda 5 ta qush o‘tirgan edi, 2 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush
    qoldi?» -degan masalani yechishda birinchi sinf o‘quvchisi masalani yechish
    uchun 5 dan 2 ni ayirish kerak, chunki qushlar oldingisidan kamaydi deb javob beradi. Ikkinchi sinf o‘quvchisi shu masalani yechishda bunday mulohaza yuritishi mumkin: «Bu qoldiqni topishga doir masala. Bunday masalalar ayirish bilan yechiladi. 5 dan 2 ni ayirsak, daraxtda qancha qush qolganini bilamiz».
    1-sinfda berilgan sonni bir necha birlik orttirishga doir masalani yechishda
    o‘quvchi taxminan bunday mulohaza yuritadi: «Masalada birinchi kuni do‘konda ji
    tushuniladiki, bunda ikkita son ma’lumotni birlashtirish natijasida bu
    ma’lumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi, shundan keyin yangi
    topilgan ma’lumot bilan boshqa ma’lumot birlashmasiga o‘tiladi va masala
    savoliga javob topilguncha shu ish davom ettirilaveradi.
    Masala tahlilining analitik usuli shunday mulohazalar zanjiridan iboratki,
    bu zanjir boshida masalada berilgan savol turadi. Masala savoliga javob topish uchun zarur ma’lumotlar tanlanadi, bu ma’lumotlarni boshqa ma’lumotlardan foydalanib topish mumkin.
    Boshlang‘ich sinfdanoq biz bolalarga matematika fanidan saboq berar ekanmiz, matematik masalalar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirib boramiz. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bugungi kunga kelib quyidagi 3 xil turdagi masalalar o‘gatilmoqda:
    - birinchisi, sodda masalalar- bunday masalalar qisqa hajmli, bir amal bajarish bilan yechiladigan ,o‟quvchilar uchun tushunarli masalalardir.
    - ikkinchisi, murakkab masalalar-yechilishi uchun bir nechta o‟zaro bog‟liq amallarni bajarishni talab qilinadigan masalalardir.
    - uchinchisi, mantiqiy masalalar-o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatini o‘stiradigan, ularni mantiqiy mulohazalar chiqarishga davat etadigan masalalardir. Biz bugun kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning matematik tushuncha va tafakkurini rivojlantirishda murakkab masalalarning o‟rni va ahamiyati xususida to‘xtalamiz. Murakkab masalalarni yechish boshlang‘ich sinf o‟quvchilar uchun biroz o‟rganilishi qiyin bo‟lgan mavzular qatoriga kiradi. Chunki yosh o‟quchilarning sodda masalalardan murakkab masalalarga o‟tish jarayoni ularning fikrlash qobiliyatlaridan kelib chiqadi. Aksariyat bolalar bu masalalarni oson qabul qilsa, ko‟pchilik o‟quvchilar qiyinchilik sezadilar. Murakkab masalalar ustida ishlash jarayonini yaxshi o‟zlashtirgan o‟quvchi masala yechimini topishga qiynalmaydi. Murakkab masalalar ustida ishlash jarayonida biz boshlang‟ich sinflarda 3xil turdagi masalalarga duch kelamiz: a) yig‟indi va qo‟shiluvchilardan biri ma‟lum bo‟lib, qo‟shiluvchilarni taqqoslashni talab qiladigan masalalar. Bu kabi masalalarni har doim ham yechimini ifoda yordamida tasvirlab bera olmaymiz. Ba‟zan bunday masalalarning bosh savolini qo‟yishda biz yechimini alohida amallar bilan yozilishiga murojaat qilamiz. Quyidagi masalani ko‟rib chiqamiz: Sinfda 37 nafar o‟quvchi bor, ulardan 20 nafari o‟g‟il bola, qolganlari qiz bolalardir.Sinfda qizlar o‟g‟il bolalarga nisbatan nechta kam?
