Rotor va gaz trubinali dvigatellar




Download 219.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana27.03.2023
Hajmi219.23 Kb.
#46866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Mavzu. Dvigatelar tuzilishi. Reja. Avtomobil dvigatelinig tasn
materialtaniw oz bet, 4-Mavzu. Transformatorlar. Reja, Maktabgacha ta’lim muassasasini yalpi tekshiruv shakillari reja, NOMODDIY AKТIVLAR HISOBI, ШОЛОХОВ МИХАИЛ АЛЕКСАНДРОВИЧ, Поливанов, TOPQIRLAR BLANKA, avstraliya materigining o\'ziga xos xususiyatlari. tarkib topishi relyefi va foydali qazilmalari, ЗНАНИЕ СЛОВА МОТУРИТИ И АШАРИЯ, Boshlang ich sinflarda o quv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilis, 4ketma-ketliklar, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiy, kurs ishi-abdullayeva-yaxshiyev yo., PF-270 23.12.2022
Rotor va gaz trubinali dvigatellar.
Rotor-porshenli dvigatellarining ishlash jarayoni.
Hozirgi 
vaqtda 
ayrim 
avtomobillarda
rotor-porshenli 
dvigatellar
qo’llanilmoqda (2.8-rasm). Statorning 9 ichki bo’shlig’i murakkab bo’lgan
geometrik shaklga ega. Statorga podshipniklar yordamida val 8 joylashtirilgan. Val 8
ga qo’zg’almas holda ekstsentrik 7 mahkamlangan. Ekstsentrikka erkin holda uch
qirrali rotor-porshen 4 joylashtirilgan. Rotorning tishli gardishi 3 statorga
mahkamlangan harakatsiz shesternya bilan ilashgan. Tishli ilashishning uzatish soni,
rotor-porshen bir marta aylanganida valning uch marta aylanishini ta’minlaydigan
qilib olingan. Rotor bilan val bir yo’nalishda aylanadilar. Statorda, suyuqlik bilan
sovitish uchun ko’ylak, kiritish 6 va chiqarish 5 kanallar va yondirish svechasi bor.
Uch qirrali rotor-porshen statorning ichki qismini uchta bo’shliqqa ajratadi. Rotor
aylanganda bo’shliqlarning hajmi o’zgarib turadi. Har qaysi bo’shliqda, to’rt taktli
porshenli dvigatel kabi, ish tsikli jarayoni sodir bo’ladi. Porshen 2.7, a -rasmda
ko’rsatilgan holatda bo’lganida II-III qirrasi bilan cheklangan hajmida ish yo’li
bajariladi, ya’ni gazlarning kengayishi sodir bo’ladi. Rotor-porshenning gaz
bosimini qabul qilishi uning val bilan birgalikda aylanishga olib keladi. SHu vaqtda
III-1 qirrasi bilan cheklangan A hajmidan ishlatilgan gazlar kanal 5 orqali
atmosferaga siqib chiqariladi, B hajmda esa (porshenning I-II qirrasi) ish
aralashmasini siqish boshlanadi. Rotor-porshenning keyingi burilishida Ye hajmida
kengayish davom etadi (2.7-rasm, b). SHunda kattalashayotgan G hajmiga
karbyuratordan kanal 6 orqali yangi yonuvchi aralashma surilsa, kichiklashayotgan
D hajmida esa siqish davom etadi.
2.7. v – rasmda chiqaruvchi kanal 5 ni to’la ochilgan holati ko’rsatilgan bo’lib
K hajmidan ishlatilgan gazlar chiqarila boshlangan bo’lsa, J hajmida esa yonuvchi
aralashmani kiritish davom etadi. SHu vaqtda I hajmida siqilgan ish aralashmasi
yondirish svechasining uchqunidan alangalanadi. 2.8, g – rasmda ko’rsatilgan
holatda porshenning I-II qirrasi bilan cheklangan hajmida, ish aralashmasining
alangalanishi, natijasida gazlarning kengayishi boshlanadi, ya’ni ish yo’li
boshlanadi.


Rotor-porshenli dvigatelning
ishlash sxemasi:
1-yondirish svechasi; 2-harakatsiz
shesternya; 3-rotorning tishli
gardishi; 4-rotor-porshen; 5 va 6-
sovitish suyuqligi uchun kiritish va
chiqarish kanallari; 7-ekstsentrik;
8-val;
9-statorning ichki bo’shlig’i.
SHunday qilib uchta bo’shliqning har birida ketma-ket kiritish (A, G, J, L
bo’shliqlari), siqish (B, D, I bo’shliqlari), yonish va kengayish (M,V,E
bo’shliqlari) jarayonlari sodir bo’ladi. Bu jarayonlar tezkor bo’lib rotor-porshenli
dvigatellarda valning aylanishlar chastotasi
n
6000…8000 min
-1
oralig’ida
bo’ladi. Bunday dvigatellarni quvvatini oshirish valga bir nechta rotorli-porshenlar
o’rnatish bilan erishilinadi.

Download 219.23 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 219.23 Kb.
Pdf ko'rish