• Mavzu: DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI. REJA: 1. Davlat xaridiga oid nazariy qarashlar.
  • 4) Xulosa. 5) Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Davlat xaridiga oid nazariy qarashlar.
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorik va boshqaruv fakulteti




    Download 76.28 Kb.
    bet1/3
    Sana03.05.2023
    Hajmi76.28 Kb.
    #55936
    TuriReferat
      1   2   3
    Bog'liq
    Referat1111111111
    Микрозайм За Минуты UZ, Ижтимоий паспорт Республиканики



    DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI


    TADBIRKORIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
    MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO`NALISHI
    2-BOSQICH TALABASI MINGBOYEV YOQUBJONNING MOLIYA FANIDAN ,, DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI” MAVZUSIDAN TAYYORLAGAN

    REFERATI
    Mavzu: DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI.
    REJA:
    1. Davlat xaridiga oid nazariy qarashlar.
    2. Davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish.
    3. Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri va insofsiz ijrochilarning yagona reestri.
    4) Xulosa.
    5) Foydalanilgan adabiyotlar.

    1. Davlat xaridiga oid nazariy qarashlar.
    Deyarli barcha mamlakatlarda davlat xaridlari uchun davlat budjetidan qiladigan xarajatlar salmoqli bo`lib, bu davlat xaridlarini boshqarish tizimini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, budjet mablag`laridan samarali foydalanish, buyurtmalarni joylashtirishning oshkoraligi va shaffofligini ta‘minlash, adolatli raqobat rivojlanishi va buyurtmalarni joylashtirishda korrupsiyani oldini olish maqsadida davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Avvalo, aytib o`tish joizki, amaldagi qonunchiligida davlat ehtiyojlarini qondirish sifatini oshirish va optimallashtirish maqsadida davlat buyurtmasi‖ ga yaxlit va aniq ta‘rif yoki tayanch tushuncha mavjud emas. Bu bo`yicha L.M.Davletshina, V.S.Gladkov va boshqa bir qancha yosh olimlarning fikrlariga ko`ra, davlat buyurtmasining mavjud talqini uning asl mohiyatini aks ettirmay, davlat buyurtmasi‖ va davlat xaridi tushunchalarini aralashtirib yubormoqda va bu bilan amaliyot tartibotiga salbiy ta‘sir ko`rsatmoqda3 . L.V. Andreyeva davlat xaridlarining huquqiy masalalarini o`rganishda davlat ehtiyojlari‖ ni mustaqil ma‘noga ega bo`lgan huquqiy tushuncha sifatida alohida ajratib ko`rsatdi. Bunda davlat va davlat buyurtmachilarining funksiya va vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan davlat ehtiyojlarining tarkibiga tovar, ish va xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlar kiradi.4 Qonunchilikka ko`ra tovarlarni yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmat ko`rsatish bo`yicha buyurtmalar joylashtirish deganda, qonunga belgilangan tartibda, buyurtmachilar, vakolatli davlat organlarining mol yetkazib beruvchilar (ijrochilar, pudratchilar) ni tanlash bo`yicha va davlat shartnomalarini tuzish harakatlari tushuniladi. Davlat ehtiyojlari‖ va Davlat ehtiyojlari uchun buyurtma joylashtirish‖ tushunchalarining mohiyatini ko`rib chiqar ekanmiz, bunda davlat ehtiyojlari‖ tushunchasi davlat buyurtmasi‖ tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega degan xulosa kelamiz, chunki davlat buyurtmasi davlat ehtiyojlarining umumlashgan va rasmiylashtirilgan ko`rinishi hisoblanadi. Bunda shuni ta‘kidlab o`tish kerakki, bu terminlarning ham mazmuni, ham tarkibi jihatdan amaliyotda ishlatilishi bir xil. Sobiq Sovet qonunchiligida