• DARSNING BORISHI
  • Mavzu: matn muharrirlari




    Download 222.87 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana30.08.2023
    Hajmi222.87 Kb.
    #79855
      1   2   3
    Bog'liq
    1-Mavzu matn muharriri
    7sinf Informatika fanidan test, Epidermis besh qatlamdan iborat, Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni, talim olganlikni tashkil etish Psixalogiya (2), TEST ONA T ILI ADABIYOT X SINF 2, Mustaqil ish №2, Ma\'ruza 2023 y., abHtxY59qg0CWaeEpzx1zIITkV1No7NL, jvoblar, Kasallik tarixi Travma, IELTS Speaking Course and Samples, IELTS writing 9.0 proficiency Task 1, Liz Grammar Workbook Answer Key, English through reading


    Mavzu: MATN MUHARRIRLARI 
     
    Ta’limiy maqsad: matn muharriri haqida tushuncha berish. 
    Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning Milliy g`oya haqida tushunchalarni kengaytirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilar bilimini yangi bilimlar bilan boyitish. 
    Dars turi: amaliy, yangi bilim berish, og`zaki, savol-javob. 
    Dars uslubi: Aralash. 
    Dars jihozi: kompyuter, darslik, qo`shimcha adabiyotlar, elektron qo`llanmalar, 
    taqdimotlar. 
    DARSNING BORISHI: 
    I. TASHKILIY QISM 
    a) salomlashish. 
    b) yo`qlama qilish. 
    c) siyosiy daqiqa o`tkazish. 
    II. YANGI DARS BAYONI 
    YOZUV TARIXIDAN 
    Tarixdan ma'lumki, axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. 
    Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv 
    san'ati asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Awal 
    toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik bo'yoqlar yordamida yoziladigan bo'ldi. Hayvon 
    terilariga ishlov berish natijasida toshlar o'rniga teriga yozila boshlandi. Qog'oz ixtiro qilinishi bilan 
    yozish yana ham qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli ham takomillashib bordi. Qadimda 
    yozish vositasi sifatida toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar va g'oz patlaridan foydalanilgan. 
    Keyinchalik patlar o'miga peroli ruchkalar, avtorachkalar va sharikli ruchkalar hamda yozuv 
    mashinkalari ishlatila boshlandi. Lekin, agar, matnni o'zgartirish kerak bo'lsa, uni baribir qayta 
    ko'chirib yozishga to'g'ri kelardi. Bu juda ko'p vaqt va mehnat talab qilishini siz yaxshi bilasiz. 
    Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san'atini tubdan o'zgartirib yubordi. 
    Matnlami yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan 
    ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va 
    matn protsessorlari. Matn muharrirlari faqat matn mazmuni ahamiyatga ega bo Uganda, matn 
    protsessorlari esa matn mazmuni bilan birga matnning ko'rinishi, shakli hamda matn mazmuni turli 
    obyektlar bilan boyitilishi zarur bo'lganda qo'llaniladi. E'tibo-ringizga havola etilgan ushbu darslik 
    ham matn protsessorida yozilgan bo'lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa bezaklardan 
    foydalanilgan. 

    Download 222.87 Kb.
      1   2   3




    Download 222.87 Kb.
    Pdf ko'rish