Boshlang‘ichta’limyo‘nalishimaxsussirtqibo‘limtalabalariuchun “Mehnatvaunio‘qitishmetodikasi” fanidansessiyaoralig‘inazoratishitopshiriqlari




Download 1.57 Mb.
bet1/25
Sana15.02.2022
Hajmi1.57 Mb.
#17599
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Алибаева
kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi

Boshlang‘ichta’limyo‘nalishimaxsussirtqibo‘limtalabalariuchun “Mehnatvaunio‘qitishmetodikasi” fanidansessiyaoralig‘inazoratishitopshiriqlari


1-topshiriq.Berilgansavollargayozmatarzdajavobtayyorlang.



  1. Mehnatta’limidaamaliyo‘qitishmetodidegandanimanitushunasiz?

  2. Mehnatta’limidadidaktiktamoyillarvaulargaizohbering?

  3. Boshlang‘ichsinflardamehnatta’limidarslaridaqandaybo‘limlardaniborat?



1.Amaliy mashg’ulot mehnat ta’limining asosiy shakli hisob lanadi. Tashkiliy shakl deganda o’qituvchining qo’yilgan maq sad ga erishishi uchun o’quvchilarninig amaliy ish faoliyatini tash kil etish va unga rahbarlik qilish usulini tushunmoq kerak.
Mehnat ta’limining asosiy tashkiliy shakllari: amaliy mashg’ulotdir. Amaliy mashg’ulot jarayonida dastur mavzusining maz muni ochib beriladi, mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadlari, vazif alari amalga oshiriladi.
Demak amaliy mashg’ulot deganda o’quvchilarning o’quv mat e ria li ni faol, ongli va mustahkam o’zlashtirishi maqsadida meh nat o’qituv chisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham jam oa, ham yakka tartibdagi ish turlarini o’z ichiga oladigan o’quv meh nat faoliyatini aniq tashkil etishni tushinish kerak.
Mehnat ta’lim sohasidagi amaliy mashg’ulotlar turli tipda bo’lishi ya’ni texnik texnologik ma’lumotlarni va mehnat jaray onlarini o’rganishga, bilimlarni, mehnat ko’nikmalari va mehnat jara yonlarini o’rganishga, bilimlarni mehnat ko’nikmalari va ma la kalarini mustahkam lashga , nazorat qilish, tekshirish ishlarini, ish lab chiqarish jaray onlariga ekskursiyalar uyushtirish va hako zalarga bag’ishlangan mash g’ulotlar bo’lishi mumkin. Lekin o’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarning tur lari xilma-xil bo’lishiga qaramasdan ularning hammasi quyid agi umumiy talablarga mos kelishi lozim:

  1. Mashg’ulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifodalan gan bo’lishi lozim.

  2. Mashg’ulotning tuzilishi didaktik jihatdan o’zini oqlagan va o’quv materialining mazmuniga to’liq javob beradigan bo’lishi kerak.

  3. Amaliy ishlarning ob’ektlari to’g’ri tanlanishi, ijtimoiy foyda li aha miyatga ega bo’lishi va o’rgatadigan mehnat jarayonlari va usul lari ning talablariga muvofiq kelishi zarur.

  4. Mashg’ulotlarida foydalanadigan mehnat ta’limi metodlari dars talab lariga va o’quv materiallarining mazmuniga to’liq javob berishi lozim.

  5. O’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlarinig tashkiliy metodik tuzilishi o’quvchilar bilan jamoa tarzida va yakka tartibda olib bo rishini nazarda tutishi kerak.

  6. Mehnat bo’yicha amaliy mashg’ulotlarida o’tkaziladigan ta’lim ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi, ya’ni maktab o’quvchilarida ma’naviy sifatlarni tarkib toptirishga yordam ber ishi lozim.