davlat buyurtmasi individual rejaviy hujjat sifatida qaralib, u korxona rejasi tarkibida bo`lgan va iste‘molchilarning buyurtmasiga asoslangan umumiy ishlab chiqarish dasturini shakllantirishda uning mustaqilligini kafolatlagan. Rossiya qonunchiligining nazariyasida davlat buyurtmasi deganda davlat organlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish uchun qilinadigan va davlat budjetidan moliyalashtiriladigan buyurtmasi tushuniladi. Bunday buyurtmani nafaqat davlat korxonalari, balki boshqa korxonalar ham amalga oshirishlari mumkin. Buyurtma, odatda, tanlov asosida beriladi. Davlat buyurtmasi xo`jalik yurituvchi munosabatlarini bevosita tartibga solishning usuli hisoblanadi. Bunday ta‘rifni A.A.Xramkin boshligidagi avtorlik kengash ham qo`llab-quvvatlamoqda. Keng ma‘noda, davlat buyurtmasi deganda, davlat boshqaruv organlarining tovar, ish, xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlari tushunilib, bu ehtiyojlar budjet va nobudjet fondlarining mablag`lari hisobidan, ya‘ni budjet va nobudjet fondlariga jamg`arilgan soliq to`lovchilarning mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu fikrni I.I.Smotritskaya ham ilgari suradi va qo`shimcha ravishda bu ehtiyojlarning nimaga asoslanganligini va uni to`gri rasmiylashtirish kabi aspektlarga oydinlik kiritadi.
    Tor ma‘noda, davlat buyurtmasi - bu aniq bir davlat organining ma‘lum bir tovar, ish va xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlarining ro`yxatidir. V.Ye.Belov davlat xaridiga iqtisodiy kategoriya sifatida qarar ekan, unga davlatning u yoki bu tovarga bo`lgan konkretlashgan (miqdoriy va sifat ko`rsatkichlarni belgilagan holdagi) ehtiyoji, deb ta‘rif beradi. Ba‘zi iqtisodchi-olimlar davlat buyurtmasi ning mohiyatini ochishda, jahon iqtisodiy nazariyasi va makroiqtisodiyotga tayanadi. Misol uchun, T.V.Fraybergning fikricha, davlat buyurtmasi – bu budjetdan moliyalashtirishni tashkil etishning bir shakli bo`lib, o`ziga xos belgilari (qaytarishlilik va qaytarib berilmaslik), prinsiplari, tasnifi va rivojlanish bosqichlariga ega. A.F.Nozdrachevning ta‘kidlashicha, davlat buyurtmasi davlatning bozor sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta‘sir etuvchi asosiy instrumentlardan biri, shuningdek, u huquqni tartibga soladigan bozor instrumenti ham hisoblanadi8 . L.M.Davletshina qaramaqarshi fikrga ega bo`lib, uning fikricha, davlat buyurtmasi bu davlatning o`z funksiyalari va xalqaro majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo`lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni turli xil korxonalarga yuklatilishi, davlat xaridi esa bu raqobatbardosh bozorda davlat boshqaruv organlari tomonidan bevosita shu buyurtmani amalga oshirish jarayonidir. Bizning fikrga ko`ra bu ta‘rif noto`g`ri hisoblanadi, chunki bu davlat buyurtmasi‖ kabi keng mazmunli tushunchaning faqatgina iqtisodiy tomonini yoritib bermoqda, ammo uni rejalashtirish va joylashtirish kabi muhim tomonlari hisobga olinmadi. V.I.Kuznetsovning fikriga ko`ra, davlat buyurtmasi - davlatining Konstitutsiyasi, qonunlari va funksiyalarini amalga oshirishning ommaviyhuquqiy institutidir. Bu institut davlat va xususiy subyektlar o`rtasidagi ma‘muriy tartibdagi ko`rinishga ega bo`lib, o`z tarkibiga konstitutsion, ma‘muriy, budjet va fuqarolik huquqlarning moddiy va protsessual me‘yorlarni oladi hamda Konstitutsiyasida belgilab qo`yilgan ommaviy ehtiyojning ommaviy-huquqiy institutini shakllantirish jarayonini va uning huquqiy maqomini o`rnatish xususiyatiga ega.
