Buxgaleriya tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari
bilan ta’minlash zaruriyati.
Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor
munosabatlariga o’tish
Buxgalteriya
hisobini tashkil qilish va
olib borishga katta
ta’sir ko’rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o’tishi amalga
oshirilmokda, bu uning uslubiyotining
yangi shakllarini ishlab
chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi
va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashqil qilishning an’anaviy
shakllari katta katta o’zgarishlarga uchragan.
Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv
baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli
kog’ozlar
bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul
mablag`’lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab
qilinadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an’anaviy
ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi:
asosiy
vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish
xaki (maosh) hisobi,
tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy
hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab
chiqarish harajatlari
hisobi, yig’ma hisob va hisobotlar tuzish.
Shaxsiy
kompyuterlar
bazasida
avtomashtirilgan
ish
joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash
tarmoo’larini
yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va
iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni
ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan
bazalari tizimini
yaratish,
turli
foydalanuvchilar
o’rtasida
axborotlarni
almashtirish, kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni avtomatik
shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi.