• (Buxoro MTU mintaqaviy temir yo’l uzeli) Bitiruvchi : Muyinova A. Raxbar: Sultanova S.M.
  • Buxoro mtu mintaqaviy temir yo’l uzeli Bitiruvchi : Muyinova A. Raxbar: Sultanova S. M




    Download 96.75 Kb.
    bet1/2
    Sana24.03.2017
    Hajmi96.75 Kb.
    #1972
      1   2

    O’zbekiston temir yo’llari” DATK

    Toshkent temir yo’l muxandislari instituti


    Kafedra “Buxgalteriya hisobi va audit”
    Bitiruv malakaviy ish

    Mavzu: “Korxonada buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan qayta ishlov berish texnologiyasi”

    (Buxoro MTU mintaqaviy temir yo’l uzeli)

    Bitiruvchi : Muyinova A.

    Raxbar: Sultanova S.M.

    Toshkent 2012

    Kirish
    O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga rivojlanayotgan mamlakatdir. Milliy iqtisodiyotimizning rivojida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etish va uning dolzarbligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “Axborot to’g’risida”gi, “Elektron tijoratlashtirish to’g’risida”, shuningdek “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi qonunlar asosida bir qancha me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqildi va bu dasturlarning vazifasi kompyuter va axborot texnologiyalarning ilm-fan va ta’lim sohalariga, milliy iqtisodiyot tarmoqlariga, boshqaruv va biznesga tadbiq etish, shuningdek aholini zamonaviy texnologiyalariga jalb qilish jarayonida sharoitlarni yaratishdan iborat.

    Temiryo’l transporti tarmog’ida ““O’zbekiston temir yo’llari” Davlat Aksiyadorlik Temiryo’l Kompaniyasida 2008-2015-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish to’g’risida” Dastur qabul qilingan. Ushbu dasturda ma’lumotlar uzatish tarmog’ini yaratish maqsad qilib qo’yilgan. Ushbu tarmoq “O’zbekiston temir yo’llari” Davlat Aksiyadorlik Temiryo’l Kompaniyasida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy kaliti hisoblanadi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yakuniy bitiruv malakaviy ishining mavzusi “Korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini avtomatlashtirilgan qayta ishlov berish texnologiyasi” deb nomlandi va mavzuning dolzarbligi belgilandi .

    Yakuniy bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’yekti sifatida temiryo’l transporti tuzilmaviy korxonasi ya’ni Buxoro mintaqaviy temiryo’l uzeli (Buxoro MTU) ko’rib chiqildi

    Yakuniy bitiruv malakaviy ishini yozishdan maqsad tuzilmaviy temiryo’l korxonalarida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalari asosida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish texnologiyalarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.

    Maqsaddan kelib chiqqan holda mavzuni yoritishda quyidagi vazifalar yechildi:

    1.Korxonada buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini yuritish jarayonlarini o’rganish;

    2.Temiryo’l tuzilmaviy korxonasida mavjud axborot tizimlari va texnologiyalarini o’rganish va tahlil qilish;

    3.Buxgalteriya hisobi va hisobotini qayta ishlash texnologiyalarining zamonaviy holatini o’rganish;

    4.Temiryo’l tuzilmaviy korxonasida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tarzda yuritish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish.

    Mavzuni yoritish bo’yicha quyidagi qonuniy va me’yoriy hujjatlar axborot manbalari sifatida ko’rib chiqilda va o’rganildi:

    - “Buxgalteriya to’g’risida”gi Qonun;

    - Buxgalteriya hisobining milliy andozalari;

    - Temiryo’l transportidagi me’yoriy hujjatlar;

    - Korxonaning ustavi hamda yillik buxgalteriya va moliyaviy hisobotalari.

    Yakuniy bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob hamda xulosa va takliflardan iborat.

    Kirish qismida tanlangan mavzuning nomi, uning dolzarbligi, yakuniy bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’yekti, maqsadi, vazifalari va axborot manbalari aks ettirilgan.

