Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda pirls tadqiqotining oʻrni




Download 24.33 Kb.
Sana16.01.2024
Hajmi24.33 Kb.
#138474
Bog'liq
KITOBXONLIK
EULA, TajribaIshi№03, TajribaIshi№02, 2023-ЖЫЛ ИС РЕЖЕСИ, Diniy e, maruza st2, 8-MAVZU, Boshlang\'ich sinfda undosh tovush va harflarni o\'rganish kurs ishi

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING OʻRNI
Malumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar ishlab chiqish, u orqali yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib qo’yildi. Kitob o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, aqlli, manan yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni beqiyosdir. ”Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga aytilmagan bolalar yoshlikdan ota-onalarining aytgan alla, ertak, hikoyalarini www.pedagoglar.uz 43-son 1–to’plam aprel 2023 Sahifa: 127 maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni boshlagan hikoya, ertaklar orqali kitob, kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda alohida e’tiborni talab qiladi.
Bu davrda bolada poydevor shakllana boshlaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’yinqaroq , ko’proq kompyuter o’yinlari ,telefon o’ynashni yoqtirishadi, ota- onalari bolalarini kitob o’qishlarini xohlashdi. Otaonalar bolalariga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib audio ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga muvofiqdir. Statistika ma'lumotlariga qaraganda, kitob o'quvchilarsoniga qaraganda kitob o'qimaydiganlar soni juda ham ko'p. Bunga juda ko'p narsalarni sabab qilib ko'rsatishimiz mumkin. Shiddat bilan rivojlanib borayotdan axborot asrida yashayapmiz. Har qadamimizda kompyuter, telefon, dron va shu kabi ko'plab gadjetlarga duch kelamiz. Bularning barchasi hayotimizga shu darajada shiddat bilan kirib kelyaptiki, ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz xatto. Gadjetlar turmush tarzimizni yengillashtirdi. Buni tan olishimiz kerak. Ammo, ularning zararli oqibatlari ham juda ko'p. Eng achinarlisi "kitobxonlik"ning sezilarli darajada kamayib ketganidir. Biz pedagoglarning kelajagimiz bolmish yosh avlodni talim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, sog-salomat ulgaytirish, ularga ota-ona kabi mehr berish oliy maqsadimiz. Bolaning barkamol shaxs bo'lib ulg'ayishida ularning hayotida kitobning hayoti beqiyosdir. Ular qachon kitobga mehr beradi degan savolga yagona javob bor. Qachonki bolalarga o'zlarining dunyo qarashi va yoshiga mos kitob tanlay olsak, bolada kitobga muhabbat uyg'otadi.Aslida, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yosh o'quvchilar o'z adabiyotlarini to'g'ri tanlaganlarida, ular yaxshi o'qiydiganlar bo'ladi. O'qituvchilarning asosiy vazifasi, o'quvchilarning qaysi turdagi kitoblarni o'qishlariga yordam berishini aniqlaydi. O'qituvchi bolalarning xarakteri, qiziqishlarini inobatga olib ularga, sarguzasht, komedia, sheriy, drama, rivoyat va h.k tavfsiya qilish mumkin. Bolalarni kitob o'qishga qiziqishtirishning yana bir usuli kitob o'qishni yaxshi ko'radigan, ularga yaxshi tanish bo'lgan buyuk shaxslarni, asr qahramonlari hayotini, yutuqlarini misol keltirishdir. Masalan hammaga birdek tanish bo'lgan MICROSOFT asoschisi Bill Geyts haqidagi hikoya bo'lishi mumkin. Hikoya www.pedagoglar.uz 43-son 1–to’plam aprel 2023 Sahifa: 128 ta'sirli va asosli bo'lishi kerak. Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o`qish odamlarni empatiyaga – faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yo`lida birlashishga undaydi. Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo`lgan. Har bir davrning o`z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o`z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e`tibor berilgan. Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “O`qish madaniyati” kabi atamalar bilan qo`llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir. O`qish – axborot olish madaniyati bo`lib, badiiy adabiyotni to`g`ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma`lumotbibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o`zini qiziqtirgan ma`lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo`lgan ma`lumotlarni ola bilish, o`z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to`g`ri foydalanish yo`llarini o`rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning bir qancha usullari, yo`llari mavjud bo`lib, shu kunlarda O`zbekiston yoshlari, boshlang`ich sinf o`quvchilari ilk bor qatnashayotgan PIRLS tadqiqotining o`rni beqiyosdir. PIRLS - (inglizcha –Progressin International Reading Literacy Study) matnni o`qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot