• . Darsning borishi: Tashkiliy qism
  • Asosiy qism:II. O`tilganlarni takrorlash.
  • III. Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash: Baholash:O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni daftariga,doskaga yechgan misolni. Uyga vazifa
  • Ko’rildi:___________________O’IBDO’_______ ______________________
  • Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Natural sonlarni ko‘paytirish haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy




    Download 0.9 Mb.
    Sana30.10.2023
    Hajmi0.9 Mb.
    #90943
    Bog'liq
    5 sinf Matematika fanidan dars ishlanma Natural sonlarni ko\'paytirish
    biznes analitika, slayd, РАСПОРЯЖЕНИЕ № 32, 2 Amaliy mashg AvaKN, Ҳудудлар кадастри 8-мавзу, 1698044111, 1699680857 (1), Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, tugirlangan Biznesda buxgalteriya hisobi fanidan, O‘zbekiston respublikasi bank-moliyа akademiyаsi-fayllar.org, Nasimov O Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 1-m ish, Nasimov O Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 2-m ish..., 02-12 06-10, Issiqlik tarqalish tenglamalarini metal sterjenda, chegaralanmagan sterjenda, fazoda tekshirish. Laplasning ikkinchi tenglamasiga keltiriladigan masalalar. Drixle masalasini yechish


    Sana:________________202__-yil Fan nomi: Sinf: 5- “____”
    Mavzusi: Natural sonlarni ko‘paytirish
    Darsning maqsadi:
    Ta’limiy: O’quvchilarga Natural sonlarni ko‘paytirish haqida tushuncha berish.
    Tarbiyaviy:O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,komil inson sifatida voyaga yetishiga hissa qo’shish.Ajdodlarimiz buyuk merosi bilan o’quvchilarni tanishtirish.
    Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning xotirasini shakllantirish,dunyoqarashini kengaytirish,kasbga yo’naltirishda matematika fanining o’rnini tushuntirib borish.
    Tayanch kompetensiyalar:
    Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
    Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilar natural sonlar haqidagi tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Darsning borishi:
    Tashkiliy qism: Salomlashish Navbatchi axborotini tinglash
    O’quvchilar bilan mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimiz va ajdodlarimiz qoldirgan buyuk me’ros haqida suxbat o’tkazish. O’quvchilarni buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo’lishga da’vat etish
    4-sinfda o’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish
    Asosiy qism:II. O`tilganlarni takrorlash.
    O`quvchilarni bilimini oshirish maqsadida o`tilgan mavzular yuzasidan ,,kim bilimdon” ta`limiy o`yinini o`tkazamiz. Tarqatmalarda savollarni o`qituvchi o`qib beradi o`quvchilar kim birinchi to`g`ri javob bergan o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
    III. Yangi mavzu bayoni:Yangi mavzu sinf doskasiga yoziladi. O’quvchilarga yangi mavzu aytiladi. Darslikdagi misol masalalar yordamida yangi mavzu tushuntiriladi.



    Bu bobni o‘rganish natijasida
    natural sonlarni kopaytirish va bo'lish amallaridan
    tayanch darajada foydalana olasiz;
    kopaytirish va bo'lish amali xossalarini bilasiz va ularni
    masala yechishda qo'llay olasiz;
    natural sonlar ustida to'rt amalga doir hisoblash
    algoritmlaridan foydalana olasiz;
    sonli ifodaning qiymatini qulay va tezkor hisoblay olasiz;
    ifodani soddalashtirishni bilasiz va uning qiymatini
    hisoblash algoritmiga ko'ra topa olasiz;
    sonning kvadrati va kubini hisoblay olasiz va daraja
    qatnashgan sonli ifodalarning qiymatini topa olasiz;
    ma’lumotlar bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lasiz;
    jadvallar, ustunli va chiziqli diagrammalarni o'qiy olasiz,va tuza olasiz.


    a sonini b soniga ko'paytirish deganda, har biri a soniga teng bo'lgan b ta
    qo'shiluvchilar yig'indisini topish tushuniladi.



    a va b sonlari ko‘paytmasi a . b tarzida yoziladi.
    Bu yerda a b - kopaytma, a va b sonlar esa kopaytuvchilar deb ataladi. a sonini b ga ko'paytirish - a sonini b marta orttirish degani.

    Qutiga meva sharbati 4 ta qator va 5 ta ustun qilib joylangan (2-rasm).Qutida nechta meva sharbati bor?Yechish: 1-usul. Har bir qatordagi sharbatlar sonini qatorlar soniga ko‘paytiramiz: 5 • 4 = 20.2-usul. Har bir ustundagi harbatlar sonini ustunlar soniga ko‘paytiramiz:4 • 5 = 20.Har ikkala holda ham bir xil natijaga egamiz. Demak, 5 . 4 = 4 .5.
    Ko'paytuvchilar o'rnini almashtirgan bilan ko'paytma o'zgarmaydi.Bu kopaytirishning o‘rin almashtirish
    xossasi deb ataladi va u harflar yordamida
    quyidagicha yoziladi:
    a • b = b . a


    180. Ko‘paytma ko‘rinishida yozing va hisoblang.
    a)18 + 18 + 18 + 18 +18=5*18=90 b)158 + 158 + 158=3*158=484
    d)a + a + a + a + a + a + a=6*a
    181. Yig indini oldin ko‘paytmaga keltirib, so‘ng hisoblang:
    a) 63 + 63 + 63 + 63 + 63; b) 425 + 425 + 425 + 425; d) 1202 + 1202 + 1202.
    182. a) 56; 854; 200 sonlarini 36 marta orttiring;
    b) 306; 2301; 3904 sonlarini 28 marta orttiring.
    183. Ko‘paytmani hisoblang:
    a) 15 • 9; b) 37 • 59; d) 63 • 24; e) 71 • 86;
    f) 712 • 14; g) 607 • 35; h) 872 • 314; i) 4 609 • 706;
    j) 2 155 • 3 328; k) 2 004 • 6 005; l ) 37 • 100; m) 45 000 • 83 000.
    184. Ko‘paytirish amalidan foydalanib ifodani ixchamlang va uning qiymatini toping:
    a) 231 + 231 + 231 + 231 + 35; d) 435+435+435 + 623+435+623;
    b) 781 + 781 + 781 + 191 + 191 + 191; e) 923 + 35 + 35 + 35 + 35 + 35 + 35.

    185. 4-rasmdagi qutida nechta meva sharbati bor?


    Mustahkamlash:
    Baholash:O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni daftariga,doskaga yechgan misolni.
    Uyga vazifa: ___- misol
    186. Ko‘paytma ko‘rinishida yozing va hisoblang.
    a) 65 + 65 + 65; b) 234 + 234 + 234 + 234 + 234; d) y + y + y + y + y+y+y.
    187. 19 soni 15 marta orttirilsa, qaysi son hosil bo‘ladi?
    188. Ko‘paytmani hisoblang.
    a) 35 • 7; b) 23 • 91; d) 307 • 15;
    e) 3 601 • 2 230; f) 78 • 1100; g) 390 • 143.
    189. Ifodaning qiymatini toping:
    a) 540 + 540 + 540 + 540 + 153= b) 999 + 999 + 777 + 777 + 777=
    d) 352 + 352 + 352 + 352 + 352 + 230= e) 1289 + 53 + 53 + 53 + 53 + 1289=


    Ko’rildi:___________________O’IBDO’_______ ______________________
    Download 0.9 Mb.




    Download 0.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Natural sonlarni ko‘paytirish haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy

    Download 0.9 Mb.