• Kalit so’zlar
  • Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi




    Download 253.93 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana12.01.2024
    Hajmi253.93 Kb.
    #136091
      1   2   3
    Bog'liq
    2612-Article Text-5347-1-10-20220227
    3. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari, Elektromagnit maydon energiya, Galiley va Eynshteynning nisbiylik tamoyili, iqtisodiyotda-matematik-modellashtirish, Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi das, 2 маъруза Ахборот технологиялар ва уларнинг дидактик имкониятлари (2), Самостоятельная работа №3, (Упражнение) Future Continuous, 6, 9-mavzu. Kesh xotira.(97-110), QULMURODOVDURBEK, 1232sa1s1, 1232sa1s11, Ispaniya, BMI Nodir


    Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalaridan 
    foydalanishning samaradorligi 
    Shaxina Nasullayeva 
    Nasiba Igamberdiyeva 
    Nizomiy nomidagi TDPU 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot texnologiyalari, ta’lim samaradorligini 
    oshirishda axborot texnologiyalarning ahamiyat va boshlang’ich sinf o‘quvchilarida 
    zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash tartibi xususidagi masalalar haqida fikr 
    yuritilgan. 
    Kalit so’zlar: axborot, texnologi, pedagogika, ta’lim, islohot, tarbiya, fan 
     
    Efficiency of using information technologies in primary 
    schools 
     
    Shaxina Nasullayeva 
    Nasiba Igamberdiyeva 
    Tashkent State Pedagogical University named after Nizami 
    Abstract: This article discusses information technology, the importance of 
    information technology in improving the effectiveness of education and the order of 
    use of modern information technology in primary school students. 
    Keywords: information, technology, pedagogy, education, reform, education, 
    science 
    Ta’limdagi islohatlar natijasida o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya 
    va pedagogik texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini 
    keng joriy еtish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, 
    oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim 
    muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya 
    uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va 
    murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning 
    samarali tizimini shakllantirish zarurdir.
    Ilm-fan, texnika, unda axborot texnologiyasining o‘sishini jadallashuvi ilmiy-
    texnikaviy axborotlarning rivojiga tez-tez yangilanishlar olib keldi. Bundan 
    ma’lumki, ma’lumotlar, axborotlarni uzatish metodini yangilash, takomillashtirishni 
    talab etmoqda. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida shunday o‘qitish metodlarini tatbiq 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    February 2022 / Volume 3 Issue 2
    www.openscience.uz
    967


    etish joizki, ular natijasida o‘quvchilarni mustaqil o‘qish, fikrlashga, axborotlar bilan 
    ijodiy ishlashga o‘rgatsin, o‘quvchilarni o‘ziga xos fikrlashga yo‘llasin, ishchanlik 
    qobiliyatini rivojlantirsin, o‘qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o‘z 
    ish faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o‘zgaruvchan ishlab chiqarish 
    sharoitiga tez moslashish ko‘nikmalarini shakllantirilsin.

    Boshlang’ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, 
    axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. 
    Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o’tkazish 
    metodlariga ko’ra o’quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar 
    bola ruhiyatiga yaqinroq bo’ladi. O’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishga 
    bo’lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’atish asosida maqsadga erishish 
    motivatsiya bo’lib, bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ichki yaqinlashuvidir. 
    Ilmiy 
    tadqiqotlarda 
    shu 
    narsa 
    ta’kidlanmoqdaki, axborot-kommunikatsion 
    texnologiyalar o’quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga 
    katta ta’sir etadi. O’quvchilarning xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli 
    ifodalanishi o’quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o’zlshtirilishiga yordam 
    beradi. 
    Dunyo miqyosida shiddat bilan rivojlanayotgan axborot ko’lami, ularni 
    o’zlashtirish va qayta ishlashga imkon beruvchi yangi axborot va pedagogic 
    texnologiyalarni yaratish, amaliyotga joriy etish ta’lim bosqichlarining barcha 
    bo’ginlaridagi jarayonlarni kompyuterlashtirish yo’lida uchraydigan muammolarni 
    bartaraf qilishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlar, turli umumta’lim fanlaridan electron 
    darslik va pedagogic dastur vositalariga zaruriyat kundan-kunga oshib bormoqda. 
    Axborot - so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, 
    «tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi. 
    «Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri» ibоrаsidаgi «tехnоlоgiya» so’zi lоtinchа «thexnos» - 
    sаn’аt, хunаr, sоhа vа «logos» - fаn dеgаn mа’nоni bildirаdi. Ya’ni tехnоlоgiya - 
    birоr vаzifаni bаjаrishdа uning turli хil usullаri ko’rinishini bildirаdi. 

    Download 253.93 Kb.
      1   2   3




    Download 253.93 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi

    Download 253.93 Kb.
    Pdf ko'rish