• Keskichlarni turi
  • Cho’yan va unga ishlov beruvchi kesuvchi asboblar sobirov Jahongir Akramjon oʻgʻli, Andijon mashinasozlik instituti, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”




    Download 278 Kb.
    bet1/2
    Sana14.03.2024
    Hajmi278 Kb.
    #171884
      1   2
    Bog'liq
    Maqola Sobirov Jahongir
    11-SEMINAR, zikosh, 123456 — копия (2), Mana, 0Ywyxr0dJzjv6PW6CJBKWKRNbQiWdhSHYWLAcIES, 7Презентация Microsoft PowerPoint (6), 2.3, algaritm tillar va dasturlash 1 kurs malakaviy amaliyot topshiriqlari, e5841df2166dd424a57127423d276bbe, Жадвал, Madinabonu, 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh, Informatika Test bJrDDnx, ingliz-tilini-qiyosiy-grammatikasi-j-boronov-1973, 134

    CHO’YAN VA UNGA ISHLOV BERUVCHI KESUVCHI ASBOBLAR


    Sobirov Jahongir Akramjon oʻgʻli, Andijon mashinasozlik instituti, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yoʻnalishi, 4 kurs talabasi
    Choʻyan — har xil buyumlar (qozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Cho’yan tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqdorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Cho’yan legirlangan (maxsus) Cho’yan deyiladi.

    Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar.


    Keskichlar eng ko’p tarqalgan kesuvchi asbob hisoblanadi. Ularni tokarlik, yo’nib kengaytirish, randalash, ko’chirish va boshqa turdagi dastgohlarda turli shakldagi ichki va tashqi yuzalarga mexanik ishlov berishda qo’llaniladi. Keskichlar quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:
    1) dastgohning turi bo’yicha – tokarlik, yo’nish, randalash va boshqalar;
    2) bajariladigan operatsiyaning turi bo’yicha – o’tuvchi, kesib tushiruvchi, shakldor, rezba kesuvchi va boshqalar;
    3) surishning yo’nalishi bo’yicha – radial, tangentsial;
    4) konstruktsiyasi bo’yicha – yaxlit, yig’ma, payvandli, kavsharli yoki kesuvchi plastina mexanik mahkamlangan;
    5) kesuvchi qismining materiali bo’yicha – tezkesar, qattiq qotishmali, keramik plastinali, o’ta qattiq materialli (olmos va boshq.) plastinali.

    Keskichlarni turi


    • Qirquvchi keskichlar

    • Yo’nuvchi keskichlar

    • Kesuvchi keskichlar

    • Qattiq qotishmali keskichlar

    • Keramika va qattiq sintetik materiallar bilan jihozlangan keskichlar

    • Olmoslar (tabiiy va sintetik) va el’borlar (bor nitridi asosidagi polikristallar asosli)

    Cho’yanlarda uglerod miqdori ko’p bo’lganligi sababli ular qattiq va mort bo’ladi. Shuning uchun ularga qattiq qotishmadan tayyorlangan kesuvchi asboblardan foydalanib ishlov beramiz.
    XX asrning 30-yillari boshida qattiq qotishmalarning tatbiq etilishi metallga ishlov berish sanoatida mehnat unumdorligining keskin oshishiga olib keldi. Asbobning yeyilishga chidamliligi va kesish tezligi o’n martagacha oshdi, ishlov bcrilgan yuzaning sifati yaxshilandi, tayyorlash aniqligi ortdi. Asboblarning kesuvchi qismlarini tayyorlash uchun metall-keramika deb ataluvchi qattiq qotishmalar qo‘llaniladi. Metall-keramika qattiq qotishmalari karbid kukuni va scmentlovchi metall aralashmasini berk atmosferada pishirish orqali tayyorlanadi. Bu qattiq qotishmalarni tayyorlash texnologiyasi sopol ishlab chiqarish jarayoniga o‘xshashligi tufayli ular metall-keramika qattiq qotishmalari deb atalgan.
    Qattiq qotishmalar tayyorlash uchun birlamchi xomashyo sifatida volfram, titan, tantal kabi qiyin suyuqlanadigan metallar karbidlarining kukunlari va karbidlar hosil qilmaydigan kobalt kukunidan foydalaniladi. Kukunlar muayyan miqdorda aralashtiriladi, qoliplarda presslanadi va 1500...2000°C haroratda pishiriladi. Pishirilganda qattiq qotishmalar o‘ta yuqori qattiqlikka ega bo'ladi va issiqlik bilan qo‘shimcha ishlov berishga hojat qolmaydi. Kesuvchi asboblar layyorlash uchun qattiq qotishmalar muayyan shakl va o’lchamdagi plastinkalar kolinishida yetkazib bcriladi. Qattiq qotishmalar plastinkalari asbob korpusiga kavsharlab yoki turli xil mexanik qotirish yo’li bilan mahkamlanadi.
    Qotishma tarkibida volfram, titan, tantal karbidlari qancha ko‘p bo‘lsa, uning qattiqligi shuncha yuqori, lekin mexanik mustahkamligi past boladi. Kobalt miqdori ortganda esa aksincha, qotishmaning qattiqligi va issiqqa chidamliligi pasayadi, ammo mustahkamligi ortadi.

    Download 278 Kb.
      1   2




    Download 278 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cho’yan va unga ishlov beruvchi kesuvchi asboblar sobirov Jahongir Akramjon oʻgʻli, Andijon mashinasozlik instituti, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”

    Download 278 Kb.