    Masalani tahlil qilamiz: dastlab qiz bolalar sonini aniqlab olamiz. Buning uchun jami o‟quvchilar sonidan o‟g‟il bolalar sonini ayiramiz. Shunday qilsak qiz bolalar soni kelib chiqadi.37-20=17 Shundan so‟ng ayrim o‟quvchilarda qiyinchiliklar kelib chiqadi. Ularning aksariyati shu joyida masala yechimini topdim deb o‟ylaydi va asli bosh savol yodlaridan ko‟tariladi. Bizdan yuqorida qiz bolalar soni emas aksincha, ularni o‟g‟il bolar sonidan nechta kamligi so‟ralgan. Biz har doim shu o‟rinda o‟quvchilarga har bir savolga e‟tiborli bo‟lish kerakligini eslatishimiz kerak. Chunki asosiy maqsadni aniqlab olmay turib natijaga yetib bo‟lmaydi. Shundan so‟ng davom etamiz, bizda nimalar ma‟lum; sinfdagi o‟quvchilar soni (37 nafar), o‟g‟il bolalar soni (20 nafar), qiz bolalar soni (17 nafar) demak biz endi o‟g‟il bolalar sonidan qiz bolalar sonining nechta kam ekanligini topamiz. Buning uchun o‟g‟il bolalar sonidan qiz bolalar sonini ayiramiz. Shundan so‟ng sinfda qizlar va o‟g‟il bolalar farqini bilib olamiz.20- 17=3 Bundan ko‟rinib turibdiki sinfda o‟g‟il bolalar qiz bolalardan 3 ta ko‟p yoki qiz bolalar o‟g‟il bolalardan 3 ta kam ekanligi aniqlandi. b) a*b+c, (a+b)*c va h.k.ko‟rinishidagi masalalar. (Ko‟paytirish va bo‟lishga oid sodda masalalarni o‟z ichiga olgan masalalar). Bunday masalalar asosan 2-sinfda karra jadvali o‟tilgandan so‟ng beriladi. Bunda biz, asosan, e‟tiborimizni o‟quvchilarning ko‟paytirish va bo‟lish amallarining mohiyatini chuqur o‟zlashtirganidan so‟ng bajarilishga talab qilishimiz kerak. Chunki ushbu amallarning asl mazmun-mohiyatini anglab yetmay turib bu amallarga doir murakkab masalarni yechib bo‟lmaydi. Masalan: Anora onasiga berish uchun uch xil guldasta oldi.Ularning birida 5ta gul, qolgan ikkitasida 3tadan gul bor edi .Anora onasiga nechta gul olgan. Bunday masalalarni o‟quvchilarga yetkazib berishda biz, asosan, ularning o‟zlarga tanish bo‟lgan misollardan namunalar olib tushuntirishimiz kerak. Shunda ularda masala yuzasidan bir qator tushuncha va tasavvurlar paydo bo‟ladi. Biz buni rasmlar bilan illyustratsiyalashtirish deb ataymiz. Bunda o‟quvchilar uchun rasmlar, sxemalar va jadvallardan foydalanishimiz mumkin. Bu kabi murakkab masalalarning yechimini topishning asosiy usullaridan biri bu masalaning qisqa shartini to‟g‟ri va to‟liq tuzib olishdir. Demak, bizga ma‟lum 3 xil guldasta, noma‟lum ulardagi jami gullar soni.Yana bizda 1 ta guldastada 5 ta gul borligi, 2 ta guldastada 3 tadan ekanligi. Biz birinchi qiladigan ishimiz 2ta guldastada 3tadan gul bulsa jami ikkalasida nechta bo‟lishini topishdir. Buning uchun guldasta sonini gullar soniga ko‟paytiramiz: 2*3=6 Demak birinchi guldastada 5 ta gul bor endi unga ikkinchi va uchinchi guldastalardagi 6 ta gulni qo‟shamiz. Shunda Anoradagi jami gullar soni kelib chiqadi. 5+6=11 Bundan tashqari uni sxemalarda tasvirlab tushuntirsak o„quvchilar uchun ushbu masala qiyinchilik tug‟dirmaydi. 