Yakuniy nazorat ishi
042-20 guruh O'rozboyev Dilshod
7-variyant
Savollar:
1) Komutatsiya qonunlari
2)Elektr zanjir elementllarini ketma ket va parallel ulash
3)Bipolyar tranzistorning asosiy parametrlari
1. Kommutatsiya (lotincha: commutatio — oʻzgartirish) — 1) elektr zanjirlari va ularning qismlarida simlar, kabellar, mashinalar, transformatorlar, apparatlar va asboblarni maxsus qurilmalar yordamida almashlab ulash. Elektr zanjiridagi tok yoʻnalishini kalitlar, kontaktorlar, rele va boshqa qurilmalar oʻzgartiradi; 2) hisoblash mashinalarini har bir yangi masalani yechish uchun qayta sozlash; 3) elektr stansiya va kichik stansiyalarning toʻgʻri va uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun mashina, transformator, akkumulyatorlar batareyasi, apparatlar (uzgich-ulagich, muhofaza relelari, oʻlchash transformatorlari va boshqalar)ni elektrga ulash.
O`tish jarayonlari (dinamik jarayonlar) chiziqli elektr zanjirlarida ularni tarmoqqa ulab uzganda va yana uni elementlari bo`lgan R va C o`zgargan holatda bo`ladi.
Induktivlik L (a) va sig`im S (b) aktiv qarshilik R orqali o`zgarmas kuchlanish manbaiga ulanganda elektr zanjirlaridagi o`tish jarayonlarini sodir bo`lish qonunlarini ko`rib chiqamiz.
rasm. Induktiv g`altakni (a) va kondensatori (b) o`zgarmas kuchlanishga ulanish sxemalari.
Rubilnik P ulangunga qadar barqaror rejim shu bilan xarakterlanadiki, induktivlikdagi kuchlanish Un va sig`imdagi kuchlanish Uc nolga teng.
Rubilnik P ni ulanmagan va ulangan holatlari to`g`ri keladigan ikkala barqaror holatlar o`rtasida ma`lum qisqa vaqt o`tish jarayonlari sodir bo`ladi. Ya`ni bu vaqt oralig`ida galtakdagi tok ma`lum ii=1 qiymatga, kondensatordagi kuchlanish esa Uc=1 bo`ladi. 1-rasmdagi zanjirni elektr holati o`tish davri uchun Kirxgofni ikkinchi qonuni bo`yicha quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
U iR UL
iR L di
dt
Quyidagi tenglama kuchlanishlar balansini ifodalaydi, ya`ni zanjirga qo`yilgan kuchlanishni bir qismi aktiv qarshilikka qo`yilgan kuchlanishni muvozanatlaydi, qolgan qismi esa tok o`zgarishi davomida xosil bo`lgan induktiv kuchlanish UL Ldi / dt ni muvozanatlaydi.
Rubilnik R ulangandan so`ngi barqaror holatda zanjirdagi tok o`zgarmaydi, shuning uchun
di / dt 0
natijada ikduktivlikdagi kuchlanish UL 0 . Natijada tarmoqqa qo`yilgan kuchlanish
hamisha aktiv qarshilik Rga qo`yilgan bo`ladi.
iбор
J U
R
Bir barqaror rejimdan ikkinchi barqaror rejimga o`tishdagi o`tish davrni mohiyatini tushunib olaylik. Mabodo biz rubilnik ulangandan so`ng tok 0dan Iga sakrab o`tadigan bo`lsa,
t 0
holat uchun
di / dt 0
kelib chiqadi, lekin bu holat avvalgi keltirilgan formulani inkor
etgan bo`ladi, chunki ma`lumki manbaa kuchlanishi U ma`lum miqdorga ega. Bundan tashqari
yana, tokni sakrab o`zgarishi g`altak magnit maydonini 0dan
W LI 2 / 2
o`zgarishiga olib
M
kelish kerak edi. Vaholanki, energiyani bunday sakrab o`zgarishi uchun cheksiz katta quvvatga ega bo`lgan manbaa talab qilingan bo`lar edi.
