7-toifadagi kabel–bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGs gacha chastota oralig‘ida axborot uzatishi mumkin.
EIA/TIA 568 standartiga ko‘ra texnik ko‘rsatgichi mukammal 3,4 va 5 toifadagi kabellarning 1 MGs dan to kabelni maksimal chastota oralig‘ida to‘liq to‘lqin qarshiligi 100 Om + 15% tashkil qilish kerak. Ko‘rinib turibdiki talablar uncha qattiq emas, to‘lqin qarshilik qiymati 85 dan 115 Om oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Shu yerda aytib o‘tish kerakki ekranlangan o‘ralgan juftlik SPT standart talabiga asosan 150 Om +15 % bo‘lishi lozim. Kabel va qurilmani impedansini moslash uchun (agarda ular mos kelmasa), moslovchi transformatorlardan (Balun) foydalaniladi. Shuningdek to‘lqin qarshiligi 100 Om bo‘lgan ekranlangan o‘ralgan juftlik ham uchrab turadi.
Standart qo‘ygan ikkinchi muhim ko‘rsatgich–bu turli chastotalarda kabel orqali o‘tuvchi signalni eng ko‘p so‘nish ko‘rsatgichidir. 1-jadvalda tashqi muhit 20oC bo‘lganda 305 metr masofada 3,4 va 5-toifadagi kabellarda so‘nish kattaligini chegara qiymati keltirilgan.
1-Jadval
Chastota MGs
|
Maksimal so‘nish, dB
|
3-toifa
|
4-toifa
|
5-toifa
|
0,064
|
2,8
|
2,3
|
2,2
|
0,256
|
4,0
|
3,4
|
3,2
|
0,512
|
5,6
|
4,6
|
4,5
|
0,772
|
6,8
|
5,7
|
5,5
|
1,0
|
7,8
|
6,5
|
6,3
|
4,0
|
17
|
13
|
13
|
8,0
|
26
|
19
|
18
|
10,0
|
30
|
22
|
20
|
16,0
|
40
|
27
|
25
|
20,0
|
-
|
31
|
28
|
25,0
|
-
|
-
|
32
|
31,25
|
-
|
-
|
36
|
62,5
|
-
|
-
|
52
|
100
|
-
|
-
|
67
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, uncha katta bo‘lmagan uzunlikda ham signal o‘n va yuz marotaba so‘nadi, bu hol esa signalni qabul qiluvchi qurilmalarga qo‘yiladigan talabni oshiradi.
Standart tomonidan yana bir ko‘rsatgich qo‘yilgan – bu kabelni eng yaqin uchidagi chorraxa yo‘nalish kattaligi (NEXT – Near End Crosstalk). Bu ko‘rsatgich kabel tarkibidagi turli simlarni bir-biriga ta’sirini ko‘rsatadi. 2- jadvalda 3,4 va 5-toifadagi kabellarning turli chastotada eng yaqin uchidagi ruxsat etilgan chorraxa yo‘nalish kattaliklari keltirilgan.
2-Jadval.
Chastota
MGs
|
Kabelni yaqin uchidagi chorraxa yo‘nalishi, dB
|
3-toifa
|
4-toifa
|
5-toifa
|
0,150
|
-54
|
-68
|
-74
|
0,772
|
-43
|
-58
|
-64
|
1,0
|
-41
|
-56
|
-62
|
4,0
|
-32
|
-47
|
-53
|
8,0
|
-28
|
-42
|
-48
|
10,0
|
-26
|
-41
|
-47
|
16,0
|
-23
|
-38
|
-44
|
20,0
|
-
|
-36
|
-42
|
25,0
|
-
|
-
|
-41
|
31,25
|
-
|
-
|
-40
|
62,5
|
-
|
-
|
-35
|
100
|
-
|
-
|
-32
|
Tabiiyki, yuqori sifatli kabellarning chorraxa yo‘nalish kattalik qiymati kam bo‘ladi.
Standart shu jumladan 4 va 5 toifa kabellarni har bir juftligini ishchi sig‘imini ruxsat etilgan kattaligini ham belgilab bergan. Bu kattalik tashqi muhit 20oC, signal chastotasi 1 KGs bo‘lganda 350 metrda (1000 fut) 17 nf dan katta bo‘lmasligi lozim.
To‘qilgan juftliklarni ulash uchun RJ-45 turidagi razyemlar (konnektor) ishlatiladi, telefonlarda foydalaniladigan (RJ-11) razyemga o‘xshash, lekin o‘lchami bo‘yicha bir oz katta. RJ-45 ra‘zemi 8 ta kontaktli bo‘ladi, RJ-11 esa 4 ta kontaktga egadir. Kabel razyemga maxsus siquvchi asbob yordamida ulanadi. Razyemning ignasimon tilla qoplamali kontaktlari kabelning har bir simi qoplamasiga sanchiladi, sim qoplamasidan igna o‘tib, sim bilan mustahkam va sifatli ulanish hosil qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, standart tomonidan kabel uchlarini razyemga ulash uchun 1 sm o‘ralgan juft qismini o‘ramdan ochish mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Ko‘pincha o‘ralgan juftlik axborotlarni faqat bir tomonga uzatish uchun ishlatiladi, ya’ni «yulduz» yoki «xalqa» topologiya turlarida. «Shina» topologiyali tarmoqlarda odatda koaksial kabel turidan foydalaniladi. Shuning uchun o‘ralgan juft kabelni ulanmagan uchiga tashqi moslash qurilmasi (terminator) amalda deyarli qo‘llanilmaydi.
