Detal konstruksiyasi texnologikligini taxlili




Download 160.91 Kb.
bet1/8
Sana06.07.2023
Hajmi160.91 Kb.
#76375
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Detal konstruksiyasi texnologikligini taxlili
5-mavzu. Ko‘p omilli ekonometrik tahlil-www.fayllar.org, Mustaqil ish Mavzu Ko’p omilli regretsiya eng kichik kvadratlar-hozir.org

Mundarija:
Kirish .........................................................................................4
Qopqoqning vazifasi ...........................................................................5
Material tanlash ...........................................................................6
Detal konstruksiyasi texnologikligini taxlili ...........................................8
Zagotovkani tanlash ........................................................................9
Qopqoq zagotovkasini chizish ..............................................................10
Kesish rejimlari va vaqtlarini xisoblash ....................................................11
Frezalash ....................................................................................12 Tokarlik...................................................................................16 Xulosa........................................................................................17
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ........................................................18

KIRISH
Zamonaviy insonning xayotini mashinasiz tasavvur qilish qiyin, ayniqsa unga og`ir mexnat qilishida yordam bersa, moddiy va ma`naviy extiyojlarini qondirishga xizmat qilsa. Mashina shu yoki boshqa texnologik jarayonni bajarishi natijasida insonlarga kerak bo’lgan maxsulotni tayyorlashda yordam beradigan vosita sifatida xizmat qiladi.
Jamiyat doimo extiyojlarni yoxud yangi maxsulot turlari bilan yoxud avval yaratilgan maxsulotlarni kam vaqt ichida yaratish bilan qondiradi. Ikkala xol uchun bu extiyojlarni qondirishda yangi texnologik jarayonlar va yangi mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Xar qanday texnologik jarayon kishilik jamiyatini ilmiy va texnik rivojlanish darajasini belgilab beradi.
Mashina foydali bo’lishi mumkin qachonki u tegishli sifatga ega bolsa. Sifatsiz mashina esa foyda xam keltirmaydi hamda zarar xam keltirmaydi, faqatgina unga sarflangan mexnat zoye ketgan boladi. Kishilik jamiyatida esa mexnat resurslari yuqori baxolanadi. Shuning uchun insoniyat doim barcha soxada mexnatni tejashga xarakat qiladi.
Mashinani yaratish jarayoni uni xizmat vazifasini ifodalashdan to tayyor xolatga kelguncha 2 bosqichga bo’linadi: loyihalash va ishlab chiqarish. Birinchi bosqich mashinani (buyumni) konstruksiyasi ishlanadi va uni chizmada taqdim etiladi, ikkinchi bosqichda esa – ishlab chiqarish konstruksiyasini amalga oshirish. Ikkinchi bosqichni qurish va amalga oshirish mashinasozlik texnologiyasini asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mustaqil O’zbekistonimiz oldida turgan dolzarb muammolardan biri – xalq xo’jaligining texnika-iqtisodiy taraqqiyotini jadal suratlar bilan bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iborat. Shundagina xalqimizning tobora o’sib borayotgan moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini to’la qondirish mumkin bo’ladi. Bu borada mashinasozlikni roli katta. Chunki xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining taraqqiyoti mashinasozlikning qay darajada rivojlanganligiga bog’liqdir. Shu boisdan xam mashinasozlikning qay darajada rivojlanganligiga qarab mamlakatning qudrati xaqida fikr yuritiladi.
Ma`lumki, sanoatni zamonaviy, takominlashgan texnika va texnologiyalar bilan jixozlagandagina, jaxon andozalariga mos, ilg’or mamlakatlar ishlab chiqarayotgan maxsulotlar bilan raqobatlasha oladigan maxsulot ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun mavjud texnoligik jarayonlarni takominlashtirish bilan birga rivojlangan davlatlardagi zamonaviy texnologiyalarni, sarmoyadorlarning sarmoyalarini sanoatimizga jalb qilishimiz kerak. Bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda ilm-fan yutuqlariga asoslanish lozim.
Bu borada jaxonda juda ko’p ishlar qilinmoqda. Inson kuchidan kamroq foydalanib, vaqtni kamroq sarflab yuqori unumdorlikka ega bo’lish uchun xar xil texnologiyalar, zamonaviy RDB dastgohlar, mustaxkam materiallar yaratilmoqda.
Misol tariqasida keltirsak, og’ir metallar o’rnida nano materiallar, kompozitsion materiallar yaratilmoqda. Ular yengil, mustahkam va ishlov berishga qulay xisoblanadi.


Download 160.91 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 160.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Detal konstruksiyasi texnologikligini taxlili

Download 160.91 Kb.