DINSHU
NOSLIK
DINB204
FALSAFA
FALB204
1
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
2-MAVZU FALSAFIY TAFAKKUR
TARAQQIYOT
BOSQICHLARI: SHARQ
FALSAFASI.
2- Mavzu: Falsafiy tafakkur tarakkiyotining asosiy boskichlari: Shark falsafasi
(2-soat)
Savollar:
1.Kadimgi Sharkda asotiriy tassavurlar va falsafiy bilimlarning paydo bulishi.Misr va Bobil va falsafiy
maktablari
2.Kadimgi xindistonda falsafiy maktablar
3.Islom dining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti
4.Shark panteizmi va perpatetizmi Shark mutafakkirlari :
Abu rayxon Beruniy, Abu nasr Faobiy,Ibn
Sinoning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy –axlokiy ta’limotlari
5.Temuriylar sulolasi davri :Abduraxmon Jomiy va Alisher Navoiy
ijodida gumanizm
6.XIX acr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgor ijtimoiy- siyosiy fikrlar .
7.Shark
istilosi
bilan
boglik
uygonish
xarakatlari
:osiyosentrizm,panturkizm,panislomizm,marivatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari
. 8.XX-XX1 asr uzbek falsafasi
1-masala. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Fidokor» gazetasini muxburining savollariga bergan
javoblarida ta’kidlaganidek: «Biroq bizda haligacha falsafa bo’yicha talab darajasidagi darsliklar «Jahon
falsafasi», «Sharq falsafasi» kabi zarur kitoblar yaratilmayotganligini qanday izohlash mumkin?
Dunyo tan
olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmagani tufayli aksariyat ziyolilar,
xususan, yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot va aflotun, Nisshe va Freyd
kabi olimlarning, hozirgi zamon chet el faylasuflarning kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan
o’zbek tilida chop etish mumkin bo’lmasa?» Haqiqatdan ham Birinchi Prezidentimiz I.Karimov e’tirof
etganidek, o’zbek
tilida hind falsafasi, Xitoy falsafasi, Yunon falsafasi va hozirgi zamon chet el
faylasuflarining asarlaridan deyarli tarjima qilinmaganligi achinarli hol.
Mustaqillik sharofati ila falsafa sohasida ancha ishlar amalga oshirildi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar
hamda ma’ruza matnlari chop etildi. Ammo chop etilgan darsliklar o’quv qo’llanmalari va ma’ruza matnlari
ham ayrim kamchilik va nuqsonlardan xoli bo’la olmaganligini tan olishimiz kerak.
Jamiyat taraqqiyoti
natijasida kishilarning hayotiy faoliyatlari kengayib, aqliy zakovati ham boyib borishi tabiiy jarayon.
Insoniyat tarixidagi har bir davr falsafiy masalalarni tadqiq qilishda o’ziga xos yo’lni tanlab, o’z davri
nuqtai nazaridan tahlil qilib kelgan. Mifologik va diniy dunyoqarash zaminida paydo bo’lgan falsafiy
dunyoqarash insonlar ma’naviy hayotining yangi bosqichiga ko’tarildi, natijada dunyoni aql ko’zi, tafakkur
salohiyati bilan o’rganish
boshlandi, ya’ni dunyoni ilmiy tushunishning zamini yaratildi. Falsafa tarixida bir-
biriga o’xshamagan, hatto bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan qarashlar,
tizimlar, fikrlar paydo bo’lsa-da,
ularning hammasi falsafiy tafakkurning rivojlanishida biror darajada xizmat qilgan.
Sharq qadimiy madaniyat o’chog’i va jahon sivilizasiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G’arb
madaniyati tarixini o’rganish jarayonida Yevropasentrizm nazariyasiga og’ib ketish g’ayriilmiy bo’lgani kabi
masalaning Sharq bilan bog’liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g’oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqning o’ziga xosligi, unga mansub bo’lgan madaniy taraqqiyot jahon
sivilizasiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo’shilgan munosib hissa ekani ham sir emas.
Bu hol
jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizasiyasining
sharq sivilizasiyasi quchog’ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o’zida aks ettirganini, unga va butun
dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko’rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko’pgina mutaxassislar
bizning Vatanimiz
o’tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo’lgan Shumer davrlarini