Kabellar ikki turdagi tashqi qobig‘ida ishlab chiqariladi.
Polivinilxloridli qoplamali (PVX, PVC) kabellar arzon va xona sharoitida ishlatilish uchun mo‘jallangan.
Teflon qoplamali kabellar, nisbatan narxi qimmat va tashqi muhitda foydalanish ham mumkin.
PVX qoplamadagi kabellarni yana non-plenum, telefon qoplamali kabellarni esa-plenum deb ham ataladi. Plenum atamasi bu yerda qaysidir partiya raxbariyatini yig‘ilishi ma’nosida emas albatta, tarmoq kabellarini joylashtirilishiga eng qulay joy pol bilan pol ustidagi qo‘shimcha pol oralig‘i (falshpol) va osma shift bilan shift oralig‘idagi bo‘shliq tushuniladi. Aytib o‘tilganidek, ko‘zdan pana joylardan o‘tkazishga teflon qoplamali kabel qulay bo‘lib u qiyin yonadi, (PVX kabelga nisbatan) yongan taqdirda ham, o‘zidan zaxarli gazlarni ko‘p chiqarmaydi.
Standartda aniq qilib ko‘rsatilmagan lekin tarmoq ish faoliyatiga sezilarli darajada ta‘sir qiluvchi va barcha kabellarning yana bir ko‘rsatgichi bor, bu kabelda signalni tarqalish tezligidir, ya‘ni kabel uzunligiga nisbatan hisoblanganda signalni kechikishi. Kabel ishlab chiqaruvchi korxonalar ba‘zi hollarda 1 metrda signalni ushlanish kattaligini va ba‘zi hollarda esa yorug‘lik tezligiga nisbatan (NVP-Nominal Velocity of Propagation, xujjatlarda ko‘pincha shu nom bilan ataladi) signalni kabelda tarqalish tezligini ko‘rsatadilar. Bu ikki kattaliklar oddiy formula bilan bog‘langan.
t3=1/(3·1010·NVP),
t3 – kabelni 1 metr uzunligidagi ushlanish kattaligi nanosekundda belgilanadi. Masalan, agarda NVP=0,65 (yorug‘lik tezligini 65%) bo‘lganda t3 ushlanish 5,13 ns/m ga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon kabellaridagi kechikish kattaligi ko‘pincha 5 ns/m dan iborat.
3. jadvalda taniqli ikkita AT & T va Belden firmalarida ishlab chiqariladigan ba‘zi kabel turlarining NVP kattaligi va 1 metrda kechikish (nanosekundda) qiymati keltirilgan.
3.jadval
Ba’zi kabellarni vaqt ko‘rsatgichlari.
Firma
|
Kabel
|
Kabel toifasi
|
Qoplama turi
|
NVP
|
Ushlanish (ns)
|
TT, T
|
1010
|
3
|
non-plenum
|
0,67
|
4,98
|
-
|
1041
|
4
|
-
|
0,70
|
4,76
|
-
|
1061
|
5
|
-
|
0,70
|
4,76
|
-
|
2010
|
3
|
Plenum
|
0,70
|
4,76
|
-
|
2041
|
4
|
-
|
0,75
|
4,44
|
-
|
2061
|
5
|
-
|
0,75
|
4,44
|
Belden
|
1229 A
|
3
|
non-plenum
|
0,69
|
4,83
|
-
|
1455 A
|
4
|
-
|
0,72
|
4,63
|
-
|
1583 A
|
5
|
-
|
0,72
|
4,63
|
-
|
1245 Ar
|
3
|
Plenum
|
0,69
|
4,83
|
-
|
1457 A
|
4
|
-
|
0,75
|
4,44
|
-
|
1457 A
|
5
|
-
|
0,75
|
4,44
|
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki ko‘pgina kabel tarkibidagi o‘ralgan juftliklarni har birining qoplamasi alohida rangda bo‘ladi. Bu hol razyemlarni kabel uchlariga ulash vaqtida, ayniqsa kabel uchlari boshqa boshqa xonada bo‘lsa va asboblar yordamida nazorat qilish qiyin holda, ulashni sezilarli darajada osonlashtirida.
O‘ralgan juftli kabellarning ekranlashtirilgan turiga STP IBM 1-turi misol bo‘la oladi, bu kabel tarkibida AWG 22-turli ikkita o‘ralgan juftlik bor. Har bir juftlikni to‘lqin qarshiligi 150 Om-ni tashkil qiladi. Bu turdagi kabellarga maxsus razyemlar (DB9) ishlatiladi, ular ekranlanmagan o‘ralgan juftliklarda foydalaniladigan razyemlardan farq qiladi.
|