|
1-ma’ruza Mavzu
|
bet | 1/7 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 83,49 Kb. | | #141297 |
Bog'liq 8-ma’ruza 2023
1-ma’ruza
Mavzu: Simli axborot uzatish muxitlari. O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar. Koaksial kabellar. SHisha tolali kabellar.
Reja:
Simli axborot uzatish muxitlari.
O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar.
Koaksial kabellar.
SHisha tolali kabellar.
Simli axborot uzatish muxitlari
Simli axborot uzatish muxitlari.
Axborot o‘tkazish muhiti deb – kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta‘minlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya’ni bir bit axborot uzatilgandan so‘ngina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar marotaba oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda bir dona kabelni o‘tkazish ancha oson. Ta’mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qatiy nazar axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni ta‘lab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ta‘lab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashtirishda ko‘pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi nihoyatda muhim shart, bu har bir bitni uzatishga mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda turli uzunlikdagi kabellardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilish yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish 5–10 ns dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunligidagi farqi 1–2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa, bu kattalik 0,1-0,2% ni tashkil qiladi. Haqiqatdan ba‘zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2–4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin.
|
| |