    Birinchi bob “O’zbekiston Buxoro MTUda buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining tahlili” bo’lib, unda Buxoro MTUda buxgalteriya hisobini yuritish xususiyatlari va hisob siyosati, Buxoro MTUning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarining tahlili keltirilgan.

    “Buxoro mintaqaviy temiryo’l uzelida buxgaltreriya hisobi axborot tizimi” deb nomlanadigan ikkinchi bobda Buxoro mintaqaviy temiryo’l uzelida buxgaltreriya hisobi axborot tizimlarining o’rni va mohiyati, Buxoro MTUda buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining holati va tahlili jarayoni ko’rib chiqilgan.

    Yakuniy bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobi - “Buxoro mintaqaviy temiryo’l uzelida buxgaltreriya hisobi va axborot tizimlarini tadbiq etish samaradorligi”da Buxgalteriya hisobi va axborot tizimlarida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari va ularni hisoblash usullari, Buxoro MTUda buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining iqtisodiy samaradorligini hisoblash va Buxgalteriya hisobi majmuaviy tizimi asosida moliyaviy tahlil qilish jarayoni o’rganilgan.

    Yakuniy bitiruv malakaviy ishining so’nggida mavzu yuzasidan asosiy xulosa va takliflar keltirilgan.

    I Bob. Buxoro MTUda buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining tahlili

    1.1.Buxoro MTUda buxgalteriya hisobini yuritish xususiyatlari va hisob siyosati
    Buxoro mintaqaviy temiryo’l uzeli (Buxoro MTU) “O’zbekiston temir yo’llari” Davlat Aksiyadorlik Temiryo’l Kompaniyasining (“O’TY” DATK) asosiy tuzilmaviy korxonasi bo’lib, hisob siyosatiga binoan joriy moliyaviy yilda belgilangan tarzda buxgalteriya hisobini yuritadi. Buxoro mintaqaviy temiryo’l uzeli (Buxoro MTU) ning tasdiqlangan hisob siyosatida mazkur korxonadagi buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga oid barcha qoidalar va ko’rsatmalar bayon etilgan. Korxonaning boshqaruv tuzilmasi 1.1-rasmda keltirilgan.

    Korxonada buxgalteriya xizmati chiziqli shaklda tashkil etilgan. Barcha buxgalterlar bevosita bosh buxgalterga bo’ysunadi. Shu tarzda, har bir buxgalter o’z uchastkasi bo’yicha hisob yuritadi va uchastka bo’yicha javobgar hisoblanadi.

    Hisob siyosati O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, “Hisob siyosati va moliyaviy natijalar” nomli 1- sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti, O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-qonuniy hujjatlari talablariga binoan ishlab chiqilgan. Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish usullarnii, moliyaviy natijalarni tayyorlash va tuzish qoidalarini o’rganadi, shuningdek, “O’TY” DATK korxonalari, tuzilmaviy bo’linmalari foydalanadigan asosiy hujjat hisoblanadi. Hisob siyosatini tuzishdan asosiy maqsad:

    -faoliyatning istalgan davrida kapitalni, aktivlarni, majburiyatlarni, daromadlar va xarajatlarni baholash imkoniyatini beruvchi axborot tizimini yaratish;

    -“O’TY” DATKda hisob yuritishni unifikatsiyalash va standartlashtirish maqsadida xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining yagona usullarini qabul qilish;

    -har xil foydalanuvchilar uchun amalda o’rnatilgan qonunchilik asosida yagona usullarni qabul qilgan holda to’liq moliyaviy axborot ko’rsatkichlarini shakllantirish;

    -“O’TY” DATKda buxgalteriya hisobining butunligini saqlashni ta’minlash.



    Download 96.75 Kb.
      1   2




    Download 96.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro mtu mintaqaviy temir yo’l uzeli Bitiruvchi : Muyinova A. Raxbar: Sultanova S. M

    Download 96.75 Kb.