|
1-ma’ruza Mavzu
|
bet | 6/7 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 83,49 Kb. | | #141297 |
Bog'liq 8-ma’ruza 2023Shisha tolali kabellar
Shisha tolali kabel – bu yuqorida ko‘rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko‘rinishda emas, yorig‘lik ko‘rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi – shaffof shisha tola bo‘lib, u orqali yorug‘lik juda katta masofalarga (o‘nlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) so‘nish bilan uzatiladi.
Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy bo‘lib u koaksial elektr kabel tuzilishiga o‘xshash (3–rasm). Faqat markaziy mis sim o‘rniga bu kabel turida ingichka (diametri 1 – 10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama o‘rniga esa, yorug‘likni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan xira (shaffof bo‘lmagan) shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.
3-rasm. Shisha tolali kabelning tuzilishi
Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koefitsentli to‘liq ichki qaytish holatiga ega bo‘lamiz (shisha qoplamaning sinish koefitsenti markaziy tolaning sinish koefitsentiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim to‘qma yo‘q, chunki tashqi elektromagnit to‘siqlardan himoya kerak emas. Ammo ba‘zi hollarda tashqi mexanik ta’sirdan saqlash uchun sim to‘qima bilan o‘raladi. Bunday kabelni ba‘zi holda yuqori darajada himoyalangan (bronevoy) deb ham ataladi, u simli to‘qima ichida bir necha shishatolali kabellardan tashkil topgan hamda umumiy PVX qoplamaga olingan bo‘lishi mumkin.
Shisha tolali kabel to‘siqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir bo‘lib qolish ko‘rsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit to‘siq nurli signalni o‘zgartira olmaydi, signalni o‘zi esa hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal o‘tkazish yo‘lagi 1012 Gs gachan yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda ham yuqori ko‘rsatgich. Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug‘lik signalini elektr signaliga va teskariga o‘zgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shishatoladagi signalning so‘nishi odatda taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel ko‘rsatgichiga to‘g‘ri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni so‘nishi juda kam bo‘ladi. Yuqori chastotada (ayniqa 200 MGs dan yuqori) uning ustunligi shubhsiz va hech qaysi elektr kabel turi raqobat qila olmaydi.
Lekin shisha tolali kabelning ham ba‘zi bir kamchiligi mavjud.
Ulardan eng asosiysi – yig‘ish (montaj) ishlarining murakkabligi. Razyemlarni o‘rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan razyemdagi signalning so‘nish ko‘rsatgichi judayam bog‘liq. Razyemlarni o‘rnatish uchun kavsharlanadi (svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yorig‘lik sinish koeffitsenti shisha tolaning yorig‘lik sinish koefitsentiga teng bo‘ladi. Har qanday holatda ham bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun shisha tolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razyem o‘rnatilgan holda savdoga chiqariladi.
Shisha tolali kabellarda signalni ikkinchi yo‘nalishga ham ayirish imkoni bo‘lsa ham (buning uchun maxsus 2–8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi), odatda bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Y’ani bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig‘ida. Har qanday taqsimlanish oqibatda yorug‘lik signalini ilojsiz so‘nishga olib keladi va agarda ko‘p kanalga taqsimlanilsa, u holda yorug‘lik tarmoq oxirigacha yetib bormasligi ham mumkin.
Elektr kabeliga qaraganda shisha tolali kabelning mustahkamligi va egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10–20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish ham unga tez ta‘sir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib signalning so‘nishi oshib boradi. Keskin temperaturaning o‘zgarishiga ham sezgir, sababi bunday o‘zgarish ta’sirida shisha tola dars ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan kabellar ishlab chiqarilmoqda, tabiiyki, ularning narxi qimmatdir. Shisha tolali kabellar shuningdek mexanik tasirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti deb ham yuritiladi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi. Shisha tolali kabellarni faqat «yulduz» va «halqa» topologiyalarda qo‘llanilidi. Bu holda hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjud emas. Kabel tarmoq kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish holatini taminlaydi. Ehtimol kelajakda kabellarni bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi yoki ko‘p qismini siqib chiqaradi. Planetamizda mis zaxiralari kamayib borayapti lekin shisha ishlab chiqarish uchun xom ashyo esa zaruridan ortiq.
Shisha tolali kabellarning ikki turi mavjud:
Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug‘lik nuri turli tartibda o‘tadi.
Bir modli kabellarda hamma nur bir xil yo‘ldan o‘tish natijasida ularning hammasi qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi o‘zgarmaydi. Bir modli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo‘lib va faqat 1,3 mkm to‘lqin uzunligidagi yorug‘likni uzatadi. Shuningdek dispersiya va signalni so‘nishi sezilarsiz darajadadir, bu esa ko‘p modli kabeldan ko‘ra ancha uzoq masofaga signal uzatish imkonini beradi. Bir modli kabellar uchun lazerli uzatish va qabul qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab qilinadigan to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul qilish qurilmalari hozirda nisbatan qimmat va ko‘p ishlatishga chidamsiz. Kelajakda bir modli kabellar o‘zining juda yaxshi ko‘rsatgichlari uchun asosiy kabel bo‘lib qolsa kerak.
Ko‘p modli kabelda yorug‘lik nurlarining yo‘llari sezilarli darajada farq qilgani uchun kabelning qabul qilish tomonida signal ko‘rinishi o‘zgaradi. Markaziy tola diametri 62,5 mkm, tashqi qoplama diametri esa 125 mkm (bu bazida 62,5/125 ko‘rinishda belgilanadi). Uzatish uchun lazer emas oddiy yorug‘lik diodi ishlatiladi, bu esa uzatish va qabul qilish qurilmasini narxini arzonlashtiradi hamda xizmat vaqtini bir modli kabelga nisbatan oshiradi. Ko‘p modli kabelda yorug‘likni to‘lqin uzunligi 0,85 mkm ga teng. Kabelning ruxsat etilgan uzunligi 2–5 km oralig‘ida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘p modli kabel turi shishatolali kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon.
Shisha tolali kabellarda signal tarqalishining ushlanishi elektr kabellardagi ushlanishidan ko‘p farq qilmaydi. Ko‘p tarqalgan kabellarda ushlanish kattaligi 4– 5 ns/m atrofidagi qiymatini tashkil qiladi.
|
| |