1-ma’ruza Mavzu




Download 83,49 Kb.
bet3/7
Sana19.01.2024
Hajmi83,49 Kb.
#141297
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-ma’ruza 2023

1-toifasidagi kabel–bu oddiy telefon kabeli (o‘ralmagan juft sim) bo‘lib, u orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik ko‘rsatgachlari katta chekinishlaridan iborat (to‘lqin qarshiligi, o‘tkazish yo‘lagi, chorraxa yo‘nalishi).
2-toifadagi kabel–bu o‘ralgan juftlikdan iborat kabel bo‘lib axborotni 1 MGs gacha chastota oralig‘ida uzatish uchun mo‘ljallangan. Kabel chorraxa yo‘nalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi. EIA/TIA 568 standarti 1 va 2 toifadagi tarmoq kabellaridan foydalanish tavsiya etilmagan.
3-toifadagi kabel–bu kabel axborotlarni 16 MGs gacha chastota oraliqda uzatishga mo‘ljallangan, o‘ralgan juftlikdan tashkil topgan bo‘lib, 1 metr uzunlikda ikki sim bir biriga 9 marotaba o‘ralgan, kabel hamma ko‘rsatgichlari bo‘yicha testlanadi va 100 Om to‘lqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart tomonidan tavsiya qilingan eng oddiy kabel turi bo‘lib hozirgi vaqtda ko‘p tarqalgan.
4-toifadagi kabel–bu kabel axborotlarni 20 MGs gacha chastota oraliqda uzatishga mo‘ljallangan. Kam ishlatiladi chunki ko‘rsatgichlari bo‘yicha 3 toifadagi kabel ko‘rsatgichlaridan kam farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel o‘rniga 5-toifadagi kabeldan foydalanishni tavsiya etiladi. 4-toifadagi kabelni hamma texnik ko‘rsatgichi bo‘yicha testlash mumkin va 100 Om to‘lqin qarshilikka ega. IEEE8025 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan kabeldir.
5-toifadagi kabel–bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel bo‘lib, 100 MGs chastota oralig‘ida axborot uzatishga mo‘ljallangan. O‘ralgan juftliklardan tashkil topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta o‘ramdan kam emas (1 futga 8 ta o‘ram). Kabelning hamma ko‘rsatgichlari testlanadi va 100 Om to‘lqin qarshilikka ega. Hozirgi zamon yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, ya‘ni Fost Ethernet va TPFDDT foydalanish tavsiya etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30-40% qimmat.
6-toifadagi kabel–bu kabelni kelajagi yaxshi bo‘lib, 200 MGs gacha chastota oralig‘ida axborot uzatadi

Download 83,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 83,49 Kb.