Amaliy mashg’ulot turlarining xilma-xilligina qaramasdan, o’quvchilarni navbatdagi mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun jalb qilishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil etish; o’quvc hilar mashg’ulotda o’zlashtirgan bilimlari, mehnat ko’n ik malari va malakalari darajasini tekshirish; yangi mavzu materialini tushuntirish va ama liy ishlarni bajarish vaqtida ish bos qichlarini ko’rsatib berish; o’quvchilarning yangi mavzusiga oid amaliy ishlarni bajarish vaqtida ularn ing bilimini, amaliy ish daraj asini aniqlash, ish natijalarini mashqlar bilan mustahkamlash, o’quvc hilar ishini nazorat qilish va ularni o’z-o’zini nazorat qilishiga erishish, amaliy topshiriqning mustaqil bajarishlarii va o’tgan mashg ’ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat.
Amaliy mashg’ulotning qat’iy izchilligi va fanlarni o’zaro bog’la nishini amaliy mashg’ulot maqsadlari va o’quv materialining mazmuniga bog’liq.
Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish meh natiga tayyorlashning ilk bosqichlarini o’rganadilar. Birinchi sinfda o’quvchilar eng avvalo faqat dars mashg’ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Qog’oz va karton bilan ishlash, gazlama bilan ishlash, tur li materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga xizmat ko’r satish hamda qish loqxo’jalik mehnati va shu kabilar bilan tanishadilar. Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan muno sabatda bo’lish, meh nat madaniyatini tarbiyalash, ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar berib boriladi.
O’quvchilarga mehnat tarbiyasi berishning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil qi lish va ularga shunga muvofiq bilimlarni berishdir. Bu ish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki o’quv chilar hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash operatsiyalarni eslab qolishga qodir emaslar.
Hosil qilingan ko’nikmalar takror mashq qilishlar natijasida takomillashib boradi. Xatoga yo’l qo’ymaslik uchun o’quvchilarni o’z-o’zi ni nazorat qilishga odatlantirish lozim. Topshiriqlarni bajarish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni o’zlari topib uni tuzatmagunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilmagunlaricha o’quvchilardan ishni qabul qilm aslik lozim.
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va malakalar hosil qilinadi. Buning uchun qo’l asboblaridan foydalan ishning o’ziga xosligini, materiallarni xususiyatini, yasalayotgan buyumlar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish turlari ga bo’linadi.

  1. Qog’oz va karton bilan ishlash.

  2. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash:

  1. Applikatsiya va mozaika ishlari.

  2. Loy va plastilin bilan ishlash.

v) Tabiiy materiallar bilan ishlash

  1. Gazlama bilan ishlash.

  2. Texnik modellash ishlari.

  3. Qishloq xo’jalik mehnati.

Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib borar ekan, bu buyum qanday maqsadlarda, ya’ni qaerda ishlatilishini tushun tiradi, so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir bu yumni amalda qo’laydilar.
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foyd alanib ko’rsatadi. SHundan so’ng u ishni bajarish tartibi va usul lariga tegishli savollarni berib, materialni takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan birgalikda tayyorlashga o’tadi.
Yuqoridagilar kelib chiqib, mehnat ta’limidan amaliy ishlar tuzilishi quyidagi tartibda olib boriladi.
1. O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va mav zusini qo’yish:

  1. Darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning o’quv-chilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati;

  2. Belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va

ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish.

  1. Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chiz ma larning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish.

  2. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:

  1. Namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli mate-

rillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash;

  1. Buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, barcha o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, ya’ni ishni buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish tartibini aniqlash.

  1. Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab chiqish. O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib tushuntirayotgan o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.

  2. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni moslash va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni yig’ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov berish jarayonida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash.

  3. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, ishni baholash.

  4. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish.

Mehnat ta’limida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning bu tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning muhim talablari dan biri ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qaerda ishlatilishini bilishlari kerak.
Bu ish turlarini barchasi boshlang’ich sinflarda qo’l mehnati jarayoni o’quvchilardagi kasb tanlash ishlariga qaratilgan.
O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosaba tda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, mat eriallni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foy da lanishlari, o’qituvchi ko’r satmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozada saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnat darslarida ham ta’ limning ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, meh nat darslarida turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namun a, turli predmetlarning modellari, shunungdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
2. Mehnat ta’limi dasturida o‘quvchilar mehnat darslarida egallashi lozim bo‘lgan ilmiy-texnik bilimlarining, mehnat malaka va ko‘nikmalari hajmi hamda mazmuni belgilab boriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga mehnat ta’limini berish, ularni tarbiyalash sohasida qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z ifodasini topgan. Mehnat ta’limi dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib ma’lum o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Bu borada bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni pedagogikaning didaktik printsiplarga to‘la-to‘kis javob berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta bo‘lishi, murakkabligi ortib borishi hisobga olingan holda va mehnat ta’limining tanlangan didaktik tizimiga muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi, turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.


Download 1.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 1.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ichta’limyo‘nalishimaxsussirtqibo‘limtalabalariuchun “Mehnatvaunio‘qitishmetodikasi” fanidansessiyaoralig‘inazoratishitopshiriqlari

Download 1.57 Mb.