Dolzarb Mavzu




Download 14.39 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi14.39 Kb.
#91841
Bog'liq
Dolzarb Mavzu Renessans uchun
016-20 Ахматов Бекзод, 042-20 guruh O\'rozboyev Dilshod, Лабораторная работа 7 Узб, Карз шартномаси офис, 4-amaliy mashg\'ulot, demokratik jamiyatda o\'qituvchi va o\'quvchi munosabati Abduhakimov, sherdor, bollalar nutqini o\'stirish 24- mavzu amaliy, Abdusamatova Shaxnoza, Referat mavzu Matematik mantiq elementlari Bajardi Tekshirdi-fayllar.org, Active Directory-ning eng yaxshi tajribalari, iqbol tja mustaqil, reaktiv psixozlar, Malumotlarni shifirlash v (2)

Dolzarb Mavzu.
Xozirgi kunda nafaqat yoshlar orasida balki butun insonyat uchun eng dolzarb muammolardan biri bu suv muammosi. Suv tanqisligi 2030-yildayoq global muammolarga aylanishi mumkin. Bu haqda YuNESKOning butun jahon suv resurslari kuni munosabati bilan o’tkan yillik hisobotida ma’lum qilindi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, 2050-yilgacha suv resurslari sirdaryo havzasida 15 foizgacha, amudaryo havzasida 25 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Boshqa tomondan esa, aholining o’sishi hisobiga, O’zbekistonda 2030-yilga borib, suvga bo’lga talab 7 mlrd. Kub metrga yetishi, 2050-yilga borib esa, bu ko’rsatgich ikki barobarga ortishi mumkin. Shuningdek xozirgi kunda mamlakatimizda suvdan samarali foydalanish bo’yicha afsuski jamiyatimizda yetarli bilim va ko’nikmalar mavjud emas. Suvni asrash va undan oqilona foydalanish borasida targ’ibot-tashviqot ishlari sustligi sababli jon boshiga suv sarfi miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Misol uchun, Toshkent shahrida ayrim paytlarda suv sarfi aholi jon boshiga sutkasiga 400 litrgachani tashkil etadi. Bu ko’rsatgich Berlin bo’yicha 124 litr, Moskvada 249 litr, Xitoy shaharlarida esa aholi jon boshiga o’rtacha suv istemoli 204 litrni tashkil qiladi. Ichimlik suvidan boshqa: transport vositalarini yuvish, sug’orish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish kabi sohalarda foydalanish xam avj olgan.
Shularni inobatga olib, mamlakatimizda suv resurslaridan fodalanishni tubdan isloh qilishimiz zarur. Asosiy e’tiborimizni suvdan oqilona foydalanishga, sug’oriladigon yerlarning meliorativ xolatini yaxshilashga qaratishimiz kerak. Respublikamizdagi sug’orma dehonchilik qilinadigon barcha ekin maydonlarini to’liq suv tejaydigon texnologiyalarga o’tkazishimiz, sohaga bozor mexanizmlarini keng tatbiq etishimiz zarur. Shuningdek suv tejaydigon texnologiyalarni joriy etgan fermer va dehqonlar uchun rag’batlantirish tizimini yanada ko’paytirishimiz va takomillashtirishimiz lozim. Suvdan samarali foydalanish bo’yicha xalqimizga keng ko’lamli targ’ibot va tashviqot ishlarini televidinya, ommaviy axborot vositalari orqali yetkazishimiz kerak. Bundan ko’zlangan maqsad jamiyatimizning suvdan oqilona va samarali foydalanish madanyatini yana bir yangi bosqichga olib chiqish. Shuningdek mamlakatimizda suvni boshqarish, foydalanish, yuritish hamda suv xo’jaligi obyektlarini to’liq raqamlashtirishimiz shart va zarur. Xozirgi kunda biz yoshlar suvdan oqilona va samarali foydalanishni bilsak va buni hayotga tatbiq etsak o’ylaymanki butun dunyoda global muammolardan biri bo’lgan suv muamosini eng minimal darajasini jamiyatimizda xis qilamiz va yengib o’tamiz.
Download 14.39 Kb.




Download 14.39 Kb.