    1996 yilda T.F.Ryabova boshchiligidagi mualliflik kollektivining nashriga ko`ra, davlat buyurtmasi bu davlatning ehtiyojlarini qondirishni ta‘minlash bilan bog`liq bo`lgan davlat iste‘moliningbir shaklidir. Bunda davlat xaridi‖ tushunchasi ham alohida ajratib ko`rsatilgan va unga mehnat predmetlari va vositalarini xarid qilish, fuqarolik qurilish dasturlarini realizatsiya qilish hamd davlat korxonalariga kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish bilan bog`liq bo`lgan davlat ehtiyojlarining bir shakli, deb ta‘rif berilgan. L.P.Kurakov va V.L.Kurakov davlatning tovar va xizmatlar xaridi tarkibiga federal, respublika va mahalliy hukumat organlarining korxonalarning tayyor mahsulotiga va barcha resurslar, ayniqsa ishchi kuchi resursiga qiladigan xarajatlarini kiritadi. Bunda ular tarkibiga transfert to`lovlar kiritilmaydi. A.B.Barixin fikriga ko`ra, xarid – bu mamlakat tashqarisi yoki ichkarisidan tovarlarni yirik hajmda sotib olishdir, davlat organlari tomonidan qilinadigan xarid esa davlat xaridi‖ hisoblanadi.
    Davlat xaridi terminini ishlatishda A.V.Pikulik uning mazmunini kengaytirdi va tarkibiga davlat ehtiyojlari uchun davlat mablag`lari hisobidan tovar, ish va xizmatlarni xarid qilish jarayonini ham kiritdi . N.V.Nesterovich va V.I.Smirnov xarid tushunchasiga davlat buyurtmachisi tomonidan tovar, ish va xizmatlarni tegishli budjet va fond mablag`lari hisobidan sotib olish, deb ta‘rif berishgan.
    A.A.Demin xarid tushunchasini o`rganishda makroiqtisodiy nazariyaga yondoshib, bu shaxsiy yoki vazirliklar huzuridagi tashkilotlarning joriy ehtiyojini qondirish yoxud investitsion maqsadlar uchun tovar, ish, xizmatlarni muntazam ravishda va yirik hajmda, yirik summada sotib olishga yo`naltirilgan maqsadli faoliyat, deb tushuntiradi. Ko`pgina olimlarning fikricha,davlat xaridi mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmlatlarning bir qismi bo`lib, ular hukumat, davlat organlari tomonidan o`z va aholi iste‘molini ta‘minlash va saqlash maqsadida davlat budjeti mablag`lari hisobidan xarid qilinadi. Ammo, bizning fikrimizcha, bu fikr haqiqatga mos kelmay o`z mohiyatini yo`qotdi, chunki buyurtmani joylashtirish nafaqat budjet mablag`lari hisobiga, balki moliyalashtirishning nobudjet manbalari hisobiga ham amalga oshiriladi hamda buyurtmani joylashtirishda davlat buyurtmachilari tarkibiga yuqoridagilar bilan birga barcha davlat tashkilotlari va boshqa budjet mablag`larini oluvchi va moliyalashtirishning nobudjet manbalari mablaglarini oluvchi tashkilotlar ham kiradi. Xarid atamasi turli davlat organlari tomonidan xarid qilinadigan tovar, ish va xizmatlarni xarid qilishni tartibga soladigan xalqaro me‘yoriy-huquqiy normalarda hamda tijorat sohasida buyurtmachining shartnoma asosida mahsulotni sotib olishi tushunchasi sifatida keng tarqalgan. Bunda RF Fuqarolik Kodeksiga binoan shartnoma deganda ikki yoki undan ortiq tomonlarning o`zaro kelishuvi (bu hujjat shartnoma deb rasmiylashtirilgani yoki yo`qligidan qat‘iy nazar) tushuniladi. G.I.Martinenko savdo va tariflar bo`yicha Umumiy kelishuvga asoslanib shuni ta‘kidlab o`tadiki, bu hujjatning 8 betidagi a bandida davlat xaridi davlatning ehtiyojlari uchun, keyinchalik tijoratda qayta sotish yoki tijorat faoliyatini yuritish uchun shu mahsulotlardan ishlab chiqarishda foydalanishni ko`zda tutmaganholda, mahsulotlarni davlat agentliklari tomonidansotib olinishi sifatida talqin etilgan.

    Download 76.28 Kb.
      1   2   3




    Download 76.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorik va boshqaruv fakulteti

    Download 76.28 Kb.