To’rt va ikki taktli porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi




Download 219.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana27.03.2023
Hajmi219.23 Kb.
#46866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu. Dvigatelar tuzilishi. Reja. Avtomobil dvigatelinig tasn
materialtaniw oz bet, 4-Mavzu. Transformatorlar. Reja, Maktabgacha ta’lim muassasasini yalpi tekshiruv shakillari reja, NOMODDIY AKТIVLAR HISOBI, ШОЛОХОВ МИХАИЛ АЛЕКСАНДРОВИЧ, Поливанов, TOPQIRLAR BLANKA, avstraliya materigining o\'ziga xos xususiyatlari. tarkib topishi relyefi va foydali qazilmalari, ЗНАНИЕ СЛОВА МОТУРИТИ И АШАРИЯ, Boshlang ich sinflarda o quv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilis, 4ketma-ketliklar, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiy, kurs ishi-abdullayeva-yaxshiyev yo., PF-270 23.12.2022
To’rt va ikki taktli porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi.
2.1 To’rt taktli dvigatellarning ish tsikllari.
To’rt taktli karbyuratorli dvigatelning ish tsikli. Dvigatelning ish tsikli to’rtta
taktdan iborat (2.2-rasm).
Birinchi takt - kiritish. Bu takt tsilindrni yonuvchi aralashma bilan to’ldirish
uchun zarur. Porshen YuCHN dan PCHN gacha harakatlanganda tsilindrda 0,07-
0,08 MPa gacha siyraklanish (havosizlanish) vujudga kelib uning ta’sirida ochilgan
kiritish klapani orqali tsilindrga yonuvchi aralashma kiradi. Yonuvchi aralashma
tsilindrda avvalga ish tsiklidan kolgan ishlatilgan gaz bilan aralashib ishchi
yonuvchi aralashma hosil bo’ladi. Porshen YuCHN dan PCHN ga yetganda tsilindr
yonilg’i aralashmasi bilan to’ladi, kiritish klapani yopiladi. Takt oxirida bosim 0,7-
0,9 kg/sm
2
va xarorati 70-110
0
S bo’lgan ishchi aralashmasi xosil bo’ladi.
2.2-rasm. Bir tsilindrli karbyuratorli dvigatelning ish tsikli.
1-kiritish klapani, 2-yondirish shami (svecha), 3-chiqarish klapani,
4-porshen, 5-shatun, 6-tirsakli val


Ikkinchi takt -siqishBu taktli ishchi aralashmasining hajmini kamaytirish
natijasida uning ichki energiyasini ko’paytirib, uni yonishiga tayyorlanadi. Porshen
PCHN dan YuCHN ga tomon siljigan paytda ishchi aralashma siqiladi. Bu paytda
kiritish xamda chiqarish klapanlari yopik bo’ladi. Siqish takti oxirida ishchi
aralashmaning bosimi 12-17 kg/sm
2
xarorati 300-400
0
S bo’ladi.
Siqish taktining oxirida svecha elektrodlari orasida yuqori kuchlanishga ega
bulgan elektr uchkuni paydo bo’ladi, uning ta’sirida tsilindrda siqilgan ishchi
aralashma alangalanadi.
Uchinchi takt - ish yo’liYoki yonish va kengayish takti. Bu taktda ishchi
aralashmaning yonishidan xosil bulgan issiqlik energiyasi foydali mexaniq
energiyaga aylantiriladi. Bunda kiritish va chiqarish klapanlari yopiq holatda
bo’ladi. Takt boshlanishda aralashma yonib ko’p miqdorda issiqlik chiqaradi. SHu
vaqtda yongan gazlarning bosimi 35-50 kg/sm
2
xarorati esa 2000-2400
0
S gacha
ko’tariladi. Bu bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib, bunda
ish yo’li takti bajariladi.
To’rtinchi takt - chiqarishBu taktda tsilindrni ishlatilgan gazlardan
tozalanadi. CHiqarish klapani ochilganda porshen PCHN dan YuCHN ga
harakatlanib yongan gazlarni tsilindr ichidan surib tashqi muhitga chiqarib
yuboradi. Bu taktning oxirida tsilindr ichida qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2
kg/sm
2
xarorati 500-830
0
sm atrofida bo’ladi.
To’rt taktli dizel dvigatelning ishchi tsikli. Dizel dvigatelda tsilindr ichiga
tozalangan sof xavo kiritiladi va siqilgan xavoga forsunka yordamida yonilg’i
purkaladi. (2.3-rasm)
2.3- rasm. To’rt taktli dizel dvigatelining ish tsikli
1-kiritish klapani, 2-forsunka, 3-chiqarish klapani, 4-porshen,
5-yuqori bosimli yonilg’i nasosi (YuBYoN)
Birinchi 
takt–kiritish. 
Porshen 
YuCHN 
dan 
PCHN 
ga 
tomon
harakatlanganda tsilindrga kiritish klapani chang to’zonlardan tozalangan sof havo
so’riladi, takt oxirida tsilindrdagi xavoning bosimi 0,8-0,9 kg/sm
2
xarorati esa 50-


70
0
S bo’ladi.
Ikkinchi takt-siqish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Porshen PCHN dan
YuCHN ga harakatlanganda tsilindrdagi havo siqiladi. Siqish takti oxirida havo
bosimi 30-40 kg/sm
2
gacha xarorati esa 500-730
0
S gacha ko’tariladi. SHu payt
tsilindrga forsunka orqali yuqori bosimli yonilg’i nasos yordamida 200 kg/sekund
bosim ostida yonilg’i purkaladi. Purkalgan yonilg’i o’ta qizdirilgan havo bilan
aralashtirib o’z o’zidan alangalanadi.
Uchinchi takt-kengayish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Siqish
taktning oxirida alangalangan yonilg’ining yonishi biroz davom etadi. Bu paytda
tsilindrdagi bosim 50-80 kg/sm
2
, xarorat 1630-1930
0
S atrofida bo’ladi. Yuqori
bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib, shatun orqali tirsakli
val krivoshipni 180
0
S burchakda buradi. Porshen PCHN ga yaqinlashganda
gazlarning kengayishi natijasida ularning tsilindrdagi bosimi 30-40 kg/sm
2
ga,
xarorati esa 630-930
0
S ga pasayadi.
To’rtinchi takt - chiqarish. Bu taktda chiqarish klapani ochiq holatda bo’ladi.
Porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanib, ishlatilgan gazlarni chiqarish klapani
orqali tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Bu takt oxirida tsilindrda qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2 kg/sm
2
xarorati
esa 430-630
0
S ga teng bo’ladi.

Download 219.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 219.23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’rt va ikki taktli porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi

Download 219.23 Kb.
Pdf ko'rish