1-guldastada – 5ta 2-guldastada-3ta 3-guldastada-3ta Endi jamini osongina qo‟shib olamiz.Bu kabi yechish usullarini har bir o‟quvchiga birdek yetkazib berishimiz kerak. c) ikki ko‟paytma (bo‟linma)ning yig‟indisi (ayirmasi)ni topishga doir masalalar.Bu turdagi masalalarni yechishga o‟rgatish yuqorida ko‟rib o‟tilgan masalalarni chuqur o‟zlashtirgandan so‟ng amalga oshiriladi. Har qanday masala yechishning asosini masalaning qisqa shartini to‟g‟ri tuzish, masalaning asosiy savolini to‟g‟ri tushunish, asosiy va qo‟shimcha ma‟lumotlarni farqlay olish va uning amaliy hayotdagi o‟rnini aniq ko‟rsatib berish orqali amalga oshirishimiz mumkin. Ushbu turdagi masalalarni yechishda esa, asosan, biz o‟quvchilarga ifodalar tuzish orqali javob topish usullarini o‟rgatishimiz lozim. Ifodalar bunday hollarda masalani yechimi qiyin bo‟lmagan misollar ko‟rinishiga olib kelinadi. Bu esa o‟z navbatida o‟quvchilarda o‟zlariga ishonch hissini oshiradi, ularning murakkab masala tushunchasiga nisbatan munosabatini yaxshilaydi. Masalan: Bolalar bog‟ qilish uchun har birida 4 tadan olma ko‟chati bo‟lgan 8 qator va yana har birida 6 tadan 3 qator o‟rik daraxti ko‟chatlarini ekishdi.Bolalar bog‟ qilish uchun jami nechta ko‟chat ekishgan ? Ifoda tuzish orqali quyidagi ko‟rinishga keltiramiz: 1) 4*8+6*3=32+18=50 2) (4*8)+(6*3)=32+18=50 Birinchi ko‟rinishda biz hammasini ko‟chatlar deb umumiy oldik. Ikkinchi ko‟rinishda esa har bir ko‟chatni alohida turiga ko‟ra ajratdik.Bizdan o‟quvchini har ikkala holatda ham muqobil yechimga yo‟naltirish talab etiladi. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini murakkab masalalar yechishga o‟rgatar ekanmiz, avvalo biz ularga ushbu mavzuning qiyinchilik darajasini aytib emas, balki uning kundalik hayotimizda doim uchrashini va bu mavzuga bo‟lgan ularning munosabatini ijobiy ruhda boshlash bilan yaxshi natijalarga erishamiz. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarida murakkab masalalar ustida ishlash jarayoni biroz qiyinchiliklar bilan boshlanishi mumkin, biroq bu mavzular to‟g‟ri tushuntirilganda ularning yechimlari osonligi, murakkab masalalar ham aslida oddiy so‟zlar bilan yozilgan bir necha amallar qatnashgan oddiy ifodalar ekanligini, ularning bizning hayotimizda tutgan o‟rni,bunday murakkab masalalarni ularning aqliy rivojlanishiga ta‟siri, mantiqiy fikrlashi va bundan keyin o‟tiladigan mavzularga yordamchi ekanligini ko‟rsatib berishimiz kerak. Murakkab masalalar ustida ishlash jarayonida o‟qituvchidan, avvalo, o‟zi shu mavzuni chuqur anglashi, uning yechimi ustida amalga oshiriladigan usullarni o‟quvchilarga to‟g‟ri singdirish usul va yo‟llarini ishlab chiqishi, har bir o‟quvchining xarakter xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashishi talab etiladi.




    1. Download 135.5 Kb.
      1   2




    Download 135.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlangʻich sinf o’quvchilariga murakkab masalalar yechishni orgatish usullari

    Download 135.5 Kb.