Bu aslida mumkin bo`lmagan narsa.
Demak bundan shunday xulosa chiqadiki:
Tok induktivlikda sakrab o`zgara olmaydi. Shuning uchun induktivlik bor tarmoqdagi tokni oniy qiymati o`tish davrini boshlang`ich davrida undan avval qanday bo`lsa keyin ham shunday qoladi.
Bu xulosa komutatsiyani birinchi qonuni deb ataladi. Bundan kelib chiqadiki, rubilnik
R ulangandan so`ng boshlang`ich vaqtda, ya`ni
t 0
da zanjirdagi tok 0ga teng, natijada
ir 0, induktivlikdagi kuchlanish esa manbaa kuchlanishga teng (xuddi zanjir induktivlikda ajratilgani kabi). b rasmdagi zanjirni elektr holati quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
Ma`lumki, zanjirdagi tok sig`imidagi kuchlanishni o`zgarish tezligiga proporsional bo`ladi, ya`ni:
i C dU c
dt
Quyidagi tenglama zanjirdagi kuchlanishlar balansini ifodalaydi: ya`ni zanjirga qo`yilgan
kuchlanishni bir qismi qarshilikka qo`yilgan kuchlanish tushuvini kompensatsiyalaydi ( ic dU c ),
dt
qolgan qismi esa sig`imdagi kuchlanish (Uc )
ni.
Rubilnik R ulangandan so`ngi barqaror holatda sig`imdagi kuchlanish o`zgarmaydi.
Ya`ni
dU c
dt
0 , va zanjirdagi tok
i 0.
Manbaa qo`llanishi to`la sig`imga qo`yilgan, ya`ni
Uсбар U
(xuddi zanjir sig`imida ajratilgan kabi).
Induktivlikli zanjirdagi o`tish jarayonlariga tegishli xulosalarni sig`imli zanjirlar ular ham qo`llash mumkin bo`ladi. Agarda rubilnik ulangandan so`ng sig`imdagi kuchlanish sakrab 0dan I
erishgan desak, u holda
t 0
unda
dU c a , amalda bu mumkin emas. Bundan tashqari
dt
sig`imda qo`llanishni sakrab o`zgarishi elektr maydon energiyasini ham 0dan o`zgarishini isbotlangan bo`lur edi.
Wэ
CU 2
ga
2
Aytib o`tilganlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin: sig`imda qo`llanish sakrab o`zgarishi mumkin emas. Shuning uchun sig`imdagi kuchlanishni oniy qiymati o`tish davrini boshlang`ich onlarida undan avval qanday bo`lsa keyin ham shundayligicha qolveradi.
Bu xulosa komutatsiyani ikkinchi qonuni deb ataladi. Bundan kelib chiqadiki, rubilnik R
ulangandan so`ng boshlang`ich vaqtda, ya`ni
t 0,
sig`im zanjirdagi qo`llanish (b rasm)
c
U 0
0
(xuddi sig`im o`zaro qisqa tutashgandek), zanjir kuchlanish to`la aktiv qarshilikka
ulangan hisoblanib, tok quyidagi nisbat bilan topiladi.
i U
0 R
Ko`rsatib o`tilganlardan tashqari amalda o`tish jarayonlarini sodir bo`lishda zanjir uchastkalaridagi qisqa tutashuvlar, elektrodvigatellar yuklamalarni ham sabab bo`lishi mumkin.
O`tish jarayonlarini davomiyligi sekundni un, yuzlab qismini tashkil qilish mumkin. Ya`ni o`tish jarayonini juda oz vaqt oralig`ida sodir bo`lishi ham tok va kuchlanishni kesikn ortib ketishiga olib keladi. Bu holat elektr qurilmalariga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
|