Chastota o’zgartirgichlar yordamida pid boshqarish tizimini o’rganish




Download 14.31 Kb.
Sana04.03.2024
Hajmi14.31 Kb.
#166164
Bog'liq
institut labaratoriya
69145 (2), «Адыл Якубов. Рассказ «Мороженое»., 54103 таркатма 2-мавзу, asadbek anotat, OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS

9-Labaratoriya ishi
Chastota o’zgartirgichlar yordamida PID boshqarish tizimini o’rganish
1.Ishning vazifasi
Chastota o’rgartirgichlar yordamida PID boshqarish tizimini o’rganish bo’yicha amaliy ko’nikmalar olish.
2.Ishning maqsadi.
1.Labarato’riya qurulmasi bilan tanishish,elektr mashinalari va o’lchov uskunalarining ko’rsatqichlarini yozib olish.
2.Qurulmani yurguzib ko’rish,chastota o’zgartirgichlar yordamida PID boshqarish tizimini o’rganish.
3.Olingan natijalarni yozib olish va taxlil qilish.
4.Xisobot tuzish va bajarilgan ish xaqida xulosa qilish.
3.Ishga tayorgarlik ko’rish.
1.Quyidagi nazariy materiallarni qaytarish lozim:
,,Chastota o’zgartirgichlar’’,’’chastota o’zgartirgichlar yordamida PID boshqarish tizimi’’ elektr yurutma va uni boshqarish.
2.Ishchi daftarga tajriba natijalarini yozish uchun jadval tayorlash.
4.Umumiy nazariy malumotlar.
Chastota o’zgartirgichlar-elektron static qurulma bo’lib elektr dvigatelini boshqaradi.Chastota o’zgartirgichining chiqishida amplituda va chastotasi o’zgartiriladigan elektr shakllanadi.
Chastotaviy rostlanuvchi elektr yurutma’’ deganda elektr dvigatelining aylanish tezligini unga beriladigan kuchlanishnish chastotasini o’zgartirish yo’li bilan rost- lash tushuniladi.
So’ngi yillarda ishlab chiqarishning ko’plab soxalarida chastotaviy rostlanuvchi elektr yurutma keng va muvaffaqiyatli tarzda joriy qilinmoqda.
Umuman olganda chastotaviy rostlanuvchi elektr yurutma quyidagi xususiyatlar va afzalliklarga ega:
. Ularni sanoatning turli soxalarida qo’llash mumkin;
. Ulardan foydalanilganda texnalogik jixozlarning ishlashi optimallashadi va natijada resurslar xamda energiya tejaladi;
. Mexanik yuklamalarning kamayishi natijasida elektr dvigatel qismlarining eskirishi sekinlashadi;
. Ulanib uzilishlar soni va komutatsiya to’klarining kamayishi xisobiga komutatsion apparatlarning eskirishi sekinlashadi;
. Elektr to’klarining ishga tushirish to’klari kamayadi;
. Elektr gvigatellarining o’ta yuklanishdan ,faza uzilishidan va kuchlanish pasayishidan (ortishi) ximoyalarining effektivligi ortadi;
. Elektr dvigatellarining ishlash muddati taxmiman 1,5-2 marta ortadi;
. Remontga sarflanadigan xarajatlar kamayadi;
. Elektr energiya iqtisod qilinadi.
Chastota o’zgartirgich biror chastotali to’ky yoki kuchlanishni boshqa chastotali to’k yoki kuchlanishni boshqa chastotali to’k yoki chastotaga aylantiruvchi qurulma bo’lib xisoblanadi.Zamonaviy o’zgartirgichlarning chiqish chastotasi keng diapazonda o’zgarishi va shuningdek taminlovchi manba chastotasidan katta yoki kichik xam bo’lishi mumkin.
Xar qanday chastota o’zgartirgichning sxemasi kuchli va boshqaruvchi qismlardan iborat bo’ladi.Chastota o’zgartirgichning kuchli qismi odatda tristorlarlar tranzistorlarda bajariladi.Boshqaruvchi qismi raqamli mikroprossessorlarda bajariladi va kuchli elektron kalitlarni boshqarishni taminlaydi xamda qo’shimcha vazifalarni bajaradi.

Download 14.31 Kb.




Download 14.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chastota o’zgartirgichlar yordamida pid boshqarish tizimini o’rganish

Download 14.31 Kb.