• Darslarni online rejimga ko’chirish qanday amalga oshiriladi
  • Darslarni online rejimga ko’chirish qanday amalga oshiriladi?




    Download 18.81 Kb.
    bet1/3
    Sana24.04.2024
    Hajmi18.81 Kb.
    #206319
      1   2   3
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (3)
    UMPOT (2), chapter 2 (2), BMI Ergashev X, Iqboljon essay 1 19.06, Crossword in Captivate, eefef, Mavzu Multimediali o„quv resurslar va elektron vositalarni yara, Doc1, РЕФЕРАТ, Musiqa madaniyati, 3.Falsafa Q. Nazarov

    Hozirgi kunda xususiy ta’lim dargohlarini har qadamda uchratishga odatlanganmiz. Ularning ko’pligi, yoshlarga ilm ulashayotganligi juda yaxshi. Ammo biz texnologiyalar zamonida yashayotganimizni hisobga oladigan bo‘lsak menga hozirgi vaqtda o’quv kursi yoki o’quv markazi ochib faoliyat ko’rsatish XX asr usulida ishlashga o’xshab tuyuladi. Biz yangi asrda yashayapmiz! Shunday ekan bizlar zamondan ortda qolmaslik yosh avlodni zamonaviy texnologiyalar yordamida Oltindan qimmat bo‘lgan vaqtlarini tejash uchun Darslarni online rejimga ko’chirish, zamonaviy texnologiyalarni ilm olishimizni yanada osonlashtirish uchun ishlatish vaqti keldi desak adashmagan bo‘lamiz.
    Darslarni online rejimga ko’chirish qanday amalga oshiriladi?
    Odatiy dars jarayonini tasavvur qiling: bir guruh talabalar bir xonaga yig’ilishadi, hamma jim o’tirib o’qituvchining berayotgan saboqlarini tinglaydi, dars davomida o’qituvchi doskadan foydalanadi. Kerakli vaqtlarda talabalar o’rtasida o’zaro bahs-munozarali muhokamalar o’tkaziladi. Biz odatlangan darslarning deyarli barchasida aynan shu amaliyotlar bajariladi. Online rejimdagi darslarda ham huddi shu, biz odatlangan darslardagi amaliyotlarni bajarish uchun muhitni yaratish mumkin. Hammasi biz odatlanganimizdek bo’ladi: talabalar bir virtual xonaga (GURUHGA) yig’ilishadi, o’qituvchi virtual doska va boshqa qulayliklardan foydalanib dars o’tadi, hamma istaganicha bir-biri bilan muloqotga kirisha oladi!
    Odatiy dars jarayonini online rejimga ko’chirishning qanday afzalliklari bor? Quyida darslarni online tarzda o’tishning yaqqol ustunliklarini ko’rsatib beradigan sabablarni keltirib o’tmoqchiman.
    Tejamkorlik

    Online tarzda darslarini olib borish natijasida juda katta tejamkorlikka erishish mumkin bo‘ladi.
    Eng avval o‘quv markazlariga borish va qaytish uchun kerak bo‘lgan vaqtni tejaysiz.
    Tasavvur qiling siz biror bir o‘quv markazida o‘qiysiz u yerga borishni eng avval uydagi tayyorgarlikdan boshlaysiz masalan, Yuz qo‘lingiz, tishlaringizni yuvasiz, pardoz andoz qilib kiyinishni boshlaysiz bularning barchasi uchun keling 30 daqiqa vaqt sarflaymiz deylik, endi yo‘lga chiqdik ko‘cha boshiga chiqib mashina kelishini kutamiz taxminan 5 daqiqa yetarli menimcha (biz tomonlarda shunday), mashinaga ham chiqib oldik ko‘pchilik 1ta yoki 2 ta mashinaga chiqib o‘quv markaziga yetib boradi bungaham taxminan 30 daqiqa yetarli menimcha ammo uzoq tumanlardan kelib o‘qiydigan o‘quvchilar ham bor lekin biz o‘rtachasini hisobga olamiz o‘z hududingizga qarab hisob - kitob olishingiz mumkin.
    Darsga boridingiz ko‘pchilik o‘quv markazlarida dars 1.5 yoki 2 soat davom etadi, darslar tugagach endi uyga qaytish kerak, qaytish uchun 40 daqiqa sarflaymiz deylik (o‘quv markazidan chiqamiz mashinaga o‘tirib ma‘lum bir joyga borib keyingi mashinaga chiqamiz, manzilga yetib borgach uy tomon yana 5, 6 daqiqa piyoda yo‘l yuramiz (hammada har xil).
    Agarda Yomg‘irli, qorli , sovuq va qisqa kunlarni hisobga oladigan bo‘lsak issiqqina uydan chiqib biror joyga borishga juda ham erinib qolamiz. Ushbu jarayon tufayli kasal bo‘lishimiz ham hech gap emas. Onlayn darslarda ishtirok etsakchi ? undaa anashu vaqt va ortiqcha ovvoragarchiliklarga chek qo‘yamiz.
    Endi sarflangan vaqtni hisoblab chiqsak.
    30 5 30 40 10=115minut=1soatu 55 daqiqa ga teng bo‘ladi keling 2 soat deb ham olaylik.

    Agar 2 soat vaqtingizni kundalik yumushlaringizga sarflasangiz juda ko‘p ishlarni amalga oshirib ulgurishingiz mumkin.

    Misol uchun siz qurulish sohasida kafel terish bo‘yicha mutahassisiz 2 soat davomida bemalol 2 mkv (metr kvadrat) kafel terishingiz mumkin o‘rta hisobda 1mkv kafel uchun 45.000 so‘mdan haq olsangiz 2mkv uchun 90.000so‘m ishlab topasiz boshqa sohada ishlovchilar ham o‘zlari hisoblarini chiqarib olishlari mumkin.
    Endi yo‘l haqqi uchun sarflanadigan pullarni hisoblab chiqsak, hozirda 1 ta yo‘nalish uchun yo‘l kira haqqi 1000 so‘m deb hisoblasak 2 ta mashinaga chiqishimizni hisobga olib borib kelish uchun 4000 (to‘rt ming so‘m) sarflar ekanmiz.
    1 Haftada 4 kundan dars bo‘lsa
    1 oyda 16 kun dars dars deb hisoblasak 16×4000=64000so‘m ni tejab qolar ekanmiz.

    O‘ylab ko‘ring Onlayn darslarga qatnashish natijasida yuqoridagi barcha tejamkorlikka erishish mumkin bo‘ladi.
      1   2   3




    Download 18.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darslarni online rejimga ko’chirish qanday amalga oshiriladi?

    Download 18.81 Kb.