3-Mavzu. Dvigatelar tuzilishi.
Reja.
1. Avtomobil dvigatelinig tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari.
2. Turli dvigatellarni
ishlash prinsiplari, to’rt takli dvigatellar, ikki taktli
dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar.
3. Dvigatelning konstruktsiyalari. Dvigatellarni mexanizm va tizimlari.
Tayanch iboralar: Dvigatelning
vazifasi, asosiy o’lchamlari, ikki va to’rt taktli
porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi, ko’p tsilindrli
dvigatellar va ularning
ishlash tartibi, rotor va gaz trubinali dvigatellar, ichki yonuv dvigatelarning atrof-
muhitga ta’siri
1.
Avtomobil dvigatelinig tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy
parametrlari.
Dvigatel yonuvchi ish aralashmaning yonishidan xosil bo’lgan kimyoviy
issiqlik
energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi va avtomobilni
harakatlanishi uchun energiya sarflaydigan mashina. Ichki yonuv dvigateli tuzilishi
bo’yicha:
porshenli, elektr, gaz turbinali, reaktiv, rotor-porshenli, maxovik, bug’,
orbital va stirinling dvigatellar bo’ladi.
Zamonaviy avtotransport vositalariga
asosan porshenli ichki yonuv
dvigatellari o’rnatiladi. Avtomobillarga o’rnatiladigan porshenli ichki yonuv
dvigatellari qo’yidagi turlarga bo’linadi:
- ishlatiladigan yonilg’i turiga qarab: yengil suyuk yonilg’i - benzinda
ishlaydigan yoki siqilgan suyuk gaz bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar,
og’ir suyuq yonilg’ida ishlaydigan dizel dvigatellari.
- yonuvchi aralashma
xosil kilish usuliga qarab, tsilindr tashqarisida
aralashma xosil qiluvchi karbyuratorli dvigatellar va tsilindr ichida aralashma xosil
kiluvchi dizel dvigatellari.
-
ishchi aralashmaning alangalanish bo’yicha elektr uchkuni bilan
alangalanadigan karbyuratorli dvigatellar bilan va siqish
natijasida qizigan sof
havoga purkalgan yonilg’i zarralari tegib o’z-o’zidan alangalanadigan dizel
dvigatellari.
Ish jarayonini xosil qilish usuliga qarab: to’rt taktli va
ikki taktli dvigatellar. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha:
1,2,3,4,5,6,8,12 porshenli
va ularning joylashuv
tartibiga qarab (tik qatorli, yotiq qatorli yoki V-simon),
gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi bo’yicha -
klapanlari yuqorida yoki pastda joylashgan va
taqsimlash valining joylashuvi bo’yicha - taqsimlash
vali blok ichida joylashgan yoki blok qopqog’ida
joylashgan.