bo`lib, maqsadi turli xil ta`lim tizimidan iborat bo`lgan davlatlardagi boshlang`ich sinf o`quvchilarining matnni o`qish va qabul qilish bo`yicha tayyorgarligi hamda o`quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo`luvchi ta`lim tizimidagi o`ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta`limi sohasidagi mutaxassislar, olimlar, metodistlar, o`qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari www.pedagoglar.uz 43-son 1–to’plam aprel 2023 Sahifa: 129 uchun katta ahamiyatga ega. PIRLS dunyoning turli mamlakatlari boshlang`ich sinf o`quvchilarining matnni tushunish darajasini taqqoslash, shuningdek, milliy ta`lim tizimlarining o`qish savodxonligi o`rtasidagi tafovutlarni aniqlaydi. Tadqiqotning xalqaro lug`atiga ko`ra, “o`qish savodxonligi” – o`quvchining matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushuna olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, oʻqigan maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqatidir. PIRLSda o`qish savodxonligining asosi matnlar bilan to`liq ishlash uchun zarur bo`lgan o`qish qobiliyatlarini shakllantirish hisoblanadi. Bu o`quvchi tomonidan kerakli ma`lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma`lum qismi bo`yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir. PIRLS tadqiqotida o`quvchilarga ikki turdagi matn taqdim etiladi, badiiy matn va axborotli matn. Shuning uchun o`quvchilar bilimi quyidagi ikki mezon asosida baholanadi: 1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadida o`qish. 2. Axborotni o`zlashtirish va foydalanish maqsadida o`qish. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan: - matnning muayyan qismlarini ajratib ko`rsatish va ulardan oddiy xulosalarni ifodalashda foydalanish; - voqealar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ko`rsatish; - matnning umumiy g`oyasini aniqlash; - matn tarkibining elimentlarini ochib berish; - qahramonlar xatti-harakatiga izoh berish; - asar qahramonlarining xatti-harakatlari va his –tuyg`ularini taqqoslash va qiyoslash; - matnda qo`llangan til vositalarining xususiyatlari ustida birlamchi tahlil o`tkazish; - matnning asosiy g`oyasini tushunish, yashiringan axborotlarni aniqlash va umumlashtirish; www.pedagoglar.uz 43-son 1–to’plam aprel 2023 Sahifa: 130 - matndagi savollarga qahramonlarni asosiy tavsiflari, ularning intilishlari va his- tuyg`ularini izohlash orqali javob berish; - matndan misollar keltirgan holda, javoblarni asoslash. Axborotni o‘zlashtirish va foydalanish maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan: - matnda keltirilgan dalillarni aniqlash va tasvirlash; - kerakli axborotni o`zida mujassamlashtirgan gapni ajratish; - xulosalarni izohlash uchun olingan axborotdan foydalanish; - matnda yaqqol taqdim etilgan axborotga muvofiq xulosa chiqarish; - matnning turli qismlarini tahlil qilish va kerakli axborotni ajratish; - matnda yashirin berilgan axborotni aniqlash; - matndagi alohida gaplar o`rtasidagi mazmuniy aloqalar asosida xulosalarni ifodalash; - matn mazmunini izohlab berish; - turli tipdagi matnlardan foydalanish va alohida tavsiflarni belgilash; - matnning turli qismlaridagi murakkab ma`lumotlarni anglash va asoslash; - matndagi ma`lumotlarni tushunish uchun aniq va noaniq elimentlarni baholash va ahamiyatini tushuntirish; - matnlar, xaritalar, illuystrasiyalar, diagrammalar va rasmlar kiritilgan materiallar asosida turli matnlardagi ma`lumotlarni umumlashtirish. PIRLS tadqiqotida belgilangan mahorat tavsiflaridan ko`rinib turibdiki, o`quvchilar matnni nafaqat tushunishadi balki, matnda berilgan maʻlumotlarni tushuna olish va ularga o`zining shaxsiy munosabatini bildira olish koʻnikmasi, olgan maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati ham shakllanib, rivojlanib boradi. www.pedagoglar.uz 43-son 1–to’plam aprel 2023 Sahifa: 131 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Баранова В.Ю., Ковалева Г.С., Кузнецова М.И., Цукерман Г.А., Hурминская Н.В. ОСНОВНЫЕ РЕЗУЛЬТАТЫ МЕЖДУНАРОДНОГО ИССЛЕДОВАНИЯ «Изучение качества чтения и понимания текста» -Москва, 2007, 3-4 ст. 2. M.Mirqosimova. O„quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. –Toshkent. “Fan”. 2006. 3. www.kutubxona.uz. 4. www.arxiv.uz. 5. Maryam, I., & Mukhlisa, U. The Use of Interactive Methods in the Orientation of Students to Entrepreneurial Activity. JournalNX, 7(03), 223-226. 6. SOBIROVNA, U. M. (2021). Modernization of the content, methods and tools of technologies in the organization of modern education. IEJRD.
Download 24.33 Kb.




Download 24.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda pirls tadqiqotining oʻrni

Download 24.33 Kb.