Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari




Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.03.2024
Hajmi0.79 Mb.
#182843
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
ONA TILI VA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR REFERAT
9, Sardor, 4-ma’ruza. Osi modeli va uning umumiy tavsifi. Osi modelining sa-hozir.org, 1-Mustaqil ish mavzulari, ish-yuritish-hujjatning-rasmiy-hujjatdan-asosiy-farqli-tomonlari, @uqituvchiga hujjat 3-chorak hisoboti, 3-mavzu. Radiouzatuvchi qurilmaning tuzilish sxemasi (1), 1-MA\'RUZA, laziz, Ijtimoiy pedagogika fanining joriy etilishi, vOViXa9iGxSCK5ACRPo0ol6f83h4FW5vn22ta3Lp, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Kartazvezdneba, L6C4BXxPpzqibqE4z78meSs7Vm6GuxdztE7WG5R4, 9-ma\'ruza


ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INNOVATSION 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR REFERAT
1. Ta`lim jarayonida ilg‘or pedagogik
texnologiyalar
2. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etilgan darslar
Reja:


O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni
erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda
muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa, 
ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda
innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi.
Ta`lim jarayonida ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni faol
qo‘llash, ta`lim samaradorligini
oshirish, tahlil qilish va
amaliyotga joriy etish bugungi
kunning muhim vazifalaridan
biridir. 


Boshlang‘ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh 
bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda o‘quvchi
shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor
berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
mas`uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina
qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, 
zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. 
Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari
ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini
ko‘rsatadi.


Pedagogik texnologiyalar asosida
tashkil etilgan darslar tashkiliy
usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra
o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. 
Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga
yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning
o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga
bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini
qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish
motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro ichki
yaqinlashuvidir.


Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida
o‘quvchilarning o‘qish motivini
rivojlantirish katta ahamiyatga ega. 
Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim
jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol
qatnashishga, bilimlarni egallashga
undaydi. Interfaol metodlar o‘qish
motivini rivojlantirishga katta yordam
beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini
hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt
kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi
samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan
mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon
etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.


Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga
xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati
orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar
faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon
qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini
teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil
mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini
tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan
o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.



Download 0.79 Mb.
  1   2   3




Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari

Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish