|
Darsimiz algebra darsimiz riyo – ziyo, hisob kitob qilamiz, algebraning sirlarin puxta bilib olamiz
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 461,63 Kb. | | #240589 |
Bog'liq 7-sinf kombinatorika
DARSIMIZ Algebra
DARSIMIZ RIYO – ZIYO, HISOB KITOB QILAMIZ,
ALGEBRANING SIRLARIN PUXTA BILIB OLAMIZ.
DARSNING MAVZUSI:
KOMBINATORIKAning asosiy
qoidaLARI
Yangi mavzu bayoni:
1-masala
Samarqanddan toshkentga 4 xil yo’l bilan kelish mumkin: samolyot, poyezd, avtobus va yengil masina. Toshkentdan Xo’jakentga 3 xil transport vositasi olib boradi: poyezd, avtobus, taksi. Samarqanddan Xo’jakentga necha usulda kelish mumkin.
Yechish: Samarqanddan Toshkentga kelishning jami to’rtta yo’li bor. Mavjud to’rtta yo’ldan biri bilan Toshkentga keldik deylik. Endi Xo’jakentga borishning 3 ta yo’li bor. Shu kabi Samarqanddan Toshkent orqali Xo’jakentga boorishning jami 3*4=12 ta usuli bor. 2-masala - “Makro” supermarketining “Hammasi uy uchun” bo’limida 5 xil payola, 6 xil taqsimcha, 4 xil choy qoshiq bor. Nargiza xola turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U buni necha usulda sotib olish mumkin.
Yechish: - Piyola va taqsimchani 5*6=30 usulda
- Taqsimcha va qoshiqni 6*4=24 usulda
- Piyola va qoshiqni 5*4=20 usulda olish mumkin.
- Demak turli nomdagi ikki buyumni 30+20+24=74 usulda olish mumkin.
|
| |