O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar




Download 83,49 Kb.
bet2/7
Sana19.01.2024
Hajmi83,49 Kb.
#141297
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-ma’ruza 2023

O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar.
Kabel ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradilar. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin:
O‘ralgan juft simli kabel (vitaya para, twisted pair), ular himoyalangan ya’ni ekranlashtirilgan (ekranirovanniye, shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan ya‘ni ekranlashtirilmagan (neekranirovanniye, unshielded twisted pair, UTP);

  • koaksial kabellar (coaxial cable);

  • shisha tolali kabellar (optovolokonniye kabeli, fiber optic).

Kabelning har bir turining o‘z afzalliklari va kamchiliklari mavjuddir, shuning uchun kabel turini tanlanganda xal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo‘lgan barcha korxona standartlarining o‘rniga, 1995 yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.
O‘ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko‘p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. O‘ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o‘zaro bir-biriga o‘ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g‘ilofga olingan bo‘ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
Odatda o‘ralgan juft kabel tarkibi 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo‘ladi


1-rasm. O‘ralgan juft kabelining tuzilishi.


Himoyalanmagan o‘ralgan juftliklar tashqi elektromagnit xalaldan (pomexa) sust himoyalangan va shuningdek sanoat ayg‘oqchiligi maqsadida axborotlarni eshitishdan ham himoyalanmagan. Axborot o‘g‘irlashning ikki turi ma‘lum: ulanish (kontaktniy) va ulanmasdan masofadan turib (beskontaktniy). Ulanish orqali axborotni o‘g‘irlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, ulanmasdan axborotni o‘g‘irlash esa kabel tarqatadigan elektromagnit maydonni radio orqali qabul qilish usulidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi). To‘qilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq to‘qilgan metal simli qobig‘ (ekranning) ichiga joylashtiriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlarning bir- biriga ta‘sirini ham kamaytiradi (crosstalk, perekrestniye novodki, chorraxa yo‘nalishlar). Tabiiyki ekranlashtirilgan o‘ralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat bo‘ladi, ulardan foydalanilganda maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyem) foydalanish zarur. Shuning uchun ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan o‘ralgan juftlik kam uchraydi.
Ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razyemlarni ulashning osonligi va shuningdek har qanday shkastlanishlarni tamirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma texnik ko‘rsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan so‘nish tezligi (kabeldan signal o‘tgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel ko‘rsatgichiga nisbatan katta. Agarda kam himoyalanganligini xam xisobga olsak, nima uchun o‘ralgan juftlik kabellarining uzunligi kam bo‘lishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Hozirgi vaqtda o‘ralgan juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va uzatish tezligini 1000 Mbit/s ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda.
Ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftli kabellarning (UPT) EIA/TIA 568 standartiga ko‘ra beshta toifasi mavjud:

Download 83,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 83,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar

Download 83,49 Kb.