HISOBI
Mavzu rejasi:
Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha.
Xarajatlarni hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy asoslari.
Xarajatlarni guruhlanishi.
Egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari.
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish.
Umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning taqsimlanishi hisobi.
Xizmat ko‘rsatish xarajatlari va hisobi.
Davr xarajatlari hisobi.
Tayanch iboralar: xarajatlar, egri xarajatlar, to‘g‘ri xarajatlar, bilvosita va bevosita xarajatlar, tannarx, kalkulyatsiya. Aosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, davr xarajatlari, tannarxni hisoblashning zamonaviy usullari.
Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o‘rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚ daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko‘ra‚ shu davrning o‘zida daromad keltirishi kerak. Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «
Xarajatlar - aktivlarni qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy
resurslarni kamayishi, shuningdek daromadlarni olishga oid xo‘jalik sub’ektni odatiy faoliyati natijasida majburiyatlarni paydo bo‘lishidir»
1
Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;
chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
sub’ektning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash;
uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha
ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni
1 1-сон БҲМС Ҳисоб сиёсати ва молиявий ҳисобот.